Qurilmasida tekshirish


Download 448.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi448.62 Kb.
#1427681
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-LAB




1 - L A B O R A T O R I YA I SH I  
MAVZU: AVTOMOBIL STARTYORLARINI TEXNIK HOLATINI 532-M 
QURILMASIDA TEKSHIRISH 
1.Ish o’tkazishdan maqsad 
1. Avtomobil startyorlarini tuzilishi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini 
o’rganish. 
2. 
Startyorlarning texnik holatini tekshirish usulini o’rganish va sinov natijalarini 
tahlil qilish. 
2.Ish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan jihozlar va o’lchov asboblari 
1. Avtomobil elektr jihozlarini tekshirish uchun mo’ljallangan EMA-2 
belgili qurilma. 
2. Startyorlarni to’la tormozlanish rejimida tekshirish uchun zarur bo’la-digan
maxsus tormozlash moslamasi (dinamometr pishangi bilan). 
3. Tekshiruv-o’lchov asboblari: ko’chma taxometr, dinamometr. 
4. Har xil turdagi avtomobil startyorlari va ularning alohida kismlari. 
5. Avtomobil startyorlarining tuzilishi va ishlashiga oid plakatlar. 
3.Ishni bajarish tartibi. 
Laboratoriya ishini bajarishga tayyorlanish borasida talaba: 
- avtomobil startyorlarining tuzilishi, texnik tavsifnomasi va ishlash printsipini 
puxta o’rganib chiqishi, ularning konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini tahlil qilishi 
va o’zlashtirishi zarur; 
- startyorlarning elektromexanik tavsifnomasining mohiyati va undan ke-lib 
chiqadigan xulosalar haqida aniq tasavvurga ega bo’lish kerak: 
- startyorlar texnik holatini aniqlash usulini o’rganishi (ushbu uslubiy ko’rsatma 
hajmida) va 3.2 ilovada berilgan tekshiruv savollarga javob bera olishi kerak. 
4.Ishning nazariy qismi. 
4.1.Startyorni salt ishlash rejimida tekshirish 
Startyorlardagi mexanik nosozliklarni aniqlash uchun ular salt holda ishlaganda 
tekshiriladi. Sinov davomida startyor yakorining aylanishlar chastotasi va startyor 
iste’mol qilayotgan tok miqdori o’lchanadi. Sinov natijasida olingan tajribaviy 
ma’lumotlar tekshirilayotgan startyorning texnik tavsif-nomasidagi (3.1 jadval) 
ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi. 
Chunonchi: 
- agar sinov natijalari bilan startyorlarning texnik tavsifnomasidagi ma’lumotlar 
bir-biriga mos kelsa, demak tekshirilayotgan startyorda mexanik nosozliklar yo’q; 
- agar startyor iste’mol qilayotgan tok, texnik tavsifnomada ko’rsatilgan-dan 
katta, yakorni aylanishlar chastotasi esa kichik bo’lsa, bu tekshiralayotgan startyorda 
mexanik nosozliklar mavjudligining belgisidir. Startyorlarning ta’mirlangandan keyin 
noto’g’ri yig’ilishi, yakorning qutblarga tegib qolishi - shu nosozliklar jumlasidandir ; 
- agar startyor iste’mol qilayotgan tok ham, yakorning aylanishlar chastotasi ham 
texnik tavsifnomada ko’rsatilgandan kam bo’lsa, bu o’tkazgichlar ulangan joylarda 
kontaktning yaxshimasligi va cho’tkatutqichdagi prujinalar-ning bosim kuchi 
kamayganli-gining belgisidir. 
- startyorni ishga tushirish tugmachasi bosiladi va startyor yakorining ayla-nishlar 
chastotasi avj olgandan so’ng(tahminan 30 sekunddan keyin) startyor yakorining 
aylanishlar chastotasi ko’chma taxometr bilan o’lchanadi; 
- ampermetr yordamida startyor iste’mol qilayotgan tok miqdori o’lchanadi va 
yozib olinadi; 



- sinov natijalari hisobotdagi jadvalga yozib qo’yiladi: 
- sinov davomida o’lchangan ko’rsatkichlar (startyor iste’mol qilgan tok va 
yakorning aylanishlar chastotasi) tekshirilgan startyorning texnik tavsifnoma-sida 
keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa 
chiqariladi va hisobotga yozib qo’yiladi. 
3.1-rasm. Avtomobil startyorlarni tekshirish 
uchun mo’njallangan EMA-2 belgili qurilma

Qurilma
(3.1-rasm) maxsus moslamalari: 1- 
voltmetr; 
2-starterni 
ishga 
tushirish 
tugmasi; 3-starter;
4-pishang; 5-dinamometr; 6-istemol toki 
ampermetri; 
7-akkumulyator 
ulanish 
klemmalari. 
EMA-2 
belgili 
qurilma 
yordamida 
startyorni salt holda ishlagandagi tekshirish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi : 

maxsus tormrzlash moslamasi ajratilgan. 

ulanish klemmalari 7 yordamida qurilma 
akkumulyator batareyasiga ulangan. 

Download 448.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling