11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/44
Sana21.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1645363
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari 1

DONOR-AKSEPTOR BOG‘LANISH
. Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog‘lanishda ishtirok 
etmagan, xususiy taqsimlanmagan elektron juftlari bo‘ladi.
Atomlarning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan xususiy elektron juftlari bilan bo‘sh orbitalga ega bo‘lgan 
atomlar orasida kimyo viy bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bu bog‘lanish kovalent bog‘lanish kabi umumiy elektron 
juftlari hisobiga hosil bo‘ladi. Ammo bunday birik malardagi umumiy elektron juftlar faqat bitta atomga taalluqli, 
bu atom “donor” (beruvchi), ikkinchi atom esa “akseptor” (qabul qiluvchi) hisoblanadi:
Ammiak molekulasida bir juft azot atomiga tegishli xususiy juft elektron bor, vodorod ionida esa bo‘sh orbital 
mavjud.Ammoniy ioni donor-akseptor bog‘ lanishli iondir. N atomi donor, vodorod ioni akseptor. 
Bir atomning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning 
bo‘sh orbitali o‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘lanish donor-akseptor yoki koordinatsion bog‘lanish deyiladi. 
Biror molekulaning vodorod atomi bilan boshqa molekulaning kuchli elektrmanfiy element (O, F, N) atomi 
orasida yuzaga keladigan bog‘lanish vodorod bog‘lanish deb ataladi. Ba’zi bir misollarni ko‘zdan kechiramiz. Biz, 
odatda, suv tarkibini kimyoviy formula H
2
O bilan tasvirlaymiz. Lekin bunday ifodalashimiz u qadar to‘liq emas. 
Suvning tarkibini (H
2
O)n formula bilan ko‘rsatsak, to‘g‘ri ish qilgan bo‘lar edik (bu yerda n= 2,3,4 va hokazo). 
Buning to‘g‘ri ekanligining sababi shundaki, suvda ayrim molekulalar bir-biri bilan vodorod bog‘lanishlar orqali 
bog‘langan bo‘ladi. Buni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Vodorod bog‘lanishni nuqtalar shaklida tasvirlash qabul qilingan. Bu bog‘lanish ioni va kovalent bog‘lanishlarga 
qaraganda anchagina bo‘sh, lekin oddiy molekulalararo o‘zaro ta’sirga qaraganda ancha mustahkam bog‘lanish 
hisoblanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling