11-mavzu. To’G’riqanotlilar turkumi reja


Download 90.93 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi90.93 Kb.
#1528942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11. entomologiya

3-Turkum: Bitlar-Anoplura

Bitlar sut emizuvchi hayvonlar va odamda uchraydigan qon so’ruvchi ektoparazitdir. Ularning 300 ga yaqin turi fanga ma’lum.


Bitlarning qanatlari bo’lmaydi. Gavdasi bosh, ko’krak va qorin qismlarga bo’linadi. Boshida bir juft bo’g’imli kalta mo’ylovli, ko’zlari va og’zi joylashgan. Ba’zilarida ko’zlari yo’qolgan. Bitlar ektoparazitligi va qon so’rib oziqlangani uchun ham og’iz apparati murakkablashgan. Jumladan yuqori va pastki jag’lar o’tkir halqum, yuqori va pastki lablari bor. Og’iz atrofida ko’plab muskullari bor. Og’zi kichik nasosni eslatadi eslatadi. Hartum sanchiladi, og’iz esa nasos kabi qonni so’rib oshqozonga o’tkazadi.
Bitlarda ko’krak segmentlari qo’shilib ketgan 3 juft oyoqlari yopishib turishga moslashgan, 2 bo’g’imli panjasi kuchli rivojlangan bo’lib, ular yordamida yopishib oladi.
Bitlar ay rim jinsli. Erkagi kichik, urg’ochisi kattaroq bo’ladi. Tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. Ularning tuxum sirka ham deb ataladi.
Odamda bitning 3 ta turi uchraydi:
1.Bosh biti-Pediculuscapitis sochlar orasida uchraydi gavdasining uzunligi 2-4 mm, kulrang, gavdasi yassilangan, og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda bo’ladi. Bosh bitning boshqa bitlardan farqi shundaki, uning gavdasida 2 yon tomonida pigmentili qora dog’lar bor. Ko’krak bilan qorin o’rtasidagi chuqur egat ularni ikkiga ajratib turadi. Urg’ochilari 150 tagacha qo’yadi.
2. Kiyim biti-Pediculusvestiment kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak va choyshablarning choklarida yashaydi, ko’payadi va faqat qon so’rish uchun odamga tashlanadi. Tuzilishi bosh bitidan ancha katta (2,5-4mm) bo’lib, och kulrang, ko’krak va qorin mo’ylovlari uzun va ingichka bo’ladi. Urg’ochilari butun hayoti davomida 300 tagacha tuxum qo’yadi.
3. Qov biti-Phtiruspulus asosan odamning qov joylarida, qo’ltiq tagida, ba’zan mo’ylov, soqol, qosh va kipriklarga yopishib yoki ular orasida parazitlik qilib yashaydi. Qov bitining gavdasi kalta va keng bo’lib, 1-1,5 mm keladi. Qorin qismida 4 juft so’galsimon o’simtalari bor. Bu tuklar uzun o’simtalarni qoplab olgan. Urg’ochilari 25-50 tagacha tuxum qo’yadi.
Bitlar hayot tsiklining hamma davrlarini faqat bitta ho’jayin organizmida o’tkazadi. Qo’ygan tuxumlaridan 6-8 kunda lichinkalar chiqadi. Lichinka 3 marta po’st tashlab imago stadiyasiga aylanadi. Voyaga yetgan bit 1,5-2 oy yashaydi. Bitlar har kuni bir necha marta qon so’rishi mumkin.
Bitning ichiga 1 mg qon ketadi va bu qon 10 soat davomidahazm bo’ladi. Agar harorat past bo’lsa, qonning hazm bo’lishi uzoq davom etadi. Bitlar 2-10 kun och yashashi mumkin.
Bitlar qon surishi davrida odam terisiga o’z so’lagini yuboradi, bitning chaqishini ba’zilari sezmaydi, ba’zilar tezda sezadi.
Bitlar qon so’ruvchi parazit bo’lishi bilan birga, odam uchun havfli kasalliklar tepkini va qaytalama tifni odam organizmiga tashib o’tkazadi, ya’ni tarqatadi.
1873 yilda Obermayer kasal odamning qonida birinchi marta tif bakteriyalarini topdi. Keyinchalik Kiev universitetining professori G.N.Minx o’z hayotini havf ostiga qo’yib, tif bilan zararlangan bemor qonini qabul qilib, kasalikni o’ziga yuqtiradi. Natijada Minx kasallanib, o’lib ketishiga oz qoladi. Minxning bu tajribasini rus vrachi O.O.Mechutkovskiy (1845-1903) o’zida takrorlaydi va 18 kundan keyin tif bilan qattiq kasallanadi. Ana shu tajribalardan keyin tifning qo’zg’atuvchisi qonda bo’lishi isbotlangan. Shunday qilib, G.N.Minx tif hasharotlar orqali odamga o’tishini aytgan edi.
1909-1914 yillarda frantsuz olimlari Nikoll va Sergentlar bu taxminni tajribada isbotladilar.
Tepkili tif qo’zg’atuvchisi riketsiyalar (Rickettsicaprawazeki) tepkili tif bilan og’rigan bemorning qonida bo’ladi.
Bitlar tepkili tif bilan og’rigan odamning qonini to’yib so’rganda o’ziga tif qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Tif qo’zg’atuvchisi-rekkitsiyalar bitning oshqozonida ko’payadi va axlati bilan birga tashqariga chiqariladi. Kasallangan bitlar ikki yo’l bilan sog’lom odamga kasallikni yuqtirishi mumkin: 1)qon so’rganda hartumi bilan odam qoniga o’tadi. 2)badanning bit axlati qolgan joyi qashilganda shilingan joydanqonga o’tadi. Demak, har ikkala holatdaham rikketsiya qongao’tib, kasallik paydo bo’ladi.
Qaytalama tif qo’zg’atuvchisi spiroxeta-Spirochetaobermeieri bemor-ning qoni bilan birga oshg’ozoniga va bu yerdan bit tanasining bo’shlig’iga tushadi. Zararlangan bitlar odamni chaqqanda odamga infektsiya yuktirmaydi. Bit ezib tashlanib, tanasining oralig’idagi suyuqlik qashlangan teriga tushgandagina kasallik odamga o’tadi.
Tepkili va qaytalama tif qo’zg’atuvchilarining tarqalishida kiyim biti asosiy o’rin to’tadi. Ammo bu kasalliklarnibosh biti ham tarqatishi mumkin.
Odam o’zini ozoda tutmasligi natijasida bit paydo bo’ladi. Bitlarni yo’qotishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Muntazam yuvinib turish, kiyim-kechak, o’rin-ko’rpa va choyshablarni qaynatib yuvish hamda albatta dazmollangan kiyimlar bitlarga qarshi kurashda muhim omil hisoblanadi.
Boshqa xil bitlar turli hayvonlarda, jumladan, uy hayvonlarida (cho’chqa, qoramol, it va hokozo) uchraydi va zarar yetkazadi.

Download 90.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling