11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Jami koeffitsiyentlar yig`indisi = 36 3-savolga javob: Cu→CuO→CuSO


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/44
Sana21.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1645363
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari 1

  
Jami koeffitsiyentlar yig`indisi = 36
3-savolga javob: Cu→CuO→CuSO
4
→Cu (OH)
2
oʻzgarishlarni tajribada bajaring va izohlang
2Cu+O
2
=2CuO 
CuO + H
2
SO
4
= CuSO
4
+ H
2

CuSO
4
+KOH = Cu(OH)
2
+ K
2
SO
4

 
28-BILET 
1. Reaksiya tezligiga bosim, hajm, t° ning ta’siri, katalizator haqida tushuncha 
2. 40.05 gr AlCl
3
eritmasiga 49.5 gr K
2
S boʻlgan eritma qoʻshildi. Hosil boʻlgan choʻkmaning massasini 
aniqlang. 
3. Zn→ZnSO
4
→BaSO
4
oʻzgarishlarni tajribada bajaring va ularni izohlang. 
1. Reaksiya tezligiga bosim, hajm, t° ning ta’siri, katalizator haqida tushuncha 
Bosim o‘zgarishi faqatgina yopiq sistemada boruvchi reaksiyalarga ta’sir o‘tkazadi. Hajmni o‘zgarishi bosimning 
o‘zgarishiga olib keladi. Ya’ni hajm kamayganda bosim ortadi. Hajm necha marta kamaysa, bosim shuncha marta
ortadi va shu sistema ichidagi barcha gaz moddalarni molyar konsentratsiyalari ham shuncha martaga ortadi. Hajm 
oshganda esa bosim kamayadi, bu gaz moddalar konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi. Bosim va hajm gaz 
modda konsentratsiyasini o‘zgartirishini hisobga olsak, bu omillar ta’sirini konsentratsiya o‘zgarishi sifatida qabul 
qilib, tezlikning konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lgan formulasi yordamida reaksiya tezligi necha marta o‘zgarishini 
aniqlasa bo‘ladi. Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi Vant Goff qonuni yordamida tushuntiriladi. U 
quyidagicha ta’rifga ega: Harorat har 10° ga (Kelvin K° yoki Selsiy C°) o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki 
kamaytirilganda) reaksiya tezligi 2 – 4 marta o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Harorat ortsa reaksiya tezlashadi, 
harorat pasayganda reaksiya sekinlashadi. Haroratning har 10°C ( yoki 10°K ) o‘zgarishida tezlikni necha marta 
o‘zgarishini ko‘rsatuvchi songa reaksiyaning harorat koeffitsiyenti deyiladi. Agar temperatura 10°C ga ortganida 
tezlik 4 marta oshsa, ushbu reaksiya uchun haroratkoeffitsiyenti “4” ga teng bo‘ladi. Haroratning tezlikka bo‘lgan 
ta’sirini quyidagi formula bilan ifodalasa bo‘ladi 


Kimyoviy reaksiyaning tezligi unda katalizator ishtirok etish yoki etmasligiga ham bog’liq. Katalizatorning ishtiroki 
reaksiyani tezlashishini quyidagi tajribada ko‘rib chiqamiz: Probirkaga oz miqdorda H
2
O
2
(vodorod peroksid) solib 
qizdiramiz. Kislorod ajralib chiqayotganligini tekshirish maqsadida probirkaga cho‘g‘lantirilgan tayoqcha tushirib 
ko‘ramiz. Tayoqcha yonmaydi. Bu kislorod ajralmayotganidan emas, balki reaksiya sekin borayotganligi uchun, 
ajralayotgan kislorod miqdori kam bo‘lib cho‘g‘lanib turgan tayoqchani yondirish uchun yetarli emasligi tufayli yuz
beradi. Agar probirkaga oz miqdorda marganes (IV) oksidini kukun holigacha maydalab solsak, shu zahoti 
ajralayotgan pufakchalar soni keskin ko‘paygani seziladi, shu probirkaga cho‘g‘lantirilgan tayoqchani solsak u 
yorqin alanga bilan yona boshlaydi. Marganes (IV) oksidi kislorod ajralib chiqishi tezligini bir necha barobar 
oshiradi. Reaksiya tugab bo‘lgach probirkada qolgan marganes (IV) oksidi miqdori o‘zgarmaganligini sezish 
mumkin. Katalizator reaksiya davomida sarflanmaydi.
Reaksiya tezligini oshiruvchi, shu bilan birga reaksiya davomida sarflanmay qoladigan moddalar katalizatorlar 
deyiladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek kimyoviy reaksiyani amalga oshishi uchun, avvalo reaksiyaga kirishayotgan 
moddalar bir-birlari bilan to‘qnashishlari kerak bo‘ladi. Ammo har qanday to‘qnashuv ham reaksiya sodir bo‘lishiga 
olib kelavermaydi. Reaksiya amalga oshishi uchun moddalar faol holatda bo‘lishi kerak. Moddani tinch holatidan 
faol holatiga o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan energiya faollanish energiyasi deyiladi. Katalizatorlar moddalarni 
faollanish energiyasini kamaytirib beradi. Natijada energiya kam bo‘lsa ham moddalar faol lasha oladi va tezda 
reaksiyaga kirishadi. Natijada reaksiya tezligi oshadi. Katalizator ishtirokida boradigan reaksiyalarni katalitik 
reaksiyalar deyiladi. Suv ham ba’zi reaksiyalarda katalizator vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, quruq holdagi 
alyuminiy va yod moddalari aralashtirilsa, alyuminiy yodid juda sust tezlikda hosil bo‘ladi. Reaksion kukunga suv 
tomizilsa reaksiya shiddat bilan kecha boshlaydi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling