11-mavzu: Urug‘chilikning nazariy asoslari. Urug‘chilik tizimi


Download 25.45 Kb.
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi25.45 Kb.
#1740570
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu Urug‘chilikning nazariy asoslari. Urug‘chilik tizimi-fayllar.org

tasodifiy va biologik ifloslanish.


  • ajralish hodisasining yuz berishi.


  • o‘simliklarning kasallanishi.


  • mutatsiyaning yuz berishi.

    Tasodifiy va biologik ifloslanish. Asosiy nav urug‘iga boshqa nav yoki ekinlar urug‘ining aralashib qolishiga tasodifiy ifloslanish deyiladi. (Kuzgi bug‘doy javdar bilan, qattiq bug‘doy yumshoq bug‘doy bilan,suliga arpa aralashib qolishi va ularning ko‘payish koeffitsienti turlicha bo‘lganliklari uchun nav tezda yomonlashib ketishi mumkin).


    Navlarning tabiiy ravishda chetdan changlanib qolishiga biologik ifloslanish deyiladi. Ayniqsa chetdan changlanuvchilar uchun xavfli. Oldini olish uchun maydon cheklanishi qoidalariga amal qilish shart.
    Ajralish hodisasi-ayrim belgilar bo‘yicha geterozigota bo‘lgan navlarda, duragay navlarda va mutatsiya natijasida Uzoqdavom etishi mumkin. Ajralish tufayli paydo bo‘lgan o‘simliklar nav aralashmasi bo‘lib qoladi va asosiy navni ko‘paytirish davrida ular bilan baravar tarzda ko‘payadi. Oldini olish uchun nav tozaligi bo‘yicha o‘toq qilishda yulib tashlanishi kerak.
    O‘simliklarning kasallanishining kuchayishi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar nihoyatda tez ko‘payadi va agar urug‘ orqali kasallik o‘tadigan bo‘lsa yildan-yilga ko‘payib urug‘lar yaroqsiz bo‘lib qoladi. Oldini olish uchun urug‘chilikning boshlang‘ich jarayonidayoq (elita xo‘jaliklarida) va keyingi urug‘chilik paykallarida kasalliklarni yo‘q qilishning hamma choralari ko‘riladi.
    Mutatsiyaning ro‘y berishi. Ekilayotgan har bir ekinning morfologik va xo‘jalik-biologik belgilari gerbitsidlarni ishlatish, termik ishlash va noqulay sharoitlarda saqlash natijasida tabiiy mutatsiyaga uchrab qolishi va natijada nav bo‘zilishi mumkin. Tajribalardan urug‘chilikning boshlang‘ich zvenolarida uchraydigan tabiiy mutantlarni aniqlash va ularni chiqitga chiqazish yaxshi natija berishi va shu tarzda biologik ifloslanishning oldini olish mumkinligi tasdiqlangan.
    Navlarning yomonlashuvi tezligi o‘simliklarning ko‘payish koeffitsientiga va changlanish xiliga bog‘liq. Agar tez ko‘payuvchi o‘simlik urug‘i aralashib qolsa 1-2 yil ichida ifloslanish darajasi 40-50% ga yetishi va asosiy navni siqib qo‘yishi mumkin. Ko‘payish koeffitsienti asosiy navnikiga nisbatan past bo‘lsa sekin ko‘paygani bilan aralashma sifatida nav tozaligini bo‘zib turishi mumkin. Shuning uchun nav tozaligini saqlash uchun urug‘chilik xo‘jaliklarida har yili nav o‘tog‘ini o‘tqazib turish orqali navlar yomonlashuvini kamaytirish va oldini olish mumkin.
    Navlar ishlab chiqarish sharoitida asta-sekin yomonlashib borishini va ularning hosildorligini pasayishini oldini olish uchun nav yangilash amalga oshiriladi. Bunda urug‘lar navdorligi navlarning elita urug‘larini o‘zluksiz yetishtirish orqali ta’minlanadi.
    Urug‘chilik jarayonida navlarning yomonlashib borishini oldini olish uchun boshlang‘ich urug‘chilikda tanlashni to‘g‘ri olib borish kerak. Urug‘chilikda tanlashning har xil usullari qo‘l-laniladi va ularning samaradorligi nav va nus’halar orasidagi irsiy, genetik farqning katta-kichikligiga bog‘liq.
    O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda seleksiya va urug‘chilikning vazifasi to‘rlicha. Urug‘chilikning vazifasi seleksiya yutuqlarini to‘la amalga oshirishdir, bunda tanlash navlarni yaxshilashga emas, balki ularning xo‘jalik-biologik belgilarini to‘liq saqlashga qaratilgandir.
    Chetdan changlanuvchilarda esa urug‘chilik jarayonida navlarning yaxshilangan urug‘ini yetishtirish mumkin.
    Urug‘chilikda ko‘pincha yakka tanlashdan foydalaniladi va o‘zidan changlanuvchilar uchun navning umri bitta elita o‘simligidan boshlanadi. Chetdan changlanuvchilar uchun qancha o‘simlik tanlanishi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
    Birlamchi ko‘chatzorda irsiy chetlanishga ega barcha o‘simliklar chiqitga chiqaziladi va yakka tanlash irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Chunki ko‘chatzor kengayishi bilan modifikatsion o‘zgaruvchanlik ortib boradi. Oilalarni asossiz yaroqsizga chiqarishning oldini olish uchun 1-yilgi nasllarni tekshirish ko‘chatzoriga kamroq oilalar ekish tavsiya qilinadi.
    Navlar ekologik plastikligi jihatdan bir-biridan farq qilganligi tufayli ekologik plastik navlar turli zonalarda yuqori sifatli urug‘ berishi, ekologik plastik bo‘lmaganlari esa faqatgina ma’lum zonalarda sifatli urug‘lik berishi aniqlangan. Shuning uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini iloji boricha qo‘lay iqlimli zonalarda yetishtirish zarurdir. Ko‘pchilik olimlarning aniqlashicha, qulay sharoitlarda yetishtirilgan va urug‘chilik qoidalariga amal qilinganda yuqori reproduksiyalarda ham urug‘larning sifati yaxshi saqlanib qolishi mumkin.
    Mustaqillik yillarida jumhuriyatimiz rahbariyati tomonidan urug‘chilik ishlarini yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Buning yorqin misoli sifatida 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "Urug‘chilik to‘g‘risidagi qonun" va 1998 yilda "1999-2000 yillarda g‘o‘za navlarinini joylashtirish" ga doir qarorni keltirish mumkin. Bu qonun va qaror urug‘chilik borasidagi va uni tashqil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, asosiy ekinimiz bo‘lgan g‘o‘zaning 1999-2000 yillarda ekiladigan navlarini joylashtirish borasida qabul qilingan 491-qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlar, ya’ni xo‘jaliklarda 1 ta, tumanlarda 2 ta, viloyatlarda 4 ta dan ortiq bo‘lmagan g‘o‘za navlarini joylashtirish tartibi urug‘chilik ishlarini tubdan yaxshilash imkoniyatini beradi. Chunki, biror -bir g‘o‘za navining ishlab chiqarishda yetishtiriladigan urug‘larining navdorlik sifatini yaxshilanishi, mamlakatimiz miqyosida katta iqtisodiy samara berishi tushunarlidir.
    Dala ekinlari bo‘yicha urug‘chilik ishlari seleksiya-urug‘chilikning yagona markazlashgan Davlat tizimi orqali olib boriladi. Seleksiya-urug‘chilik tizmida yangi nav yaratish bilan shug‘ullanuvchi seleksiya, yangi navlarni sinash, rayonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashqilotlar (Davlat nav sinash komissiyasi),navlarning biologik va mahsuldorlik xossalarini saqlab qolgan holda ularni ommaviy ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi urug‘chilik, urug‘ tayyorlash, nav va urug‘ nazorati kiradi.
    Urug‘chilik ishlari umumiy seleksiya va urug‘chilik tizimida olib borilishiga qaramay, urug‘chilik o‘zining xususiy sistemasi (tizimi) ga egadir.
    URUG‘ChILIK TIZIMI- deb davlat rejasiga muvofiq barcha ekin maydonlarini bir yoki bir qancha ekinlarning a’lo sifatli urug‘liklari bilan ta’minlab to‘radigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish tarmoqlarining yig‘indisiga aytiladi. Bu tizimda urug‘larning navdorligi va ekish sifati ustidan nazorat ta’minlanadi, urug‘ tayyorlash va xo‘jaliklarni urug‘lar bilan ta’minlash uning vazifasi hisoblanadi. Bu yerda urug‘chilik tizimi va urug‘chilik sxemasi tushunchalarini farqlash muhimdir.
    URUG‘ChILIK SXEMASI deb muayyan tartibda tanlash va ko‘paytirish bilan navni yangilab turishga (urug‘ni qayta ko‘paytirib turishga) qaratilgan o‘zaro bog‘langan ko‘chatzorlar va urug‘lik ekinzorlarining yig‘indisiga aytiladi. Bitta urug‘chilik tizimida bu ish turli tartibda olib borilishi mumkin. Urug‘chilik tizimi navdor urug‘lar yetishtirishni tashqil etish bilan shug‘ullansa, urug‘chilik sxemasi navdorlik va hosildorlik sifat-lari yuqori bo‘lgan urug‘lar yetishtirishni ta’minlaydigan yo‘llar va usullarni belgilaydi. Navdor urug‘larni yetishtirish bir qancha faktorlarni hisobga olgan holda, ya’ni ekinning biologik xususiyatlari, ekin maydoni, ekish normasi, hosildorligi va boshqalar ya’ni tashqiliy-texnikaviy sharoitlar ham hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.

    Download 25.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling