11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/44
Sana21.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1645363
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari 1

1-savol javobi: 
Eritmada yoki suyuqlanmada elektr toki ta’sirida boradigan oksidlanishqaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi. 
Elektroliz so‘zi elektr toki ta’sirida parchalanish ma’nosini anglatadi. Elektroliz jarayonida elektr energiyasi 
hisobiga kimyoviy reaksiya amalga oshadi. Elektroliz jarayoni nafaqat eritmada, balki, suyuqlanmada ham amalga
oshishi mumkin. Ya’ni qattiq moddalarni yuqori harorat ta’sirida suyuq agregat holatga o‘tkazib elektroliz jarayonini 
amalga oshirish mumkin. Bunday elektroliz suyuqlanma elektrolizi deyiladi. Suyuqlanma elektrolizida odatda
oksid, ishqor va tuzlarning suyuqlanmalari orqali elektr toki o‘tkaziladi. Eritma elektrolizini o‘tkazish uchun 
dastlab eritma tayyorlab olinadi so‘ng elektroliz jarayoni amalga oshiriladi. 
Eritma elektrolizida ishqor, kislota va tuzlarning suvdagi eritmasi orqali elektr toki o‘tkaziladi. Kimyoda suvli 
eritmalarni ya’ni erituvchi sifatida suv olingan eritmalarni elektrolizi katta ahamiyatga ega. 
Suvli eritmalar elektrolizi. Biz suvli eritmalar elektrolizida elektrodlarda sodir bo‘ladigan jarayonlar haqida so‘z 
yuritamiz.Suvli eritmalar elektrolizida elektrolitning ionlaridan tashqari reaksiyalarda vodorod ionlari yoki 
gidroksidlar ham ishtirok etishi mumkin. Bu ionlar suvning dissotsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Hosil 
bo‘layotgan ionlar tegishli elektrodlarga tomon harakatlanadi. Katodga elektrolitning kationlari bilan vodorod- (H 
+), anodga elektrolitning anionlari bilan gidroksid ionlari (OH–) tortilaveradi.
Eritma elektrolizida katodda har doim 
ham metall atomi ajralmaydi. Metall atomi o‘rniga H2 gaz holatda ajralishi ham mumkin. Katodda metall yoki 
vodorod ajralishini aniqlash uchun rus olimi N.N. Beketovto monidan taklif etilgan metallarning aktivlik qatoridan 
foydalanamiz.Li, K, Ba, Sr, Ca, Na, Mg, Al, Zn, Cr, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au 
Bu qatorda vodorodni ham ko‘rishimiz mumkin. Bu qatorda metallarning aktivligi vodorodga nisbatan olingan. 
Vodoroddan o‘ng tomonda joylashgan metallar passiv metallar hisoblanadi. Vodoroddan chap tomonda joylashgan


metallar vodoroddan aktiv hisoblanib, reaksiyada vodorodni o‘rnini egallashi mumkin. Vodoroddan chap tomonda 
turgan metallar ham o‘z navbatida 2 guruhga bo‘linadi: aktiv va o‘rtacha aktiv metallar. Li, K, Ba, Sr, Ca, Na, Mg, 
Al, Zn, Cr, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au 
Shunday qilib, bu qatordagi metallarni aktivligiga ko‘ra 3 guruhga bo‘lishimiz mumkin: 
1. Aktiv metallar (Li dan Al gacha); 
2. O‘rtacha aktiv metallar (Al dan H2gacha); 
3. Passiv metallar (H2dan o‘ngda joylashgan metallar). 
2-savol javobi: 200 ml (£=1.35 g/mol) 25 % li AgNO

eritmasining tarkibidagi erigan moddaning massasini 
aniqlang. 
m=200 * 1,35 = 270 g eritma 
270___________100% 
67.5=x________25% demak, 67,5 g erigan modda bo`ladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling