11-mavzu: Urug‘chilikning nazariy asoslari. Urug‘chilik tizimi


Download 25.45 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi25.45 Kb.
#1740570
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu Urug‘chilikning nazariy asoslari. Urug‘chilik tizimi-fayllar.org


11-mavzu: Urug‘chilikning nazariy asoslari. Urug‘chilik tizimi

11-MAVZU: Urug‘chilikning nazariy asoslari. Urug‘chilik tizimi
Reja.
1. Urug‘chilik fani va uning vazifalari tushunchasi.
2. Urug‘chilikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Urug‘larning sifati haqida tushuncha. Superelita va elita urug‘lari. Urug‘larning reproduksiyasi va turkumi.
4. Urug‘larning navdorlik sifatlarining yomonlashish sabab-lari va ularni bartaraf etish usullari.
Urug‘chilik tizimi va tartibi.
5. Urug‘chilik sxemasi hakida tushuncha.
6. Ekinlarning biologik xususiyatlariga, muayyan iqlim va agroekologik va iqtisodiy sharoitlariga muvofiq o‘rug‘chi-likni tashqil qilish.
7. Urug‘chilikni boshqaruv tartibi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va sifatini oshirish borasidagi ishlar orasida urug‘chilikni muhim o‘rni bor.

Urug‘chilik deb parvarish qilinayotgan ekinlar navlarining sofligini, biologik va hosildorlik sifatlarini saqlagan holda ularning urug‘larini ko‘paytiruvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining maxsus tarmog‘iga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda urug‘chilik ekinlar hosildorligini to‘xtovsiz oshirish va yalpi mahsulotni ko‘paytirishga qaratilgan chora -tadbirlar tizimidir.


Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib urug‘chilik zimmasiga ishlab chiqarishga yangi joriy etilgan navlarning yuqori sifatli urug‘larini rayonlashtirilgan zonalar xo‘jaliklariga yetqazib berish va oldindan ekib kelinayotgan navlar urug‘larining navdorlik va hosildorlik sifatlarini saqlash vazifasi yuklangan. Bu vazifaning urug‘chilik zimmasiga to‘shishiga sabab shuki ishlab chiqarish sharoitida urug‘larni ommaviy ko‘paytirish jarayonida navlarning hosildorlik sifatlari yomonlashib ketadi.
Urug‘chilik o‘z zimmasidagi vazifaga ko‘ra 2 ta muhim tadbirni amalga oshiradi. Nav almashtirish va nav yangilash.


  • NAV ALMAShTIRISh deb Davlat nav sinovi natijalariga ko‘ra ishlab chiqarishda ekilib kelayotgan eski navlarni shu ekinning ancha serhosil yoki sifatli mahsulot beradigan yangi navlari bilan almashtirishga aytiladi.


  • NAV YaNGILASh deb qishloq xo‘jaligida Uzoqmuddat foydalanish jarayonida o‘zining navdorlik va biologik sifatlarini pasaytirib yuborgan eski urug‘larni shu navning maxsus usullar yordamida yangilangan eng yaxshi urug‘lari bilan almashtirishga aytiladi.

Har ikkala holda ham qo‘yidagilarni ta’minlash kerak:




  • Navdor urug‘larni ularning rayonlashgan zonadagi rejadagi ekin maydonlarini ta’minlaydigan darajada ommaviy ko‘paytirish.


  • Yetishtirilayotgan urug‘ning yuqori navdorlik xususiyatlarini saqlab turish, ya’ni navning yoki duragayning genetik xossalarini saqlash.


  • Navdor urug‘larni sog‘lom va eng yuqori imkoniyat darajasida yashovchanligini saqlab turish.

Chetdan changlanuvchi o‘simliklar urug‘chiligida yuqori-dagilardan tashqari doimiy ko‘paytirish jarayonida navlarni yaxshilash jarayoni ham amalga oshirilishi mumkin. Chunki bu navlar genetik jihatdan geterogen holdagi populyatsiyalardan tashqil topgandir. Olimlarning aniqlashicha yuqoridagi tadbirlarni to‘g‘ritashqil qilish asosida urug‘chilik ishlari olib borilsa ekinlar hosildorligi 15-20% gacha oshishi mumkin ekan.


Urug‘chilikning nazariy asosi ham seleksiyaniki kabi genetikadir. Urug‘chilikning maqsadi nav yoki duragayning hosildorlik imkoniyatlarini to‘laroq amalga oshirish va ularning xo‘jalik hamda biologik xususiyatlarini saqlashdir. Boshqa tomondan esa urug‘ning hosildorlik xususiyatlari faqatgina uning genetik irsiylanganidagina emas, balki urug‘ning shakllanish sharoitida, ya’ni ona o‘simligida rivojlanashida hamdir. Urug‘ning ekinboplik xususiyatlariga turli kasalliklar, mexaniq shikastlanish va boshqa omillar ta’sir qiladi. Shuning uchun ham urug‘chilikni tashqil qilishda navlarning biologik va o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini yaxshi bilish va kompleks sharoitlarni hisobga olish kerak. Shuning uchun boshqa fanlarga -genetika,biotexnologiya, fiziologiya, bioximiya, fitapatologiya kabi fanlar usullariga tayangan holda ish yuritish zarur. Shu bilan birga urug‘chilik mustaqil fan sifatida yillar davomida sinab ko‘rilgan o‘zining usullari va uslublariga egadir.
Urug‘chilikning asosiy ob’ekti turli xil nav va geterozisli duragaylardir. Urug‘chilikning turli vazifalari orasida eng asosiysi bu urug‘larni ko‘paytirish jarayonida ularning genetik xususiyatlarini saqlab turish va agar mumkin bo‘lsa ularni turli kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishdan saqlashdir. Turli ekinlarda bu masala turli tarzda hal qilinadi. Shuning uchun urug‘chilikning muvaffaqiyati tur, nav yoki duragaylarning biologiyasini, ko‘payish usullarini, tashkimuhit faktorla-rining jinsiy jarayonga va murtakning (urug‘ning) rivojla-nishiga ta’sirini yaxshi bilishga asoslangandir.
Ko‘payish usullari ayniqsa turli ekinlar urug‘chiligini tashqil qilishda sezilarli ta’sir etuvchi faktordir. Vegetetiv ko‘payuvchi o‘simliklarda ko‘payish mitoz bo‘linishga asoslangan va shuning uchun ularda irsiyat o‘zgarishsiz qoladi. Nazariy jihatdan vegetativ ko‘payuvchilarda genetik barqarorlikni saqlash va ularni hohlagancha ko‘paytirish (ayrim somatik mutatsiyalarni hisobga olmaganda) qiyin emas. Boshqa tomondan esa, ko‘p miqdordagi urug‘-lik materialni saqlash, tashish yoki ekinning past darajadagi ko‘payish koeffitsienti bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli ularda nav almashtirish va nav yangilash ishlari murakkablashadi va ko‘p vaqtni talab qiladi.
O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda nav o‘z genotipiga ko‘ra bitta gomozigota tizmadan yoki o‘xshash gomozigotali tizmalardan iborat. Ularning nav tozaligini saqlab turish uchun o‘zidan changlantirish kifoya va shuning uchun ularda barqarorlikni uzoq vaqt saqlab to‘rish mumkin.
Chetdan changlanuvchilar esa turli geterogen bo‘lgan populyatsiyalardan tashqil topgani uchun ularda geterozigotalik chetdan changlanish tufayli Uzoqvaqt saqlanib qoladi. Bu esa populyatsiyalarda uchraydigan mag‘lub (retsessiv) genlar ta’sirini to‘xtashiga va navning hayotchanligini saqlanishiga olib keladi. Bu esa boshqa tomondan urug‘chilik jarayonida navni yaxshilash imkoniyatini beradi (Pustovoyt tomonidan kungaboqarning elita o‘simliklarini ko‘p miqdorda tanlangani, ularning avlodini baholash va eng yaxshi o‘simliklar urug‘ini birlashtirish orqali 5 yil davomida moydorlikni 5% gacha oshirishga erishganini misol tariqasida keltirish mumkin).
Urug‘ning navdorlik sifati deganda uning nav tozaligi (ifloslanish darajasi) va tipikligiga aytiladi. Urug‘lar navdorlik sifati bo‘yicha nav tozaligiga qarab uch kategoriyaga ajratiladi (I,II va III kategoriyalar). Nav tozaligi deb asosiy ekin poyalari umumiy miqdorining shu ekinning yaxshi rivojlangan poyalari umumiy miqdoriga foiz hisobidagi nisbatiga aytiladi. Bu ko‘rsatkich aprobatsiya orqali aniqlanadi. O‘zidan changlanuvchi donli va donli-dukkakli ekinlarda I kategoriyaga nav tozaligi 99,5% dan, II kategoriya-98% dan va III- kategoriya 95% dan kam bo‘lmaganlari kiradi.
Urug‘larning ekish sifatlarini, ya’ni tozalik, unuvchanlik quvvati, namligi, 1000 ta urug‘ og‘irligi, kasallik va zararkunandalar bilan va mexaniq zararlanganligi darajalarini aniqlash orqali uchta klassga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichlar Davlat andozasiga asosan aniqlanadi va har bir ekin uchun alohida bo‘ladi. Masalan chigitning unuvchanligi bo‘yicha 3 ta klassga ajratiladi. Unuvchanligi 95% dan kam bo‘lmasa 1-klass, 90% dan kam bo‘lmasa 2 - klass va 85% dan kam bo‘lmasa 3 -klass. Unuvchanligi 85% dan kam bo‘lgan chigitlar ekish uchun ishlatilmaydi. Ekish sifatlari bo‘yicha Davlat andozasi talablariga javob beradigan urug‘larga KONDITSION urug‘lar deyiladi.
Urug‘larning sifatini saqlash deganda eng avvalo navga xos irsiy belgilarni to‘liq saqlagan holda ekin maydonlariga kerakli miqdordagi urug‘larni yetishtirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Urug‘chilik ishlarini olib borish navdor urug‘larni ko‘paytirish va ekish jarayoniga -elita va reproduksion urug‘larni yetishtirish va qayta ekish jarayonida nav tozaligining o‘zgarishini o‘rganishga asoslangan. Shunga ko‘ra elita, superelit va reproduksiya tushunchalarini farqlash kerak.
Elita urug‘lar deb seleksiya va urug‘chilik tashqilotlari tomonidan yetishtirilgan biror bir navning eng yaxshi, navdorlik va ekish sifatlari talablarga to‘liq javob beradigan urug‘lariga aytiladi. Franso‘zcha elite-eng yaxshi, sara demakdir. Elita urug‘lar navning hamma belgi va xususiyatlarini keyingi avlodiga o‘tkazadi. Elita urug‘lar superelita urug‘larni ko‘paytirib yetishtiriladi.
Superelita lotincha super- oldingi, ya’ni elitadan oldingi degan ma’noni bildiradi. Superelita urug‘lari eng yuqori mahsuldorlik, navdorlik va ekish sifatlariga ega. Superelita urug‘lari elita urug‘larini yetishtirish jarayonida tashqil etiladigan ko‘paytirish ko‘chatzoridan olinadi. Elita urug‘larini ko‘paytirish orqali olinadigan urug‘larga reproduksiya deyiladi. Elita urug‘ini ekib I -reproduksiya, uni ekib II-reproduksiya, undan esa III reproduksiya va h. k. olinadi. Reproduksiya so‘zi bo‘g‘in avlod,pusht) degan ma’noni bildiradi.
Nav kelib chiqishi o‘xshash, morfologik, biologik va xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha o‘xshash o‘simliklar guruhidir. U inson faoliyati mahsuli bo‘lib ishlab chiqarish vositasidir. Navlar kelib chiqishiga va changlanish xiliga ko‘ra turli genetik tarkibga ega. Chetdan changlanuvchi o‘simliklarda nav turli geterozigotali nus’halar aralashmasidan iborat. O‘zidan changlanuvchilar navi esa o‘xshash gomozigotali tizmalar aralashmasidir. Yuqorida aytilganidek navlar barcha belgilar bo‘yicha yaxshi xillangan bo‘lishi kerak. Bu esa o‘simlikning changlanish xiliga qarab to‘rli ravishda amalga oshiriladi. Ya’ni, o‘zidan changlanuvchilarda o‘zidan changlantirish orqali, chetdan chaglanuvchilarda tegishli ravishda chetdan changlantirish orqali saqlab turiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida navlar ko‘pincha o‘zining xo‘jalik va biologik xususiyatlarini pasaytirib yuborishi natijasida nav yomonlashadi. Nav yomonlashuvining asosiy sabablari:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling