11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savolga javob
1-savol javobi:
Masala shartida foiz konsentratsiya ma’lum bo‘lib, normal konsentratsiyani (C N ) aniqlash kerak bo‘lsa, foiz konsentratsiyani (C%) eritma zichligiga (ρ) va 10 ga ko‘paytiramiz. Hosil bo‘lgan natijani erigan moddaning ekvivalent massasiga (E) bo‘lamiz. Agar masala shartida normal konsentratsiya ma’lum bo‘lib, foiz konsentratsiyani (C%) aniqlash kerak bo‘lsa, normal konsentratsiyani (C N ) erigan moddaning ekvivalent massasiga (E) ko‘paytirib, hosil bo‘lgan sonni eritma zichligini (ρ) 10 ga bo‘lgan ko‘paytmasiga bo‘lamiz. Bu formulalar orqali foiz konsentratsiya berilganda molyar konsentratsiyani, molyar konsentratsiya berilganda foiz konsentratsiyani aniqlashimiz mumkin. 2-savolga javob: Mis va mis (II)- oksididan iborat 48 gr aralashma konsentrlangan H 2 SO 4 bilan ta’sirlashganda 6.72 l SO 2 hosil boʻldi. Dastlabki aralashmadagi CuO ning massa ulushini aniqlang. CuO + H 2 SO 4 = CuSO 4 +H 2 O 48g x=19,2 6,72 Cu + 2H 2 SO 4 = CuSO 4 + H 2 O + SO 2 64 22,4 48-19,2 = 28,8 g CuO Uning massa ulushi % = 28,8∗100 48 =60 % 3-savol javob: Tuzlar ko‘p holatlarda asoslar bilan kislotalarning orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farq qiladi. Tuzlar bilan suv orasida almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Yunonchada “gidro” – suv, “lizis” – ajralish degan ma’noni bildiradi. Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi. Tuzlarning tarkibidagi ionlarga ko‘ra quyidagi gidroliz reaksiyalari farqlanadi: 1. Kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari:Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizi NH 4 Cl + HOH = NH 4 OH + HCl NH 4 + + Cl - + HOH =NH 4 OH + H + + Cl - NH 4 + + HOH = NH 4 OH + H + Yuqoridagi reaksiyalardan ko‘rinib to‘ribdiki, gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (NH 4 OH, Mg(OH) 2 ) kationlarning (NH 4 + va Mg 2+ ) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar kation bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti kislotali bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglamalarda vodorod ionlari (H + ) hosil bo‘lmoqda. Bu esa eritmada vodorod ionlari (H + ) gidroksid ionlaridan (OH – ) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada kislotali muhit hosil bo‘ladi. 2. Anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari: Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlar. CH 3 COONa + HOH = CH 3 COOH + NaOH CH 3 COO - + Na + + HOH = CH 3 COOH + Na + + OH - CH 3 COO - + HOH = CH 3 COOH + OH - Bu gidroliz reaksiyasida atsetat anionining suv bilan ta’sirlashishi natijasida kuchsiz elektrolit – sirka kislotasi hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalar deyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. Chunki qisqa ionli tenglamalarda gidroksid ionlari (OH – ) hosil bo‘lmoqda. Bu eritmada gidroksid ionlari (OH – ) vodorod ionlaridan (H + ) ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Natijada ishqoriy muhit hosil bo‘ladi. 3. Ham kation, ham anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalari: Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlarning gidrolizi. CH 3 COONH 4 + HOH=CH 3 COOH + NH 4 OH CH 3 COO - + NH 4 + + HOH = CH 3 COOH + NH 4 OH Bu gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolitlar (CH 3 COOH, NH 4 OH) ham kation (NH 4 + ), ham anion (CH 3 COO – ) suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ldi. Shuning uchun bunday reaksiyalar ham kation, ham anion bo‘yicha sodir bo‘ladigan gidroliz reaksiyalardeyiladi. Bu reaksiyalarda eritma muhiti neytral bo‘ladi. Chunki bu eritmada gidroksid ionlari (OH–) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng. Natijada neytral muhit hosil bo‘ladi. 4. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘ladigan tuzlari gidrolizga uchramaydi. Gidroliz reaksiyalarini ta’rifida gidroliz reaksiyasi natijasida kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishi aytilgan edi. Bu reaksiyalarda esa kuchsiz elektrolit hosil bo‘lmaydi. Bu reaksiyalarda ham eritma muhiti neytral bo‘ladi. Chunki toza suvda gidroksid ionlari (OH–) va vodorod ionlari (H+) bir-biriga teng. Cho‘kmalar ham gidrolizga uchramaydi. Misol qilib, CaCO 3 ni olishimiz mumkin. CaCO 3 suv bilan deyarli ta’sirlashmaydi. Suv bilan ta’sirlashmagani sababli gidroliz reaksiyasiga kirishmaydi. Tuzlar gidrolizi haroratga, eritma konsentratsiyasi va eritma muhitiga bog‘liq. Gidroliz jarayoni harorat ko‘tarilganda tezlashadi, va aksincha harorat pasaytirilganda sekinlashadi. Masalan: issiq havoda oziq moddalarining sifatini tezda buzilib qolishi bizlarga ma’lum. Bunga sabab organik mod dalarning gidroliz reaksiyasi natijasida parchalanishidir. Shu sababdan gidroliz jarayonini sekinlashtirish uchun ozuqa moddalarini past haroratda (muzlatkichda) saqlanadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling