Reja: Soya oʻsimligi haqida
Download 22.64 Kb.
|
soya oʻsimligi
Mavzu: Soya oʻsimligi haqida. Reja: 1. Soya oʻsimligi haqida. 2. Soya oʻsimligini yetishtirish. 3. Soya o’simligining navlari. Soya – dukkakdoshlarga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. Vatani – Xitoy. Dastlab O‘zbekistonda 1975-yildan ekilgan. Poyasi dag‘al, tik o‘sadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Bo‘yi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2-8 ta. Bargi sertuk, bandining uzunligi 8-2 sm. Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gulto‘plamga yig‘ilgan. Mevasi dukkak, sariq, qora, qo‘ng‘ir, sertuk. Har bir dukkagida 2-6 ta don bor, tarkibida 24-45% oqsil, 13-37% yog‘, 20-32% uglevodlar, vitaminlar bor. O‘suv davri 75-100 kun. Soya issiqsevar va namsevar o‘simlik, yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. 21-23°С da yaxshi rivojlanadi. Urug‘i 6-10°С da unib chiqadi. Soya o‘zidan changlanadi. Gullash davri 15-55 kun davom etadi. Vegetatsiya davrida har 10-12 kunda sug‘orish kerak. Donidan olein-linol guruhiga mansub moy, oqsilga boy soya unib olinadi. Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya unidan kolbasa mahsulotlari, sut, tvorog, qandolat, mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Somoni, to‘poni, ko‘k poyasi, pichani, silosi oziqa sifatida chorva mollariga beriladi. Soyaning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez taomlar tayyorlanadi. Soyaning asosiy oqsili – glitsinin yaxshi hazmlanadi, suvda yaxshi eriydi, achib qatiqqa aylanadi, oqsili almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy. Hozirgi kunda O‘zbeksitonda soyaning 24 navi yetishtiriladi. Nav originori: Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi. Nav mualliflari: Mannapova M, Siddikov R., Mansurov A. O‘rta bo‘yli navlar guruhiga mansub. O‘simlik bo‘yi o‘rtacha 105 sm. Doni o‘rtacha yiriklikda, yumaloq, sariq. 1000 dona urug‘ vazni o‘rtacha 150,0 g. Vegetatsiya davri 126 kun. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamliligi 5,0 ball. O‘rtacha hosildorlik: 36,5 s/ga. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari va hashoratlari bilan zararlanmadi. 2015-yildan Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. Dunyo miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Respublikamizda dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish fan texnika yutuqlari va ilg‘or tajribasini ishlab chiqarishga keng joriy qilish evaziga ekinlarning hosildorligini oshirish, uning sifatini yaxshilash, ayniqsa mamlakatimizda don mustaqilligini ta’minlash ustida katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublika aholisini oziq-ovqat, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash vazifasini bajarish muhim ahamiyatga molik vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda soya moyli ekinlar maydonlarining kengaytirilishi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarning ko‘payishi aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish hamda chorvachilikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida o‘simlik oqsilini ishlab chiqish va ta’minlash eng katta muammolardan hisoblanadi. Bu muammoni yechishda dukkakli don ekinlaridan soya o‘simligining ahamiyati kattadir. Soya o‘simligi dukkakli-don ekinlari oilasiga mansub, bir yillik o‘simlik, vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. Soya oziq-ovqat, yem tayyorlashda va tuproq unumdorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Soya doni tarkibida 38-52 % oqsil, 22-25 % yog‘, yog‘ tarkibida turli vitaminlar, poxolida esa 4-5% oqsil va 5 % gacha yog‘ bo‘ladi. Soya donida oqsilni ko‘pligi jihatidan bug‘doy donidan 2,5, makkajo‘xori donidan esa 3,5 barobar yuqori turadi va soya donining oqsili tarkibida 10 dan ortiq aminokislotalar mavjud. Ko‘k massasi esa chorva mollariga oziq bo‘ladi. Soya ildizlarida barcha dukkakli o‘simliklarning ildizlaridagi kabi havodagi azotdan foydalana oladigan tuganaklar rivojlanadi. Soya o‘simligi ildizidagi rizobiol bakteriyalar hosil qilgan tuganaklar tufayli har gektarda 150-250 kilogrammgacha sof azot to‘playdi. Soya yorug‘lik, issiqlik va namlikni sevadigan juda qadimiy ekin hisoblanadi. Soya tibbiyotda o‘ta foydali, chorvachilikda hosildorlikni oshirishda samarali va qishloq xo‘jaligida hamkor ekin sifatida yetishtirish uchun qulay bo‘lgan o‘simlikdir. Soya o‘simligi va undan olinadigan mahsulotlar oshqozon, me’da-ichak tizimi kasalliklarida foydali hisoblanadi. Shuningdek, soya qandli diabet kasalligini davolashda ham samaralidir. Soya tibbiyotda o‘ta foydali, chorvachilikda hosildorlikni oshirishda samarali va qishloq xo‘jaligida hamkor ekin sifatida yetishtirish uchun qulay bo‘lgan o‘simlikdir. O‘zbekistonda soya o‘simligini ekish maydonlari yildan yilga kengaymoqda. 2022-yilda 146,5 ming gektar, shundan 82,5 ming gektar ochiq maydonlarga va 64,0 ming gektar g‘o‘za qator oralariga soya ekilishi rejalashtirilgan. Xususan, 2018-yilda 18 500 gektarga, 2019-yilda 19 800 gektarga, 2020-yilda 17 314 gektar maydonda soya yetishtirilgan. Bu yil yakuniga qadar respublikada jami 165,0 ming tonna soya doni yetishtirish prognoz qilinmoqda. Undan 34 ming tonna o‘simlik moyi va 128 ming tonna soya shroti ishlab chiqiladi. Soya shroti esa, sanoat usulida boqilayotgan 38 mln bosh parrandaga yo‘naltiriladi. Ma‘lumot o‘rnida aytish mumkin, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida jami 122 mln gektarga yaqin maydonda soya yetishtirilmoqda. Eʼtiborlisi, soya o‘simligini g‘o‘za qator orasiga mexanizatsiyalashtirilgan holda ekish mumkin. Shuning uchun ham o‘simlikni yerga qadashdan oldin ekish seyalkalari va qator oralariga ishlov berish agregatlari moslashtiriladi. Bu esa bir paytda g‘o‘za va soyaning ekilishini, ulardan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. O‘zbekistonda soya va boshqa moyli ekinlarga talab ortib borayotgani inobatga olinib, 2022-yilda mamlakatda birinchi soya va moyli ekinlar elita urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etildi. Markazlashgan urug‘chilik xo‘jaligi uchun sinov tariqasida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Oltinboshoq massividan 512 gektar yer maydoni ajratilib, maydonlarning 357 gektariga soya va 100 gektariga masxar ekildi. Ushbu ekin maydonlaridan yil yakunigacha 800 tonna hajmdagi sara urug‘liklar yetishtirilishi rejalashtirilgan. Ushbu maydonlarda soyaning mahalliy seleksiyaga oid hosildor, To‘maris Man-60, Ustoz, Baraka va Gavhar navlarining yuqori avlodli super elita hamda elita urug‘liklari yetishtirilmoqda. Hozirda 80,3 ming gektar ochiq maydonlarga (yana 2,2 ming gektar maydonlarga ekish ishlari davom etmoqda) ekilgan soyaning 65,4 ming gektari unib chiqdi. Shundan 43,0 ming gektar soya qator oralariga ishlov berilib, 10,4 ming gektari oziqlantirildi hamda 19,4 ming gektarida sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Soya ekilgan 100 gektardan ortiq lalmi maydonlarda 5 ta artezian qudug‘i qazilib, ishga tushirildi va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi. O‘zbekistonda asosiy ekin sifatida soya ekishning maqbul muddatlari janubiy hududlarda 25-martdan 5-aprelgacha, markaziy hududlarda 1-apreldan 15-aprelgacha, shimoliy hududlarda esa 15-apreldan 25-aprelgacha bo‘lgan muddatlar hisoblanadi. Ertapishar navlarni esa may oyining o‘rtasigacha bo‘lgan muddatlarda ekish mumkin. Takroriy ekin sifatida ekish muddati iyun oyida kuzgi boshoqli don ekinlarining yig‘im-terimidan so‘ng amalga oshiriladi. Hosilni yig‘ish ishlari ekish vaqtiga va navlarning erta yoki kechpisharligiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Soya oqsili hayvon oqsiliga juda o‘xshash. Shu bois, soya yog‘siz unidan parranda va kichik uy hayvonlari (qo‘y, echki) sut va go‘shtli qoramollarning ratsionida oqsil manbai sifatida foydalaniladi. Shu bilan birga soya yog‘i inson organizmida hazm qilinishi osonligi va bezararligi bilan ham ahamiyatlidir. Soya oqsilidan sut, qatiq, tvorog, pishloq, turli go‘sht, ekologik toza sifatli yog‘ olinadi. Soya unidan tayyorlangan non mahsulotlari bir necha kungacha yumshoq holda saqlanishi va to‘yimliligi bilan ham ajralib turadi. Hozirda hududlarda soya ekish va parvarishlash ishlari davom etmoqda.1000Ma‘lumot o‘rnida aytish mumkin, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida jami 122 mln gektarga yaqin maydonda soya yetishtirilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: https://www.samdu.uz/uz/news/31736 https://www.google.com/search?q=soya+o%27simligi&rlz=1C1GCEA_enUZ1078UZ1079&oq=soya+&aqs=chrome.1.69i57j0i512l4j46i512j0i512l4.30304j0j15&sourceid=chrome&ie=UTF-8#ip=1 Download 22.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling