11-sinf ona tili 1-chorak-test topshiriqlari Tuzivchi Nosirjon Ahrorov


Download 33.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.04.2023
Hajmi33.22 Kb.
#1342783
  1   2
Bog'liq
11-sinf ona tili &adabiyot 1-chorak test



11-sinf ona tili 1-chorak-test topshiriqlari Tuzivchi Nosirjon Ahrorov 24.10.2021-yil 
1.Tildagi o`sish-o`zgarishlarning xolis va birlamchi ko`zgusi uning nimasida aks etadi? 
A.Tildagi so`zlarning o`zgarishida . B. Tilning lug`at boyligida.
C. Ta`lim va madaniyat sohasida . D. Tildagi so`zlarning kamayib ketishida. 
2.O`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida hosil qilingan yangi so`zlarni toping. 
A.Millioner, qadriyat, dasturchi. B. Fermer, ahdnoma, kolxoz.
C. Internet, nodavlat, model. D. Ahdnoma, kafolatnoma , hukumatlararo, nomoddiy, dasturchi. 
3.Eskirgan deb atalgan qaysi so`zlar tilga olib kirilmoqda? 
A.Brifing, kapital, ma`naviyat. B. Millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa.
C. Janob, muallif, tijorat. D. Munaqqid, tijorat, parlament, firma. 
4.Umrini yashab bo`lgan tushunchalarni ifodalovchi qaysi so`zlar nofaol zaxiradan joy olmoqda? 
A)Kolxoz, sovxoz, ateist. B. Biznesmen, hokim, zobit. C. Savdogar, kredit, birja. D. Tashxis, tijorat, reyting. 
5.Ilgari salbiylik bo`yog`iga ega bo`lgan qaysi so`zlar keyinchalik ijobiy bo`yoq kasb etmoqda? 
A.Magistr, savdogar, nomoddiy. B. Firma, litsey, internet.
C. Biznes, millioner, savdogar, kapital, parlament. D. Millatparvar, modellashtirish. 
6.O`zbek tiliga xorijiy tillardan olingan so`zlarni toping.
A.Bakalavr, barter, magistr, kredit, reyting. B. Fermer, dastur, kafolat.
C. Mamlakat, millat, xalq. D. Me`yor, soha munosabat. 
7. Bunday bog`liqlik gaplar, xat boshilar o`rtasidagi mazmuniy munosobatlarning funksional-sintaktik vositalar va so`z shakllari orqali 
ifodalanishda namoyon bo`ladi. Ushbu fikrda qanday bog`liqlik nazarda tutilgan. 
A) kompozitsion bog`liqlik B) mazmuniy bog`liqlik C) mantiqiy bog`liqlik D) Sintaktik bog`liqlik 
8. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang.
1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar
6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz A) 1,3,5,6,7 B) 2,3,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,4,7 
9.Ipidan ignasigacha iborasining ma`nodoshi berilgan qatorni toping.
A.Miridan sirigacha. B. Ignasidan ipigacha. C. So`xtasi sovuq. D. Boshdan oyoq. 
10. Tez orada hammaning og„ziga tushgan 15 yoshli vunderkind bilan uchrashdi. (Gazetadan)
Ushbu gapda nutqning soflik sifatiga qaysi unsur putur yetkazgan? A)dialektizm B) varvarizm C) vulgarizm D) kanselyarizm 
11.O‟zbek adabiy tilida til me‟yorlarining nechta turi bor? A)4 ta B) 5 ta 
C)6 ta D) 7 ta 
12. Og‟zaki nutqning to‟g‟ri bo‟lishida asosan nimalarga amal qilishimiz lozim? 
A)Urg‟u va gramatik me‟yorlarga B) leksik me‟yorlarga C)So‟z yasalish me‟yorlarigaD) Punktuatsiya me‟yorlariga 
13.Yozma nutq madaniyatini shakllantirishda nimalarga alohida ahamiyat berish lozim? 
A)Gap tuzishga B) Qisqa so‟zlashga C) Tinish belgilarini to‟g‟ri qo‟llashga 
D) So‟z turkumlaridan o‟rinli foydalanishga 
14.Nutqning aniqligi nima? A)Bu so‟zning o‟zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishi 
B)Bu maqsadni bayon qilshda ohongdorliknng ortishi C)Bu sintaktik me‟yorlarning buzilishi D) Urg‟uning so‟zlarda aniq bir bo‟g‟inga tushishi 
15.Madaniy nutqning qaysi kommunikativ sifati nutq madaniyati haqidagi ta‟limotning markaziy masalasi 
hisoblanadi? A) nutqning mantiqiyligi B) nutqning ifodaliligi С) nutqning aniqligi 
D) nutqning to'g'riligi 
16. Berilgan fikrlarning nechtasi to'g'ri? 
1) Nutqning to„g„riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi.
2) Nutqning to„g„riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo'lib, maktab ona tili ta'limining asosiy maqsadi ham o„quvchilarda aynan to„g„ri 
nutq tuzish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. 
3)Adabiy til me‟yorlarining odatdagi nutqda buzilishi nutqning noto'g'ri tuzilishiga olib keladi. 
4)To„g„rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy til me‟yorlariga to'la mosligi asosida yuzaga keladi.
A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to'rttasi 
17 0„zbek adabiy tilida qaysi me‟yorlar farqlanadi? 
1) leksik (so'z qo'llash) me‟yorlar; 2) talaffuz me‟yorlari; 3) so'z yasalishi me‟yorlari; 4) morfologik 3) o'zbek tiliga kirib kelgach, ma‟nosi o'zgarib, 
me'yorlar; 5) sintaktik me‟yorlar; 6) uslubiy me'yorlar. A) 1,2, 3, 4, 5, 6 
B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1,3, 4, 5,6 
18.Bu xabarni eshituvchi - Kumushbibining qora ko'zlari jiq yoshga to'lib, kipriklari yosh bilan, kipriklari yosh bilan belandilar. (Abdulla 
Qodiriy) Ushbu gapda...1) muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me‟yorlaridan chekinish holati kuzatilgan va u badiiylik uchun xizmat qilgan; 2) 
tasvirga erka bir ohang berish maqsadida ijodkor ega shaxs bo'lmay, ko'plik sonda bo„lsa-da, kesim ko'plik qo'shimchasini olmaslik me‟yorini 
buzgan; 3) so'z qo'llash me‟yori ataylab buzilgan. A) 1,2,3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3 
19.  Qaysi gapda adabiy tilga xos leksik me‟yorning turg'unligi kuzatilgan? 
A)Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor. B)Ko„l yoqasidan o'tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga 
qiychuvlashib cho'milishamiz. C)Yo„lga otlandi. D)Yo'lga mashinalandi. 
20.Ajdodlarimiz so'zlaganlarida, yozganlarida kamtarinlik yuzasidan o'zlarini (men so'zini ishlatishni odob yuzasidan takabburlik deb bilib) qaysi 
so„z bilan ataganlar? A) tabaa B) raiyat 
C) fuqaro D) janob 
21. Qaysi javobda “ruhan azoblanmoq, ezilmoq" ma‟nosini ifodalaydigan ibora berilgan? 
A)orasidan ola mushuk o'tmoq B) ich-etini yemoq C)ta‟bi tirriq D) tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq 
22. Qaysi javobda ma‟nodosh iboralar berilmagan?A)ich-etini yemoq, o'z yog'iga o'zi qovurilmoq B) ta‟bi xira, ta‟bi tirriq 
C) kayfi buzuq, ta‟bi xira D) avzoyi buzuq, turqi sovuq 
23. Sarsar so„zining ma‟nosi nima? A)janubdan esgan yel B)sovuq shamol C) sharqdan esgan yel D)shiddatli shamol 
24.Nutqning madaniyligini ta‟minlovchi kommunikativ sifatlarning asosiylari qaysi qatorda to„liq ko„rsatilgan? 
A)to„g„rilik, aniqlik, soflik, ilmiylik, madaniylik, boylik 
B)mantiqiylik, aniqlik, ifodalilik, boylik, g„alizlik, soflik 
C) to„g„rilik, ifodalilik, boylik, g„alizlik, ilmiylik, madaniylik 
D) to„g„rilik, aniqlik, soflik, ifodalilik, mantiqiylik, boylik 
25. Qaysi so„zlar so„zlari mayin yelni bildiradi? 1) esin; 2) nasim; 3) samum; 4) shabada. 
A) 1,2, 3,4 B) 2,4 C)2,3,4 D) 1,2,4 

Download 33.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling