11-sinf Informatika va


Download 401.91 Kb.
bet3/42
Sana03.12.2023
Hajmi401.91 Kb.
#1806760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
11 sinf informatika bilet...

MS Excel. Agar А1=-23, А2=2; А3=6 bo'lsa, ? va ?? belgilarining o`rniga qanday funksiyalar qo`yilsa, «=?(А1;А3)-ЗНАЧЕН(??(СЦЕПИТЬ(А1;А3);2;А2;А3))» formulaning qiymati 67 ga teng bo`ladi?



3-BILET

1. Axborotlarni kodlash usullari.


Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo`lishi uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko`rinishga o`tkazishdir Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya‘ni belgi yoki belgilar ketmaketligi mos qo`yiladi. Kodlangan axborotni birlamchi ko`rinishiga o`tkazish dekodlash deb ataladi. Kodlashda belgiga mos qo`yilgan kod uzunligi turlicha bo`lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo`yilgan kod uzunligi bir xil bo`lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.
Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo`lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo`llanilgan. Kodlashning bu ko`rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko`rinishiga o`tkazish deshifrlash deb ataladi. Axborotni kodlashning quyidagi usullari mavjud:
-o`rin almashtirish usuli;
-alifbini surish usuli;
-Morze usuli
-Tartiblangan alifbo usuli
-aralashtirilgan alifbo usuli

3. PhotoShop uskunalar paneli va palitralari.


PhotoShopning uskunalar panelida 70 dan ortiq uskuna borligining o`zi ham uning imkoniyatlari qay darajada kengligidan dalolat berib turibdi. Uskunalar panelida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo`ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo`ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfiii ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan va ulami chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo`l keladi. Zarur bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko`proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan keraklisini ochish uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.

Download 401.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling