11-mavzu. To’G’riqanotlilar turkumi reja


-Turkum: Patxo’rlar-Mallophaga


Download 90.93 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi90.93 Kb.
#1528942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11. entomologiya

1-Turkum: Patxo’rlar-Mallophaga

Bu turkumga qushlar va qisman sut emizuvchilarda parazitlik qilib yashovchi qanotsiz hasharotlar kiradi. Ularning gavdasi sertuk, kattalagi 0,5-11 mm. boshiyirik, ko’zlari yo’q yoki reduktsiyalangan. Og’iz apparati kemiruvchi tipd, mo’ylovlari 3-5 bo’g’imli, oyoqlari kalta, 1-2 bo’g’imli bo’ladi, tirnoqlari bor.


Patxo’rlar qushlarning va sut emizuvchilarning patlari va junlari orasida ektoparazitlik, ba’zi turlari esa yirik qushlarning og’iz bo’shlig’ida endoparazitlik qiladi.
Tuxumlari qopqoqli bo’lib, uni pat va junlarga yopishtirib qo’yadi. Lichinkalari 3 marta po’st tashlaydi. Ularning butun rivojlanish tsikli 3-4 hafta davom etadi.
Patxo’rlar teri orqali ajrailgan moddalar orqali moddalar bilan yoki qon so’rib oziqlanadi, epidermis, par, pat, junlar bilan oziqlanadi. Natijada par, pat va junlar tushib ketadi, hayvonning tinchi ketadi.
Ularning 2600 ga yaqin turi bor, shundan 300 turi sut emizuvchilarda, qolganlari qushlarda parazitlik qiladi.
Patxo’rlar ba’zi lentasimon chuvalchanglarning oraliq ho’jayini ham hisoblanadi. Masalan, it va mushuk patxo’rlari organizmda bodringsimon solityor (Dipylidiumcaninum) finnasi topilgan. Demak, patxo’rlar oraliq ho’dayin hisoblanadi.


2-Turkum: Pichanxo’rlar-Psocoptera.

Bular mayda hasharotlar bo’lib (1-5 mm), og’iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan. Mo’ylovlari uzun, ingichka, 12-50 bo’g’imli, qanotlari bo’lsa ular pardasimon va siyrak tomirlangan. Oyoqlari ingichka, panjalari 2-3 bo’g’imli, harakatchandir. Bular daraxt va butalarda, hashaklar orasida, devor kovaklarida o’simlik va hayvon mahsulotlarida, qushlar va boshqa hayvonlar uyasida, tuproq oralarida, uylarda, kutubxonalarda va boshqa joylarda yashaydi.


Tabiiy sharoitda organik qoldiqlar, zamburug’lar bilan oziqlanadi.
Pichanxo’rlar g’o’zaning ko’sak va tola kasalliklarini (masalan, pushti rang chirish kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’larning sporalarini) tarqatishda ishtirok etadi.
Pichanxo’rlar tropik va subtropik zonalarda keng tarqalgan. 1000 ga yaqin turi bor.

Download 90.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling