11-mavzu: tuproq resursi reja
Yaroqsiz yerlar sifatini yaxshilash
Download 376.88 Kb. Pdf ko'rish
|
11.1.-maruza db8ad2ffc152f9cb4df803c2fc5fd750
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eroziyaga uchragan yerlarning hosildorligini tiklash.
- Yaylovlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish.
- Yaroqsiz holga kelgan yerlarni rekultivatsiya qilish yо‘nalishlari
Yaroqsiz yerlar sifatini yaxshilash
Shо‘rlangan yerlar melioratsiyasi. Sug‘orma dehqonchilikda yerlarning ikkilamchi shо‘rlanishi jiddiy muammo hisoblanadi. Ikkilamchi shо‘rlanishning asosiy sababi - quvursiz, yer zaxini qochirmasdan sug‘orishdir. Bunda grunt suvlari kо‘tarilib, mineralizatsiya jarayoni oshadi, sug‘orish meyorini oshirish va suvdan oqilona foydalanmaslik esa ikkilamchi shо‘rlanishga olib keladi.
Eroziyaga uchragan yerlarning hosildorligini tiklash. Bu borada meliorativ va о‘rmon meliorativ tadbirlarini, tabiiy ekotizim va agroekotizim munosabatidagi mutanosiblikni (balans) saqlash, agrolandshaftlarni rekultivatsiya qilish zarur. Degumidlangan (oriqlagan) tuproq hosildorligini tiklash. Tuproq haydalma qatlamidagi organik moddalar zahirasini saqlash uni biologik usullar bilan 1400 1200 1100 900 800 700 900 1100 1300 1500 1985 1990 1991 1992 1993 (hududlarga optimal о‘t о‘simliklar ekish) qayta ishlash masalasini, organik о‘g‘itlarni qо‘llash, yerlarni qayta ishlashni mukammallashtirish, kaliforniya chuvalchangi bilan organik chiqindilarni qayta ishlash, gumusning optimal holatini tiklashni talab etadi.
tadbirlar, shuningdek mavjud о‘simliklarning hosildorligini oshirishda о‘g‘itlardan fydalanish, begona о‘tlarni yо‘qotish, toshlardan tozalash, suv rejimini boshqarish talab etiladi. Bu tadbirlarni qо‘llash hisobiga, yaylov va pichanlar hosildorligi 1,5 - 2,5 marta oshadi.
Yaroqsiz holga kelgan yerlarni rekultivatsiya qilish yо‘nalishlari: 1. Rekreatsion yо‘nalish – obodonchilik, hovuzlar, sport maydonlari, о‘yin maydonlari, bolalar maydonchalari qurish. 2. Qishloq xо‘jaligi yо‘nalishi – yaylov, bog‘, uzumzorlar yaratish. 3. Sanitar-gigiyenik yо‘nalish – biologik yoki texnik yо‘l bilan yaroqsiz yerlarni atrof-muhitga ta’sir qilmaydigan sharoitda konservatsiya (buzilmaydigan holga keltirish) qilish. 4. О‘rmon xо‘jaligi yо‘nalishi – turli tipdagi о‘rmonzorlar barpo qilish. 5. Baliqchilik yо‘nalishi – baliqchilikni rivojlantirish shart-sharoitlariga amal qilgan holda suv havzalarini barpo etish.
Nazorat savollari:
1. Chо‘llanishga olib keladigan asosiy sabablar qaysilar? 2. CHо‘llanishni keltirib chiqaradigan omillarni ayting. 3. Tuproq eroziyasi nima? 4. Tuproq degumidlanishi nima? 5. О‘simliklar degradatsiyasini tushuntiring. 6. Yaroqsiz yerlar sifatini qanday yaxshilash mumkin? Download 376.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling