11. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish


Materiallar kirimi va sarflanishini hisobga olish hamda xujjatlashtirish


Download 52.81 Kb.
bet5/5
Sana23.02.2023
Hajmi52.81 Kb.
#1224886
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-20

19. Materiallar kirimi va sarflanishini hisobga olish hamda xujjatlashtirish. Korxonaga tegishli bo‘lgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruktsiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xo‘jalik jihozlari va qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 1010-“Xom-ashyo va materiallar” 1020-“Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar” 1030-“Yoqilg‘i” 1040-“Ehtiyot qismlar” 1050-“Qurilish materiallari 1060-“Idish va idishbop materiallari” 1070-“Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” 1080-“Inventar va xo‘jalik anjomlari” 1090-“Boshqa materiallar”. Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zaxiralarining ko‘payishi, kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Materiallarni korxona balansiga kiritish yo’llari: - oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha materiallarni sotib olish; - ustav kapitaliga ta’sischi ulushi sifatida kelib tushishi; - tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo’yicha); - uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o’tkazish; -ayirboshlash yoki almashuv tartibida kelib tushushi; - inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha (hisobga olinmagan) materialllarni kirim qilish.
20. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari. Inventar va xo‘jalik jihozlarining hisobi moddiy javobgar shaxslar tomonidan buyumlarning nomi va miqdori bo‘yicha M-17-son shakldagi materiallarning ombor hisobi daftarida yuritiladi. Bu buyumlarning ombordan berilishi 434-son shakldagi yuk-xati (talabnoma) bo‘yicha amalga oshiriladi. 063 “Inventar va xo‘jalik jihozlari” subschyotida tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xo‘jalik materiallari va kanselyariya buyumlari (elektr lampalari, sovun, cho‘tka va h.k.), shuningdek, boshqa inventar va xo‘jalik jihozlari hisobga olinadi. 4-sonli BHMSning 6-bandiga binoan tashkilot aktivlari inventar va xo‘jalik buyumlariga kiritilishi uchun ular quyidagi ikkita talabdan biriga javob berishi kerak: ishlatish muddati 1 yil; buyumning birlik yoki komplekt narxi sotib olish paytida eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmasligi kerak. Inventar va xo‘jalik buyumlari bilan bog‘liq barcha operatsiyalar va ularning hisobi 1080-schyotda yuritiladi. Milliy standart qoidalariga ko‘ra inventar foydalanishga o‘tkazilishi bilanoq uning butun qiymati ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga chiqariladi. Keyinchalik foydalanishga topshirilgan inventar va xo‘jalik buyumlarini hisobga olish tartibi bo‘lishi uchun ular balansdan tashqari schyotga o‘tkaziladi. 014 "Ishlatilayotgan inventar va xo‘jalik buyumlari" ana shunday schyot hisoblanadi.
Download 52.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling