11-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami
-mavzu. 1991-2017-yillarda Janubi-Sharqiy
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
11 jahon mavzulashtirilgan test
18-mavzu. 1991-2017-yillarda Janubi-Sharqiy
Osiyo mamlakatlari. (66 ta) 1. Janubi-sharqiy osiyo mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan nechta mamlakat kiradi. A) *10 ta B) 9 ta C) 11 ta D) 8 ta 2. Janubi-sharqiy osiyo mamlakatlariga qaysi davlatlar kiradi. 1) Vyetnam 2) Laos 3) Myanma 4) Tailand 5) Malayziya 6) Shri-lanka A) 1,2,3,6 B) 2,3,4,6 C) *1,2,3,4,5 D) 3,4,5,6 3. Janubi-sharqiy osiyo mamlakatlariga qaysi davlatlar kiradi. 1) Kambodja 2) Shri-lanka 3) Bruney 4) Yangi Zelandiya 5) Sharqiy Timor 6) Indoneziya A) 1,2,3,4 B) *1,3,5,6 C) 1,2,5,6, D) 3,4,5,6 4. Qaysi davlat Janubi-sharqiy osiyo mamlakatlariga kirmaydi. A) Filippin B) Bruney B) *Shri-lanka D) Sharqiy Timor 5. Qaysi davlat Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlamagan. A) Vyetnam B) Laos C) Kambodja D) *Bruney 6. Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambodja, Laos qaysi davrda juda og’ir ahvolda edi. A) 1980-yillarda B) *1990-yillarda C) 2000-yillarda D) 1970-yillarda 7. 1990-yillarda qaysi davlat dunyoning eng kambag‘al mamlakatlari qatoriga kirardi. A) Bruney B) *Kambodja C) Indoneziya D) Malayziya 8. Vyetnam Kommunistik partiyasi islohotlar kursini e’lon qildi. A) 1990-yil B) *1991-yil C) 1992-yil D) 1993-yil 9. 1991-yili bo‘lib o‘tgan Vyetnam Kommunistik partiyasining nechanchi syezdi islohotlar kursini e’lon qildi. A) V B) VI C) * VII D) VIII 10. 1991-yil qaysi davlatda Kommunistik partiya erkin tadbirkorlikka ruxsat berdi, dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi. A) Laos B) Kambodja C) Myanma D) *Vyetnam 11. Qaysi davlatda XX asrning so‘nggi yillarida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 9% ni tashkil qildi. A) Laos B) Kambodja C) Myanma D) *Vyetnam 12. XX asr oxiri — XXI asr boshlarida Qaysi davlatda chet el firmalari ishtirokida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Iqtisodiy yutuqlar aholining yashash darajasini oshirish imkonini berdi. Bu esa ko‘pmillatli davlatda barqarorlik garovi bo‘lib qoldi. A) Laos B) Kambodja C) Myanma D) *Vyetnam 13. Hozir Vyetnam oziq-ovqat eksporti bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ichida nechanchi o’rinni egallab turibdi. A) *1 B) 2 C) 3 D) 4 14. Hozir Vyetnam qanday mahsulot eksporti bo‘yicha dunyoda mamlakatlar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. A) Bug’doy B) *sholi Test_master Jumanazarov 996776833 35 C) go’sht D) meva 15. Quyidagi qaysi davlatda Oliy Milliy kengash faoliyat olib borgan. A) Laos B) Vyetnam C) Bruney D) *Kambodja 16. Kambodjada hokimiyatni Oliy milliy kengashga berish to‘g‘risida qaysi konferensiyada qaror qilingan. A) *Parij B) London C) Berlin D) Tehron 17. Kambodjada hokimiyatni Oliy milliy kengashga berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan Parij konferensiyasi qachon yakunlangan. 1991-yil …. A) sentabr B) *oktabr C) noyabr D) dekabr 18. 1991-yildan keyin qaysi xalqaro tashkilotning Kambodjadagi Muvaqqat ma’muriyati tuzildi va u umumiy saylovlarga tayyorgarlikni amalga oshirdi. A) ASEAN B) NATO C) YI D) *BMT 19. Qachon Kambodja ASEANning teng huquqli a’zosi bo‘ldi. A) 1997-yil B) 1998-yil B) C) *1999-yil D) 2000-yil 20. Qaysi davlat XXI asr boshlarida og‘ir iqtisodiy holatda bo‘lib, xalqaro yordam hisobiga kun kechirardi. A) *Kambodja B) Bruney C) Myanma D) Vyetnam 21. Qaysi Mamlakatda «tirik tovar» savdosi keng avj olgan bo‘lib, ota-onalar bolalarini arzimagan pulga sotardi. A) *Kambodja B) Bruney C) Myanma D) Vyetnam 22. Kambodjada XXI asr boshlarida ayrim ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Qaysi sohalarga ajratilgan xarajatlar ko‘paytirildi. A) Harbiy soha B) Soliq sohasi C) *Sog’liqni saqlash va ta’lim D) ijtimoiy himoya sohasi 23. XXI asr boshlarida qaysi mamlakatda qashshoqlik darajasini pasaytirish tadbirlari amalga oshirildi. A) Bruney B) Laos C) Vyetnam D) *Kambodja 24. Qachon Laosda konstitutsiya qabul qilindi. A) 1990-yil B) *1991-yil C) 1992-yil D) 1993-yil 25. Laosda parlament qanday ataladi. A) Oliy Majlis B) Oliy milliy kengash C) Kongress D) *Milliy assambleya 26. Laos qaysi hududiy tashkilotga a’zo. A) *ASEAN B) NATO C) YI D) MDH 27. Laosda XXI asr boshiga kelib iqtisodning faqat necha foizi davlatga tegishli edi. A) 15 % B) 20 % C) *10 % D) 5 % 28. Qachon Laos birinchi marta o‘zini sholi bilan ta’minladi. A) 1997-yil B) 1998-yil C) *1999-yil D) 2000-yil 29. Kipa qaysi davlatning milliy valyutasi hisoblanadi. A) Bruney B) *Laos C) Vyetnam D) Kambodja 30. Qaysi davlatda Konstitutsiyaga binoan bir partiyali tizim hukmronlik qiladi. A) Bruney B) *Laos C) Vyetnam D) Kambodja 31. Laosda 2016-yili bo’lib o‘tgan parlament saylovlarida bir o‘ringa o‘rtacha necha nafar nomzod to‘g‘ri keldi. A) 1 B) 2 C) *1,5 D) 2,5 32. Qaysi davrda Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasida iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari kuzatildi. A) *1980-1990-yillar B) 1990-2000-yillar C) 1970-1980-yillar D) 2000-2010-yillar 33. 1980-1990-yillar Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasida kuzatilgan iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari, ularga qachon zamonaviy dunyoda jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan «yangi industrial mamlakatlar» deb ataluvchi guruh qatoridan joy olish imkonini berdi. A) 1990-yillar oxirida B) 2000-yillar boshida C) *1990-yillar boshida D) 1980-yillar oxirida 34. Qaysi davlat shiddatli iqtisodiy rivojlanish tufayli korrupsiya va mamlakat shimolida islom fundamentalistlarining faollashuvi bilan bog’liq ichki siyosiy inqirozni yengib o‘tdi. A) Laos B) Kambodja C) Vyetnam D) *Malayziya 35. Malayziyada qachon saylov bo’lgan va unda Malayya birlashgan milliy partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. A) *1995-yil aprel B) 1995-yil may C) 1995-yil mart D) 1995-yil iyun 36. Malayziyada 1995-yil aprelda bo’lgan saylovda kim g’olib bo’lgan. A) Joki Vidodo B) Suxarto B) C) Fidel Ramos D) *Mahatxir Muhammad 37. Malayziyada 1995-yil kimning hokimyatga kelishi islom fundamentalistlari hokimiyatga kelishining oldini oldi. A) Joki Vidodo B) Suxarto C) Fidel Ramos D) *Mahatxir Muhammad 38. Qachondan Malayziyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, u industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga intilmoqda. A) *1990-yillardan B) 1980-yillardan Test_master Jumanazarov 996776833 36 C) 2000-yillardan D) 2010-yillardan 39. Qaysi davlat XXI asr boshlariga kelib mamlakat nafaqat xomashyoning muhim turlarini, balki juda katta miqyosda sanoat mahsulotlarini ham eksport qilmoqda. A) Indoneziya B) Filippin C) Gongkong D) *Malayziya 40. Malayziyada mamlakatni rivojlantirishning qachongacha bo‘lgan dasturi ishlab chiqilgan. A) 2015-yilgacha B) *2020-yilgacha C) 2025-yilgacha D) 2030-yilgacha 41. Malayziyada mamlakatni rivojlantirish dasturiga ko’ra qachonga kelib Malayziya industrial rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. A) 2015-yil B) *2020-yil C) 2025-yil D) 2030-yil 42. Indoneziyaga qachon bo’lgan «Osiyo inqirozi» juda qattiq ta’sir ko‘rsatdi. A) 1980-yillardagi B) *1990-yillardagi C) 2000-yillardagi D) 2010-yillardagi 43. Indoneziyada 1990-yillardagi “Osiyo inqirozi” tufayli iqtisodiy o’sish sur’atlari pasayib ketdi. Bu qanday natijaga olib kelgan. A) oylik maosh ko’tarildi B) ijtimoiy himoya kamaytirildi C)*aholining ommaviy noroziligini keltirib chiqardi D) iqtisodiyotga davlat ralashuvi kamaytirildi 44. 1990-yillarda qaysi Indoneziya prezidenti iste’foga chiqdi. A) Joki Vidodo B) *Suxarto C) Fidel Ramos D) Mahatxir Muhammad 45. 1990-yillarda qaysi mamlakatni islom fundamentalizmi to‘lqini qamrab oldi. Musulmonlar orasida g‘alayonlar, xristianlarni qirg‘in qilish, mamlakatning turli hududlarida ayirmachilik chiqishlari boshlanib ketdi. A) *Indoneziya B) Filippin C) Gongkong D) Malayziya 46. 2001-yil Indoneziyada kim prezident bo’lgan. A) Joki Vidodo B) Suxarto C) Fidel Ramos D) *Megavati Sukarnoputri 47. Indoneziyada 2001-yili mamlakat prezidenti etib kimning saylanishi aholi tomonidan iliq qarshi olindi, rupiyaning kursi tezda oshib ketdi, fond bozori ham faollashdi. A) Joki Vidodo B) Suxarto C) Fidel Ramos D) *Megavati Sukarnoputri 48. Indoneziya milliy pul birligi qaysi. A) iyen B) kipa C) *rupiya D) dollar 49. Fidel Ramos qaysi daavlat prezidenti bo’lgan. A) Indoneziya B) *Filippin C) Gongkong D) Malayziya 50. General Fidel Ramos qachon Filippin prezidenti etib saylangan. A) 1990-yil B) 1991-yil C) *1992-yil D) 1993-yil 51. Qaysi Filippin prezidenti janubdagi musulmon ayirmachilarini tor-mor qilishga urindi, ammo bunga erisha olmadi. A) Megavati Sukarnoputri B) Joki Vidodo C) Rodrigo Roa Duterte D) *Fidel Ramos 52. Qaysi davlatda musulmonlarning bir necha radikal tashkilotlari mavjud. Ularning ixtiyorida o‘n minglab yaxshi qurollangan jangarilar bor. A) Indoneziya B) *Filippin C) Gongkong D) Malayziya 53. Filippindagi musulmon radikal tashkilot jangarilari qayerlarda tayyorgarlik ko’rgan. A) *Afg’oniston va Shimoliy Kavkazda B) Afg’oniston va Suriyada C) Shimoliy Kavkaz va Suriyada D) Suriya va Iroqda 54. Filippindagi musulmon radikal tashkilot jangarilari qaysi davlatlardagi ISHID saflari borib qo’shilgan. A) Afg’oniston va Shimoliy Kavkazda B) Afg’oniston va Suriyada C) Shimoliy Kavkaz va Suriyada D) *Suriya va Iroqda 55. Filippinda Ichki holatning ogirligiga qaramasdan qachon iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga erishildi. A) 1980-yillarda B) *1990-yillarda C) 2000-yillarda D) 2010-yillarda 56. 1990-yillari qaysi davlat elektron va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatlardan biriga aylandi. A) Indoneziya B) *Filippin C) Gongkong D) Malayziya 57. Qachon bo’lib o’tgan saylovlarda Rodrigo Roa Duterte g‘olib chiqib, Filippin prezidenti bo’ldi. A) 2016-yil mart B) 2016-yil aprel C) *2016-yil may D) 2016-yil iyun 58. “Miss-2017” dunyo go’zallari tanlovi g’libi Karen Ibasko qayerlik. A) indoneziyalik B) malayziyalik C) laoslik D) *filippinlik 59. Filippinda qachon o’lim jazosi bekor qilingan. A) *2006-yil B) 2007-yil C) 2008-yil D) 2009-yil 60. Filippinda kim mamlakatda 2006-yili bekor qilingan oiim jazosini qayta tiklash tarafdori. A) Megavati Sukarnoputri B) Joki Vidodo C) *Rodrigo Roa Duterte D) Fidel Ramos 61. Qachon filippinda narkotik savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilarga qarshi kampaniya boshlandi. A) 2016-yil may B) 2016-yil iyun C) *2016-yil iyul D) 2016-yil avgust Test_master Jumanazarov 996776833 37 62. 2016-yilda Filippinda narkotik savdosida gumon qilingan qancha odam o’ldirilgan. A) *2 mingdan ortiq B) 3 mingga yaqin C) 2 mingga yaqin D) 3 mingdan ortiq 63. Qaysi davlatda Narkotik savdosida gumon qilinganlarning sudsiz o’ldirilishi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. A) Indoneziya B) *Filippin C) Gongkong D) Malayziya 64. XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshlarida jadal modernizatsiyalashni amalga oshirgan qaysi davlatlarda taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlab, «Osiyo yo’lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atala boshlandi. 1) Janubiy Koreya 2) Tayvan 3) Singapur 4) Gongkong 5) Filippin 6) Indoneziya A) 2,3,5,6 B) 1,2,5,6 C) 2,3,4,5, D) *1,2,3,4 65. «Yangi industrial davlatlar»da qaysi sohalar rivojlangan. 1) kemasozlik 2) avtomobilsozlik 3) og’ir sanoat 4) neftni qayta ishlash 5) televizor 6) baliqchilik 7) yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarish A) *1,2,4,7 B) 2,3,4,5 C) 3,4,5,6 D) 1,2,4,6 66. Qaysi davlatlar Ilmtalab yuqori texnologiyalarni joriy qilish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan hisoblanadi. 1) Janubiy Koreya 2) Tayvan 3) Singapur 4) Gongkong 5) Filippin 6) Indoneziya A) 2,3,5,6 B) *1,2,3,4 C) 1,2,5,6 D) 2,3,4,5 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling