11 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2018 Quruqlik-havo muhiti


Tuproq muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproqdeyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi


Download 9.11 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi9.11 Kb.
#1832217
1   2   3
Bog'liq
Quruqlik-havo, tupr

Tuproq muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproqdeyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi.

  • Tuproq muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproqdeyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi.
  • Tuproq organizmlarning yashash muhiti sifatida katta zichlikka egaligi, yorug‘likning bo‘lmasligi, haroratning kam darajada o‘zgarishi, kislorod miqdorining kam, karbonat angidrid miqdorining ko‘p bo‘lishi kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
  • Tuproqning yuqori qatlamida o‘simliklarning ildizlari o‘rnashgan bo‘lib, ularning hayotiy jarayonlari mobaynida va nobud bo‘lgandan so‘ng tuproq qatlamini yumshatib, tuproqda yashovchi organizmlar hayoti uchun sharoit yaratadi. Tuproqda yashovchi hayvonlar tuproq massasini aralashishini ta’minlaydi.
  • O‘simlik va hayvonlarning tuproqda hayot kechirishga moslanishi. Quruq iqlim sharoitlarida o‘sadigan o‘simliklarda suv tanqisligi kuzatiladi. Kuchli darajada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi eritmaning osmotik bosimi yuqori bo‘lgani tufayli osimliklar uchun bunday tuproqdan suvni o‘zlashtirishi qiyin. Sovuq iqlim mintaqalarida tuproqning namligi yetarli bo‘lsa-da, o‘simliklar suv tanqisligiga moslashadi, chunki sovuq harorat ildiz tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi.
  • Tirik organizmlar yashash muhiti sifatida. Tirik organizmlar parazit va simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, odam tanasi boshqa organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Bir organizm ikkinchi organizmdan yashash muhiti sifatida foydalanishi tabiatda qadimdan mavjud va keng tarqalgan hodisa hisoblanadi.
  • Simbioz munosabatlarning bir necha xil shakllari mavjud, bu bilan siz keyingi mavzularda tanishasiz. Xo‘jayin organizmning ichki organlari va to‘qimalarida yashovchi organizmlar endobiontlar(yunoncha «endon» – ichki, «biontos» – yashovchi) deyiladi
  • Tirik organizmlar tanasida yashashga moslanishlar. Bir organizmning (parazit) boshqa organizm (xo‘jayin) hisobiga yashashi parazitlik deb yuritiladi. Xo‘jayin organizm bilan o‘zaro munosabatiga ko‘ra parazitlikning ikki turi farqlanadi: ektoparazitlar xo‘jayin organizm tanasining tashqi qismlarida yashaydi (bit, burga, kana, to‘shak qandalasi); endoparazitlar xo‘jayin organizmning tana bo‘shlig‘ida, ichki organ va to‘qimalarida, hujayralarida yashaydi (bezgak plazmodiysi, askarida, qilbosh chuvalchang, tasmasimon chuvalchanglar).

Download 9.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling