11-mavzu: yoshlik davri mashg`ulot shakli


MV: Ta’limiy hamkorlik shakllarini sharxlang


Download 40.63 Kb.
bet3/4
Sana30.01.2023
Hajmi40.63 Kb.
#1140404
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu YOSHLIK DAVRI

MV: Ta’limiy hamkorlik shakllarini sharxlang.

Oliy maktab psixologiyasida talaba shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tekshirish, o’qituvchi va talaba hamkorlikdagi va alohida faoliyatlarini tekshirish, talaba shaxsi psixologik xususiyatlarining ko’pgina tomonlarini tekshirish, diagnostika qilish bo’yicha bir muncha tajriba ham to’plangan. Bularni kasb ta’limi psixologiyasi bo’yicha tashkil etiladigan amaliy seminar mashg’ulotlarida sinab ko’rish mumkin. Buning uchun E.Gozievning «Psixologiya» kitobidagi 188-195 betlarda berilgan test sinovi usullaridan, E. I. Rogovning «Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa» kitobi birinchi tomining 274-286 betlardagi, 310-327 betlardagi test sinovlari so’rovnomalaridan foydalanish mumkin.
Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Psixologiyada individning amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida xosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o’tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan fazilatlar majmuasi ham shaxs tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning o’zi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanini tan oladigan bo’lsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiqlagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir biriga o’xshash ekanligini inkor etgan bo’lamiz. «Shaxs » va «Individ » tushunchalarining o’xshashligini yetakchi psixologlar B.G. Ananev, A.N. Leontьev, B.F. Lomov, S.L. Rubinshteyn va boshqalar inkor etishadi.
«Individ» va «Shaxs» tushunchalarining o’xshashligi emas, balki birligi haqidagi fikr quyidagi o’rtaga qo’yilishi mumkin bo’lgan savolga javob berishini taqozo qiladi. Shaxs deb xisoblanmaydigan individning mavjud bo’lishi yoki aksincha individning konkret soxibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo’lishi faktni ko’rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi ham, bunisi ham bo’lishi mumkin.
«Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir-biriga mos kelmasligi va ayni o’xshash ham emasligi faktidan shu narsa ayon bo’ladiki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va moxiyati orqali namoyon bo’ladigan shaxslararo barqaror bog’lanishlar tizimidagina anglanilishi mumkin. Tashqaridan shunchaki qaraganda bu sub’ekt – sub’ekt munosabatda ko’rinadi, chuqurroq yondoshadigan bo’lsak, bevosita sub’ekt aloqasi shunchaki o’zida mavjud bo’lishidan ko’ra ko’proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki xayoliy) ob’ektlar vositasida namoyon bo’lishi aniqlanadi. Bu individning munosabati faoliyat ob’ekti (sub’ekt – ob’ekt – sub’ekt) orqali namoyon bo’ladi demakdir.


Download 40.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling