Mashraboyev nuriddin seleksiyaga oid masalalar va mashiqlar


Download 31.01 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi31.01 Kb.
#1260491
  1   2
Bog'liq
SELEKSIYAGA OID MASALALAR VA MASHIQLAR


19.79-guruh talabasi:
MASHRABOYEV NURIDDIN
SELEKSIYAGA OID MASALALAR VA MASHIQLAR
Reja:



  1. Seleksiya

  2. Oʻzbekiston chorvachilik instituti

  3. Seleksiyaga oid masalalar va mashiqlar


Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. Seleksiyaning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar S.si botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy S. koʻrinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan.
Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik (Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi), joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun (Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va boshqalarning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va boshqa yaratildi. Keyinchalik koʻpgina muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan bu navlar va zotlardan S. ishlarida qimmatli boshlangʻich material sifatida foydalanildi.
CH. Darvin oʻzining "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy asosini yaratdi (qarang Evolyusion taʼlimot), hayvonlar va oʻsimliklar dunyosida yangi shakllarning paydo boʻlishida tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib berdi.
S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek, S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol oʻynadi. Irsiy oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qoʻshdi.
Yevropa va Amerikada S. 19-asrda rivojlana boshladi. Fransiyada L. Vilmoren koʻp marta tanlash yoʻli bilan qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi. Shved seleksioneri G. NilsonEle oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash usulini qoʻllab, sulining qimmatli navini yaratdi. AQShdaL. Byorbank duragaylashni qatʼiy tanlash bilan qoʻshgan holda mevali oʻsimliklar va boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr oxiridan rivojlana boshladi.
Oʻzbekistonda ilmiy S.ning boshlanishi 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari taʼsirida dastlab gʻoʻza S.si bilan shugʻullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898-yilda ish boshlagan Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasida (hozirgi Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti) R. R. Shreder qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza, gʻalla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899-yilda Andijon tajriba dalasi. 1900-yilda Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913-yilda Namangan sh. yaqinidagi Paxtalikoʻlda gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari, qoramolchilik boʻyicha S. ishlarini faol olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy", Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi.
20-asrning 20y.laridan boshlab Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, yilqichilik, qorakoʻlchilik, pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida tajriba va S. st-yalari, ilmiy tadqiqot muassasalari tashkil etila boshladi. 1922-yilda Turkiston seleksiya st-yasi (1965-yildan Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti), 1924-yilda Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi, 1925-yilda Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari) tajriba st-yasi, 1927-yilda Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, 1929-yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932-yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba st-yasi, 1934-yilda Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935-yilda Butunittifoq qorakoʻlchilik instituti, 1940-yilda Oʻzbekiston chorvachilik instituti va ularning respublikaning turli zonalarida joylashgan keng tarmokli styalari ish boshladi.
Chorvachilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi, sharoitlarga moslashishi, yem-xashakdan samarali foydalanishi boʻyicha olib boriladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui boʻyicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi (qarang Duragaylash, Naslchilik, Saralash).
Oʻsimliklar S.da navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida koʻzlangan zarur moddalar (mas, bugʻdoyda oqsil, kartoshkada kraxmal)ning koʻpligi hisoblanadi. Shuningdek, tanlashda oʻsimliklarning noqulay omillarga (qurgʻoqchilik, sovuqqa chidamlilik, kasalliklar va zararkunandalarga) bardoshlik, mexanizatsiya bilan ishlov berishga qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi ham muhim belgilar hisoblanadi.
Oʻsimliklar S.si boshlangʻich material yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari yaratilgan navlar, oʻzidan changlangan liniyalar, poliploidlar, mutantlar boʻlishi mumkin. Boshlangʻich materialdan tanlab olingan oʻsimliklar avlodi dastlabki baholash, baʼzan qayta tanlash uchun seleksion koʻchatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxshilari nav sinash uchun (dastlabki, stansion, konkurs) tanlab olinadi. Soʻngra ular yakuniy baholash va rayonlashtirish uchun Davlat sinoviga oʻtkaziladi (qarang Davlat nav sinash tarmogʻi, Nav). Makkajoʻxori S.da geterozisi yuqori boʻlgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand lavlagining yuqori geterozisli shakllarini yaratish uchun diploidlar tetraploidlar bilan chatishtiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar. S.sida ham geterozis duragaylari chiqariladi.
Gʻoʻza S.si yalpi tanlash, yakka tanlash usullari bilan serhosil va tezpishar navlar yaratish yoʻnalishida olib boriladi. Bunda navlarning sifat belgilariga (kasallik va zararkunandalarga, qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamliligi, tola chiqishi, mashinada terishga qulayligi va boshqalar) eʼtibor beriladi. Boshlangʻich material sifatida chet el S. navlaridan, tur ichida va turlararo madaniy, yovvoyi, yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni chatishtirish yoʻli bilan olingan populyasiyalardan, radioaktiv nurlanishlar va kimyoviy mutagenlar taʼsirida chiqarilgan populyasiyalardan foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda geterozis samaradorligidan yoki turlararo va tur ichidagi duragaylar birinchi boʻgʻinining yuqori biologikxoʻjalik mahsuldorligidan foydalaniladi. Gʻoʻza S.sida oddiy yoki juft, pogʻonali, duragaylar ichida, duragaylararo, takroriy (bekkross), murakkab chatishtirish usullari qoʻllaniladi.
20-asrda Oʻzbekiston olimlari S.ning nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqishga munosib hissa qoʻshdilar. Gʻoʻza S. sida S. S. Kanash, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, A. Dadaboyev, S. S. Sodiqov, S. M. Mirahmedov, O. Jalilovvab., mevalar va tok S.sida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, subtropik ekinlar (limon) S.sida Z. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinlari kartoshka S.sida D. Abdukarimov, A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova, A. S. Hakimov va boshqa, krramolchilik S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq) S.sida S. Gʻ. Azimov, qoʻychilik S.sida I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari va duragaylarini yaratishda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va boshqalarning xizmatlari katta.
Oʻzbekistonda S. ishlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiyishlab chiqarish Markazining paxtachilik; gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi; oʻrmon xoʻjaligi; sholichilik; oʻsimlikshunoslik; bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; sugʻoriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar; chorvachilik; krrakoʻlchilik; ipakchilik ilmiy tadqiqot intlarida; lub ekinlari tajriba st-yasida; Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida; Toshkent agrar universiteti, Andijon, Samarqand qishloq xoʻjaligi intlari S. kafedralarida olib boriladi. Oʻzbekistonda S. amaliyoti, uni tashkil etish va S. yutuqlari (oʻsimliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlarOʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30 avgust) bilan tartibga solinadi.
Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat seleksiyatajriba muassasalari va xususiy urugʻchilik firmalari amalga oshiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori bugʻdoy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va boshqalar) boshqa mamlakatlarda bahori bugʻdoy S.sida foydalaniladi. Bunday navlarni yaratish burdoy hosildorligini ancha oshirish imkoniyatini berdi. Makkajoʻxorining (AQSH) yuqori hosilli duragaylari, qand lavlagining liniyalararo duragaylari (AQSH, Shvetsiya), kalta poyali javdarbugʻdoy amfidiploidlari (Kanada), serkraxmal kartoshka navlari (Gollandiya, GFR, Polsha), uy parrandalari inbred liniyalari (AQSH) muhim oʻrinda turadi.
Начало формы

Конец формы

Download 31.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling