11-mavzu: yoshlik davri mashg`ulot shakli


Download 40.63 Kb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi40.63 Kb.
#1140404
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu YOSHLIK DAVRI


11-mavzu: YOSHLIK DAVRI
Mashg`ulot shakli: talabalarga obzorli-ma’ruza tushunib olish, esda qolishi kerak bo`lgan bilimlar zahirasini, ilmiy ma’lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan.
Ma’ruza mashg`uloti rejasi

  1. Yoshlik ijtimoiy-tarixiy kategoriya sifatida.

  2. Yoshlik davrida shaxs rivojlanishi.

  3. Yoshlik davri inqirozi.

  4. Yoshlik davrida ijtimoiy faollik.

Tayanch so`z va iboralar:
Yoshlik davri psixologiyasi, yoshlik davrida shaxs rivojlanishi, hayot mazmunini mo’ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo’lishi, yoshlik davrida ijtimoiy faollik, ”men” konsepsiyasi, o’z-o’zini baholash, o`z menini anglash, ma’ruza, seminar, talabaning o’quv faoliyatidagi qiyinchiliklar va uni bartaraf etish.
Darsning maqsadi:
Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo’lib bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir.
Psixofiziolog P.P Lazarev fikricha, eshitish, ko’rish, perifyrik va kinistetik sezgilarning o’zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. B.G.Ananev o’zining ilmiy tatqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o’zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan ummumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy sodda jarayonlargacha, hatto shaxsning xususiyatigacha bo’lgan holatlarni o’z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy malumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko’rsatib o’tadi.
Yoshlik davrida yigit va qizlar kamolotiga uchta muhum psixologik mexanizm, yani mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta’sir ko’rsatadi. Masalan mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, manaviyat olami, barqarormaslik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan ananalar va odatlar yangi azolarning harakterida ijobiy yoki salbiy o’zgarishni vujudga keltirishi mumkun.
Ayrim hollarda ko’pchilikning tazyiqiga uchragan shahsda qatiylik, adolatlilik singari xislatlar shaxsiy nuqtaiy nazar bo’shashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg’isi paydo bo’ladi.
Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim–tarbiya ishlari samaradorligini keskin oshirishdan iborat.
Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim tarbiya jarayonlari samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan o’qituvchilar o’rtasida uzluksiz ta’sir o’tkazish xukm surishi lozim. Bu ta’sir o’tkazish umumta’lim maktabi o’qituvchisi va o’quvchisi o’rtasidagi, yoki litsey va kollej o’qituvchisi va o’quvchilari o’rtasidagi munosabatlardan farq qiladi, bu bir tomondan ular o’rtasidagi yosh xususiyatlariga, ijtimoiy – xuquqiy mavqelariga bog’liq bo’lsa, auditoriyada «ustoz-muallim» va «shogird-tinglovchi», tarzida, auditoriyadan tashqarida do’stona, aka-uka, xatto «ota-bola» munosabatlariga yaqin do’stona, dilkash bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Lekin, shu vaqtgacha oliy maktab psixologiyasi, undagi talaba va professor–o’qituvchilar o’rtasidagi psixologik muxit chuqur taxlil qilib chiqilmagan.
Oliy o’quv yurtidagi ta’limning o’ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruxlar bilan muloqotga kirishish uchun muxim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri – ijtimoiy yetuklikning jadal surat bilan ro’yobga chiqishidir.
Talabalik davri o’spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo’lib, 17-21 (25) yoshni o’z ichiga oladi va o’zining xususiyatlariga ega. Mazkur pallada o’spirin o’ziga ruxiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, kattalarning turli rollarini bajarishga urinib ko’radi, turmush tarzining yangi jixatlariga ko’nika boshlaydi.
Hozirgi fan-texnikaning rivoji bir tomondan axborotlar, ma’lumotlar olishni ko’paytirsa, osonlashtirsa, ikkinchi tomondan yoshlarda biror mutaxassislikka intilish, mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror intilish – qiziqishning pasayishiga, xatto yo’qolishiga olib kelmoqda, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo’r berish urnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallamoqda. Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli» ga aylanib ham kelmoqdalar. Turmushda kompyuter, displey, EXM, kalkulyatorlar inson aqliy mexnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zo’r berishdan xalos qiladi. Lekin bu qulayliklardan foydalana bilish, yangiroqlarini yarata bilish kerak-ku! Bu yordamchi vositalarning to’g’ri, aniq ishlayotganiga kim kafolat beradi, ularni kim qanday tekshirish kerak. Albatta, buni bugungi o’quvchi, talaba qilishi kerak-ku!
Talabaning maktab o’quvchisidan muxim farqi shundaki, u faqat tinglovchi-o’quvchigina emas, mustaqil ilm, xunar oluvchidir (student–lotincha «mustaqil shug’ullanuvchi degan ma’noni anglatadi).
Talabalarga mustaqil bilim olish, o’z faoliyatini o’zi tashkil qilish, o’z–o’zini boshqarish, yangi g’oyalarni ishlab chiqish va xokazolarni o’rgatishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili – monologik ma’ruzadan dialogik ma’ruzaga–muloqotga o’tishdir.
Psixologlarning tadqiqotlari shaxs xayot tajribasini egallashda unda o’zligini anglash vujudga keladi, jumladan, shaxsiy xayotining mazmunini anglashi, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak xayot yo’lini belgilashi va xokazolar amalga oshishini ko’rsatadi. Talaba asta-sekin mikroguruxning notanish sharoitlariga ko’nikib boradi, o’zining xak-xuquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi.


Download 40.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling