11. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash
Download 52.81 Kb.
|
11-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. Jismoniy shaxslarning ish haqidan ushlanmalari hisobi.
12. Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblashishlarni olib borish buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan: 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”; 6720-“Deponentlangan ish haqi”. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining kredit tomonida mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalarning hisoblab yozilishi aks ettiriladi. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi. 6720-“Deponentlangan ish haqi” hisobvarag‘ida olinmagan ish haqi bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan qarzlar aks ettiriladi. Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksining 172-moddasi). Ya’ni bu holatda daromadlarga mehnat shartnomasiga ko‘ra majburiyatlarni bajarganlik uchun haq sifatida olingan daromadlar (ish haqi, mukofotlar va boshqa to‘lovlar), shuningdek fuqarolik-huquqiy majburiyatlar - pudrat, o‘zaro xizmat ko‘rsatish, topshiriq shartnomalari bo‘yicha to‘lov sifatida olingan haq va boshqalar kiradi. Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi (Mehnat kodeksining 153-moddasi). Bunda mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
13. Jismoniy shaxslarning ish haqidan ushlanmalari hisobi. O‘zR Soliq Kodeksining 30-bobida “Jismoniy shaxslarning jami daromadi” tarkibi bayon qilingan. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; 2) mulkiy daromadlar; 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 4) boshqa daromadlar. Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi. Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; 1) yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot; 2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda Kodeks 178-moddasining 16-bandida nazarda tutilmagan moddiy yordam; 5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov. 7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar. Download 52.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling