3. MS Excel. Agar А1=16; А2=0,5; А3=4; А4=0,2 bo`lsa, ―=ПРОИЗВЕД(А1:А4)-
ДЛСТР(А2)*5‖ formulaning A6 yacheykadagi qiymatini toping.
MS Excel dastur orqali jadval yaratib olamiz. Quyidagi kataklarga ularning qiymatlarini kiritamiz :
А1=16; А2=0,5; А3=4; А4=0,2. So`ngra A6 katakka ―=ПРОИЗВЕД(А1:А4)- ДЛСТР(А2)*5‖
formulani kiritamiz va ENTER tugmasini bosamiz. Bizda natija tayyor:
Formulaning qiymati: -8,6 ga teng
9-BILET Axborotli olam va Internet.
Internetdan hamma foydalanishni xohlaydi. Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internet dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o`rganishda va savdosotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`zaro aloqa bog`lash yoki ma‘lumotlar almashish tarmog`i bo`libgina qolmasdan, unda mavjud bo`lgan ma‘lumotlar ombori dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog`liq bo`lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o`zi haqidagi ma‘lumotlarni ham o`zida saqlay oladi. Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem qurilmasi sababli shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |