Metallarning umumiy sharhi metallarning umumiy tavsifi


Download 460.97 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi460.97 Kb.
#1414303
  1   2
Bog'liq
METALLARNING UMUMIY SHARHI METALLARNING UMUMIY TAVSIFI


METALLARNING UMUMIY SHARHI METALLARNING UMUMIY TAVSIFI
Xozirgi kunda bizga ma’lum bo’lgan 118 elementdan 96 tasi metallardir. Yer yuzidagi minerallar va tirik organizmlar uchun metallar va ularning birikmalari muhim ahamiyatga ega. Metallarning atomlari va ionlari muhim birikmalar tarkibiga kiradi va insonlar, hayvonlar hamda o’simliklarning tirikligini ta’minlashda ishtirok etadi. Metallarning tabiati o’ziga xos – bu kimyoviy elementlar atomlari tashqi va tashqidan oldingi qavatdagi elektronlarini oson beradi xamda shu sababli musbat zaryadli ionlarga aylanadi. Odatda barcha metallar atom radiusi katta, tashqi elektron qavatida oz ya’ni, 1 tadan 3 tagacha elektron bo’ladi. Bundan germaniy, qalay, qo’rg’oshin (4 ta elektron), surma, vismut (5 ta elektron) va poloniy (6 ta elektron)lar mustasno. Metall atomlari uchun elektromanfiylik qiymatining past bo’lishi va qaytaruvchilik xossasiga egalik xosdir.


D.I.MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASIDA METALLAR D.I.Mendeleyev davriy sistemasida berilliydan astatga tomon diagonal chiziq o’tkazilsa uning quyi tomonida metallar joylashganligini ko’ramiz. Diagonalga yaqin joylashgan elementlar masalan, berilliy, alyuminiy, titan, germaniy va surma ikki hil xarakterga ega va metallar bilan ta’sirlashadi. 1 va 2 guruhning s-elementlari metallardan iborat bo’lib, ular asosan boshlang’ich davrlardan boshlangan. Shu bilan birga 3 guruhning p-elementlari (bordan tashqari), 4 gruhning germaniy, qalay, qo’rg’oshin elementlari, 5 guruhning surma, vismut va d va f oila elementlari metallardir.



METALL – ELEMENTLARNING ELEKTRON TUZILISHLARI
Metallar elektron tuzilishiga kora s-, p-, d- va f-metallarga bo’linadi.
s-metallar 1 va 2 guruhda joylahgan. Ularning tashqi elektron qavatida germaniy, qalay, qo’rg’oshin (4 ta elektron), surma, vismut (5 ta elektron) va poloniy (6 ta electron) tashqari barchasida 1 tadan
3 tagacha elektronlar bo’ladi. s va p-metallarning valent elektronlari haqidagi ma’lumot quyidagi jadvalda ko’rsatilgan;



Har bir guruhda s va p-metallarning tashqi electron qavatidagi elektronlari soni o’zgarmaydi, atom radiusi kattalashadi, elektomanfiyligi pasayadi, qaytaruvchilik va metallik
xossasi. 4-davr boshlanishi bilan d-elementlar oilasi boshlanadi va ularda tashqi qavatdan oldingi d-orbitall asta-sekin to’lib boradi. Ularning valent elektonlarining asosiy qismini s-elektronlar emas balki d-elektronlar tashkil etadi. Bu ularning oksidlanish darajalarining turli hil bo’lishida va kompleks birikmalar hosil qilishga moyilligida yaqqol ko’rinadi.
d-metallar va ularning valent elektronlarining electron konfiguratsiyasi tasviri:



Guruhlarda d-elementlarning tashqi qavatdagi elektonlar soni o’zgarmaydi. Atom
radiusi kattalashadi lekin, s va p-metallarnikiga nisbatan kichikroq bo’ladi. Aksariyat hollarda qaytaruvchilik xossasi kamayadi va yuqori oksidlanish darajali birikmalarining barqarorligi ortadi.
6 davr boshlanganda lantanoidlar va aktinoidlar oilasi qo’shiladi va ularning tarkibiga 14 tadan f-elementlar kiradi.

Download 460.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling