11-mavzu: yoshlik davri mashg`ulot shakli
MS: SHaxsning o‘z-o‘zini anglashi deganda nimani tushinasiz?
Download 40.63 Kb.
|
11-mavzu YOSHLIK DAVRI
MS: SHaxsning o‘z-o‘zini anglashi deganda nimani tushinasiz?
Aytilganlarning hammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub’ekt–ob’ekt–sub’ektlararo va sub’ekt–sub’ekt–ob’ektlararo) munosabatlarning nisbatan barqaror tizimi sub’ekti sifatida anglab yetish imkonini beradi. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga ko’proq darajada «jalb qilingan» individual fazilatlargina shaxsning xususan o’ziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chiqadi. Misol uchun epchillik va qat’iylik o’spirinning individualligi belgilari bo’lgani xolda, jumladan u sportda tuman birinchiligida da’vogar komandaga qo’shilmaguncha yoki uzoq joylarga turistik sayoxat paytida u tezoqar va muzdek daryodan kechib o’tishni ta’minlash vazifasini o’z zimmasiga olmagunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmay keldi. Aynan shu sababli ham pedagog uchun ahamiyatli bo’lgan o’quvchiga individual yondashishini amalga oshirish vazifasini amalga oshirib ko’rsatish kerak. Bu esa o’quvchining differensial-psixologik xususiyatlari (xotirasi, diqqati, temperamenti, u yoki bu kobiliyatlarining rivojlanganligi va x.k.) ni xisobga olishni, ya’ni o’quvchining o’z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabati bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil etish kerakligini aniqlashni taqozo qiladi. Shaxsning tafakkur, xotira, iroda singari perseptiv xususiyatlaridan tashqari uning jamoadagi o’rni, jamoaning unga munosabati, baxosi singarilar ko’proq shaxs sifatlari deb yuritiladi. Bu sifatlar xar doim pedagogning diqqat markazida turmogi kerak. Bu singari takrorlanmas sifatlar shaxsning individualligini belgilaydi. Psixologiyada individuallikning ko’pgina xislatlari– moslashuchanlik, tajovuzkorlik, moyillik, tashvishlanish singarilari aniqlangan. Inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubxasizdir. Shu boisdan bunga birinchi navbatda uning individualligini ko’rsatadigan va faqat extirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va xakozolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishgina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi xar xil bo’lgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi xisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o’zini nomoyon etishini ham qo’shish shart. Individual tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvosita ifodasi xisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog’liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko’rinishda nomoyon bo’ladi. Individ rivojlanishining tabiiy shart–sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi, nerv va ichki sekretsiya bezlari tizimi, jismoniy tuzilishidagi afzalliklari va nuqsonlari uning individual– psixologik fazilatlari shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin biologik xususiyat kishi shaxsning tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda (psixologik jixatdan) mavjud bo’ladi. Jumladan, miya patologiyasi individda, uning tuzilishida, uning biologik jixatlari bilan bog’liq, lekin shaxsiy belgilari xisobanmish individual psixologik jixatlarni keltirib chiqaradi. Ular ijtimoy sabablarga (determinatsiyaga) ko’ra shaxsning konkret fazilatlariga aylanib qolishi ham mumkin,qolmasligi ham. Shaxs sifatlarida uning tuzilishi, yo’nalishi, faolligi farqlanadi. Tabiiy (anatomik, fizialogik) va ijtimoiy xislatlar ma’lum birlikni tashkil etadi, bu shaxs tuzilishining birinchi kichik metaindivid tuzilishidir. Ikkinchi meta individ tuzilishi tana a’zolaridan tashqaridagi «bo’shliqqa» bog’liq- «eksttraindivi» tuzilishi, yana biri interoindivid tuzilishdir. Shunday qilib, shaxs tuzilishining uch tarkibiy qismi mavjud. Shaxs tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining tizimli tuzilishi kiradi. SHaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi–uning individ ichkarisidagi (intraindivid) kichik tizimining alohida namoyon bo’lishidir. Shaxs tuzilishinig ikkinchi tarkibiy qismi – shaxsning shaxslararo bo’shliqdagi individlararo munosabatlarda, aloqalarda mavjud bo’lishidir, ya’ni individning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi «bo’shliqda», «fazoda » nomoyon bo’lishidir. Bu shaxs «ekstraindivid» tuzilishi deb ham aytiladi. Shaxs tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qism i- metaindivid (individning ustki ko’rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko’rsatish imkoniyatidir. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan, balki uning boshqa individlar bilan «shu yerda va endilikda» mavjud bo’lgan aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi. Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan gavdalanishi hamda ijtimoiy aloqalar va munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo’lishidir. Xar uchala kichik tuzilish birligi shaxs obro – e’tiborida namoyon bo’ladi. Kishining tevarak – atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy faoliyatda nomoyon bo’ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o’zgarishlar qilishga layoqati shaxsning faolligi deb tushiniladi. Bu uning g’oyaviy prinsipialligida, qat’iyliligida, o’z nuqtai nazarini ximoya qila olishida, so’zi bilan ishi birligida ifodalanadigan xayotiy pozitsiyasida ko’rinadi. Shaxs faoliyatini va faolligini yo’naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog’liq bo’lmagan barqaror motivlar majmui shaxs yo’naltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki ko’p darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo’lishi ham mumkin. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi. Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o’zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektga ro’yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo’lsa, bu xol shaxsning istiqboli (perspektivasi) deb qaraladi. Istiqbolni anglash kishiga ta’bi xiralik, o’z kechinmalariga qarama–qarshi ruxsizlik, tushkinlik xolatini keltirib chiqarishi frustratsiya deb atalada. Bu kishining maqsadiga erishishi yo’lida real tarzda bartaraf etib bo’lmaydigan deb xisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan tusiqlarga, g’ovlarga duch kelgan xollarda yuz beradi. Frustratsiya shaxsning xulq-avtorida va uning o’zini anglashida turli xil o’zgarishlarga olib keladi. Shaxs yo’naltirilganligi uning qiziqishlarida, e’tiqodi va dunyoqarashida nomoyon bo’ladi. Qiziqish biron soxada to’g’ri mo’ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to’la va chuqur aks ettirishiga yordam beradigan motivdir. Qiziqishlar bilishning doimiy qo’zgatuvchi mexanizmi sifatida nomoyon bo’ladi. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadiga, miqyosi va barqarorligiga qarab belgilanadi (ijobiy va salbiy bo’lganda ham). Qiziqishlar shaxs faoliyatini asoslashning birdan bir emas, lekin muxim shartidir. Xulq–avtorining muxim motivlaridan biri e’tiqoddir. E’tiqod – shaxsni o’z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muofiq tarzda ish ko’rishga da’vat etadigan motivlar tizimidir. Bu bilimlar, nuqtai nazarlarning tartibga solingan va ichki uyushgan tizimini (falsafiy, estetik, axloqiy, tabiiy–ilmiy) tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi mumkin. Dunyoqarash ijtimoiy–siyosiy tuzimga qarab o’zgarishi mumkin. Psixologiyada shaxsning yo’l-yo’riqlari uning u yoki bu extiyoji qondirilishiga yordam berishi mumkin bo’lgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining o’zi tomonidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi. Buni gruzin psixologi N.D.O’znadze ustanovka deb atagan. Psixologik tadqiqotlar yo’l–yo’riqning tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iboratligini ko’rsatadi. Bular: kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bo’lgan kognitiv (lot codnitio bilish) kichik tuzilishi, yo’l–yo’riq, ob’ektiga nisbatan xayrixoxlik yoki xush ko’rmaslik xolatlari kompleksidan iborat xissiy baxolash kichik tuzilishi, yo’l–yo’riq ob’ektiga nisbatan irodaviy kuch–g’ayratni safarbar etishga shay turishdan iborat bo’lgan xulq- avtor kichik tuzilishidir. Kishi o’z moxiyatiga ko’ra ijtimoiy xisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan o’zaro birgalikda xarakat qilgan va munosabatda bo’lgan xolda o’zini atrof-muxitdan alohida ajratib ko’rsatadi, o’zining jismoniy va psixik xolati, xarakatlari va jarayonlarining sub’ekti sifatida eks etadi, o’zi uchun (boshqalarga) qarshi turgan va ayni chog’da ular bilan bog’liq bo’lgan «Men» sifatida nomoyon bo’ladi. Bolalarda «Men» siymosi juda erta tarkib topa boshlaydi. 2–3 yoshli bolalardayoq «Men» siymosi yaqqol ko’rinadi – «Seniki emas–meniki», «Men o’zim kelaman», «Menga besh» va x. (I. S. Qon) Nixoyat, o’spirinlik va yoshlik davrida ijtimoiy xayotga va mexnat faoliyatiga faol qo’shilib ketish natijasida o’ziga ijtimoiy–axloqiy jixatdan baxo berishning kengaytirilgan tizimi shakllana boshlaydi, o’zini anglab yetishi tugallanadi va «Men» ning siymosi asosan tarkib topadi. O’spirinlik va yoshlik yillarida o’zini tarbiyalashga, o’zining xayotidagi o’rnini va tevarak–atrofidagilar bilan munosabatlar sub’ekti sifatida o’zini anglab yetishga intilish kuchayadi. O’zini anglashning yuzaga chiqa boshlashi ana shu bilan bog’liqdir. Katta yoshdagi o’quvchilarda, talabalarda o’z xususiy «Men» siymosi qat’iy shakllanadi. «Men» siymosi–individning o’zi haqidagi nisbatan barqaror, ozmi–ko’pmi darajada anglanilmagan, betakror deb xis qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o’zaro birgalikda xarakat qilishda ana shunga asoslanadi. Xar qanday yo’l–yo’riq kabi «Men» siymosi ham uchta komponentni o’z ichiga oladi:. Birinchisi–kognitiv tarkibiy qism: ikkinchisi xissiy–baxolash tarkibiy qism, uchinchisi–xulq–avtor- irodaviy tarkibiy qism. Seni tushinishlari uchun intilish, o’rtoqlarining va o’qituvchilarning xayrixoxligini, xurmatini qozonish, o’z mavqeingni kuchaytirish yoki sezilmasdan qolish istagi, baxo berish va tanqid qilishdan tiyilish, o’zining kamchiliklarini berkitish va x. «Men» ning siymosi ijtimoiy munosabatlarning ham sharti sharoiti va ham oqibatidir. Psixologlar kishida amalda birgina «men» siymosini emas, balki navbatma–navbat gox o’zini anglashni, gox muayyan vaziyatda o’zining ahamiyatini yo’qotadigan o’zaro birgalikdagi xarakatni qo’yadigan va bir–birining o’rnini egallab turadigan ko’plab «men siymolari» bo’lishni qayd etishadi. «Men» siymosi xosil bo’lishining yana bir ko’rinishi «xayoliy» «men» dan iboratdir. Agar iloji bo’lsa orzu qilingan darajaga yetish, umuman o’zining tasavvur qilganidek bo’lib qolish istagida ekanligini aytib qo’yish kerak. «Men»ning bu xildagi siymosi ayniqsa o’spirinlik davrida katta ahamiyatga ega. O’ziga-o’zi baxo berish – shaxsning o’zi tomonidan o’ziga, o’z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasida fazilatlariga va o’z o’rniga baxo berilishidir. Bu shaxsning o’zini anglab yetishining psixologiyada ancha muxim va eng ko’p o’rganilgan jixati xisoblanadi. O’ziga o’zi baxo berish orqali shaxsning xulq-atvori to’g’irlanib, tartibga solib turiladi.
Kishi o’zi haqida ba’zi narsalarni allaqachon bilgani xolda boshqa kishiga razm solib boradi, o’zini u bilan solishtirib ko’radi, u ham uning shaxsiy fazilatlariga, xatti–xarakatlariga, faolligiga nisbatan befarq bo’la olmaydi, ana shularning hammasi shaxning o’ziga o’zi baxo berishiga kiradi va uning psixologik xolatini belgilaydi. Boshqacha aytganda, shaxsda hamisha referent gurux (real yoki xayoliy) bo’lib, u bilan xisoblashgan xolda ish ko’radi, undan o’ziga qadriyatli mo’ljallar oladi. Agar shaxs o’z xatti–xarakatlarini referent guruxning nuqtai-nazari va qadriyatli mo’ljallari bilan doimo taqqoslab borishi shu qadar aniq ravshan bo’lsa, u xolda kishi o’zida bor bo’lgan fazilatlarni, uning uchun biror bir qiymatga va ahamiyatga ega bo’lgan narsalar bilan taqqoslab ko’rish muximdir. Psixologiyada kishining o’ziga o’zi beradigan baxoni, uning miqdoriy va sifat ta’rifini aniqlashning bir qator eksperimental metodari mavjud. (O’z-o’zini tekshirish testlari, o’z-o’zini kuzatish, kundalik yuritish va xokazo). O’ziga o’zi tomonidan bexad yuqori va bexad past baxo berilishi mumkin. Xar ikki xolda ham kishining jamoadagi o’rniga u yoki bu darajada ta’sir etishi mumkin. O’ziga o’zi tomonidan yuksak baxo berilishi kishini xech qanday asos bo’lmaganda ham o’zining baxosini oshirib yuboradigan, kibr-xavo qilib qo’yadi, natijada tevarak-atrofidagilar tomonidan uning da’volari rad etilib, qarshilik ko’rsatilishiga duch keladi, jaxli chiqadi, xadiksiraydigan, xar narsadan gumonsiraydigan, yoxud ataylab takabburlik qiladigan, tajovuzkor bo’lib qoladi va oqibat natijada tegishli darajadagi shaxslararo aloqalarni yo’qotib, o’zi bilan o’zi ovora bo’lib qolishi mumkin. O’ziga xaddan ziyod past baxo berish norasolik deb atalmish xislatlar kompleksining, o’ziga qat’iyan ishonchsizlikning, o’zini o’zi koyishning va qo’rquvning kuchayishidan darak berishi mumkin. Gurux va jamoalarda odamlarning bir-birlariga ta’siri turli vositalarda amalga oshiriladi. Eng muximi – muloqotdir. Nutq va imo-ishora orqali bir-birlarini ma’qullashlari yoki qarshilik ko’rsatishlari, kuchlarni birlashtirish yoki e’tiroz bildirish mumkin. Shaxsning ilk bor qo’yilgan baxoga qaytish faktini aniqlash bilan biz shaxsning yangi guruxga kirish darajasini, shu bilan birga uning guruxdagi qayfiyati, xususiyatini ham aniqlay olamiz. Masalan, shaxsning o’ziga-o’zi beradigan baxoning bir muncha oshirilib yuborilishi kutilgan baxo kuo’rsatkichlarining kamayishi bilan bog’langan bo’ladi. O’ziga o’zi bergan baxoning va tevarak-atrofdagilarning unga nisbatan amalda mavjud munosabatlarining bir-biriga mos kelmasligiga ishonch xosil qilgan individ ularning baxolari yuksak bo’lishiga ortiq umid qilmaydi. Bundan tashqari, shaxs tevarak-atrofdagilarga beradigan baxoning oshirib yuborilishi boshqalar tomonidan berladigan real baxoning, ya’ni shaxsga gurux tomonidan beriladigan baxoning oshib ketishiga olib borishi aniqlanadi. Shaxs tomonidan guruxga beriladigan baxoning yuqori bo’lishi individning xaqiqatdan ham tez qovushib keta olishiga, guruxning tashvishlari bilan yashashiga, uning qadriyatlarini asray olishiga asos bo’ladi. O’z navbatida jamoa ham buni shaxsga nisbatan ortig’i bilan yuksak baxo tarzida qaytaradi. Uchta ko’rsatkich: o’ziga o’zi baxo berish, kutilgan baxo, guruxning shaxs tomonidan baxolanishi – shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xoxlaydimi yo’qmi, bundan qat’iy nazar, u o’zining guruxdagi qayfiyatini, o’zi erishgan natijalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini, o’ziga va tevarak-atrofdagilarga nisbatan nuqtai–nazarlarini belgilaydigan sub’ektiv vositalarni xisobga olishga ob’ektiv ravishda majburdir. O’ziga–o’zi baxo berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas bog’liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o’ziga o’zi beradigan baxoning individ o’z oldiga quyadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo’ladigan kutilgan darajasi qiyinchiliklari darajasi («Men» siymolarining darajasi)dir.
Kishi navbatdagi xarakatning qiyinchilik darajasini bemalol tanlash imkonyatiga ega bo’lgan paytda o’ziga o’zi beradigan baxoni oshirib yuborishga intilish ikkita tendensiya o’rtasida mojaro kelib chiqishiga sabab bo’ladi: bir tomondan eng ko’p yutuqqa erishish uchun intilishni kuchaytirib yuborishga xarakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga xarakat qilinadi. Intilishlar darajasining shakllanishi faqat yutuqqa erishilishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrash muiknligini oldindan sezish bilan emas, eng avvalo aql-idrok bilan, ba’zan esa o’tmishdagi yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oz bo’lsa-da anglanilgan tarzda xisobga olish va baxolash bilan belgilanadi. Chet ellarda o’tkazilgan tajribalardan biri sinaluvchilar orasida xavf–xatar bo’lgan taqdirda muvaffaqiyat qozonish emas, balki muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun ko’proq intiladigan shaxslarning borligini ko’rsatdi. Agar ularga keyinchalik darajasi xar xil bo’lgan vazifalardan birini tanlash so’ralsa, ular yo eng yengil vazifani yoki eng qiyin vazifani tanlaydilar. Shaxsning intilishlari darajasini faqat ularning ta’sirchanligi jixatidan emas, balki ularning mazmuni yuzasidan, jamoaning maqsadlari va vazifalari bilan aloqadorligi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar kishi xulq–atvori motivlarini yaxshiroq anglab yetish va shaxsda eng yaxshi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ta’sir o’tkazish imkoniyatini beradi. Bir xil xollarda pedagog uchun shaxsning intilishlari darajasini oshirish vazifasi juda muxim bo’lib chiqadi; agar o’quvchi o’ziga va o’z imkoniyatlariga unchalik yuqori baxo bermaydigan bo’lsa, bu muayyan darajada ziyon ko’rilishiga, muvaffaqiyatga erishishga ishonchning tamomila yo’qolishiga olib boradi. Ketma-ket muaffaqiyatsizliklar xafsalasi pir bo’lishiga ham olib kelishi mumkin. Intilish darajasini oshirish yo’llari turlicha bo’lib, o’quvchining individualligiga, frustratsiya xususiyatiga, pedagogning real imkoniyatlariga va xokazolarga bog’liqdir. Bu o’rinda o’qituvchi va sinf jamoasi tomonidan ko’rsatiladigan bevosita yordam ham, shaxs istiqbolini yaratishning turli xil usullari ham ish beradi. Shaxsning o’zini anglashi, o’ziga o’zi baxo berish mexanizmini ko’llagan xolda xususiy intilishlari va real yutuqlari o’rtasidagi o’zaro nisbatlarni aniq qayd etadi. Amerikalik psixolog U.Djems o’zining psixologik nazariyasida insonga nisbatan amerikacha utilitar munosabatga (utilitar-manfaatparastlik, xar bir narsadan foyda olishga intilish) xos pragmatik qarashlarga xos, XX asr boshlaridayoq shaxs va uning «Men» siymosining eng muxim tarkibiy qismi o’zini xurmat qilishi xaqiqatdan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo’ljallangan narsalarga muonsabati bilan belgilanishi haqida umuman to’g’ri fikr bildirgan edi. U shaxsning «Men» siymosini ifodalaydigan formula yaratdi: formuladagi kasr surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa uning intilishlarini ifoda etadi: muvaffaqiyati o’zini xurmat qilishi q --------------------- intilishlari Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o’zini xurmat qilishini saqlab qolishi uchun bir xil xollarda eng ko’p kuch va g’ayrat sarflashi va o’zini xurmat qilishni saqlab qolishi shart bo’lib, bu ko’pincha murakkab vazifa xisoblansa, boshqa bir yo’li intilishlarning darajasini pasaytirishdan iboratki, bunda xatto juda ham kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o’zini xurmat qilish xissi yo’qolmaydi. Download 40.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling