11-sinf ona tili 1-chorak-test topshiriqlari Tuzivchi Nosirjon Ahrorov


-sinf adabiyot fanidan test 1-bo`lim


Download 33.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.04.2023
Hajmi33.22 Kb.
#1342783
1   2
Bog'liq
11-sinf ona tili &adabiyot 1-chorak test

11-sinf adabiyot fanidan test 1-bo`lim
11-sinf adabiyot 1-chorak-test topshiriqlari Tuzivchi Nosirjon Ahrorov 24.10.2021-yil 
1. “Qutadg`u- bilik” asarida “Har qanday fazilatning boshlanishi…” deb nimani nazarda tutadi? A) kitob B) ilm C) sabr D) bilim 
2. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Taka tovmut elining podshosi kim ?
A) Jig`aylixon B) Gajdumbek C) Shohdorxon D) Qovushtoxon 
3. “Qutadg`u bilik” asarida barcha ezgu xislat mujassam deya ta`rif berilgan obraz?
A) Kuntug`di B) O`gdulmish C) O`zgurmish D) Oyto`ldi 
4. Quyidagi ta‟rif qaysi asar haqida. “Bu asarda lirik qo‟shiqlar ham mavjud…Qo‟shiqlar bevosita odamni qurshagan olam haqdidava 
bu qo‟shiqlarning bir qismida turkiylarning doimiy yo‟ldoshi sifatida otlar alohida mavqe egallaydi.?
A) “Devonu lug‟otit at-turk” B) “Qutadg‟u bilig”
C) “Saddi Iskandariy” D) “Qissasi Rabg‟uziy
5. Munozara janrida yozilgan “Binafsha va Chang” asarining muallifi kim?
A) Yaqiniy B) Nishotiy C) Yusuf Amiriy D) M.Koshg‟ariy
6. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxonning aqlli vaziri va noibi kim edi?
A) Holmon va Gajdumbek B) Rayhon arab va Subyon
C) Holmon va Subyon D) Gajdumbek va Subyon
7. “Qutadg`u bilik” asarida eng faol qahramon kim?
A) Kuntug`di B) O`gdulmish C) O`zgurmish D) Oyto`ldi 
8. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “Dushman xas bo`lsa, qo`rq” fiklrari kimga tegishli? 
A)Rayhonarab B) Urayxon C) Ravshabek D) Xolmon 
9. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Odilxon podsho va Shohdorxon podsho jangida kimning Odilxonga qo`shilishi unga 
g`alabani olib keldi?
A) Xoldorning lashkarlari B) Nazarning lashkarlari
C) Urayxonning lashkarlari D) Gajdumbekning lashkarlari
10. “Qutadg`u bilik” asarining umumiy hajmi qancha va uni adib qancah vaqt damovida yozib tugatdi?
A) Olti ming olti yuz bayt, bir yarim yil B) olti ming to`rt yuz bayt, uch yil
C) Olti ming ikki yuz bayt, bir yil D) to`rt ming bayt bir yil-u uch oy 
11. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Shohdorxon G`ajdumbekka qanday lavozim berdi?
A) sinchi B) yasovul boshliq C) Yaka yovmut xoni D) eshik og`achi 
12. “Qutadg`u bilik” asarida adib tilni nimaga qiyos qiladi?
A) yilqi B) bo`ri C) arslonga D) sher 
13. “QIssasi Rabg`uziy” asaridagi “Yilon va qaldurg`och” hikoyasida kemada 3 ta narsa yo`q edi bular:
A) mushuk, sichqon , to`ng`iz B) mushuk, sichqon, qo`ngiz
C) yo`lbars, ari va ilon D) tong`iz, tulki va sher 
14. “Sulaymon qarincha bilan so`zlashg`oni” hikoyasida chumoli qancha yerga podsho edi?
A)yuz arshin B) qirq tabaqaC)ming akr D) yigirma paysa 
15. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida Yovmut yurtining podshosi farzandlarini sanab bering.
1.Urayxon 2. Holdorxon 3.Ahmadbek 4. Ravshanbek 5.Bibi Oysha A) 1,3,5 B) 1,2,4 C) 2,3,5 D) 3,4,5 
16. “Qissasi Rabg`uziy” asarinining qaysi hikoyasida adib hikoyat, latifa, bayt, g`azal kabi janrlardan foydalangan? 
A) Sulaymon va Qarincha B) Dovud payg`a,bar hikoyati
C) Uzum hikoyati D) Qissasi Yusuf 
17. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “Es berganga dast berar,
Dast berganga es berar” degan maqol kimga nisbatan ishlatilgan?
A) Rayhona arabga B) Rustambekka C) Gajdumbekka D) Urayxonga 
18. “Qissasi Rabg`uziy” asarinining qaysi hikoyasida adib adolat, zulm, hunar egalari, ota-ona va farzand munosabatlari kabi 
masalalarga e`tabor qaratgan?
A) Sulaymon va Qarincha B) Dovud payg`ambar hikoyati C)Luqmon va uning xojasi D) Qissasi Yusuf 
19. “Qissasi Rabg`uziy” asarinining qaysi hikoyatida til odobi va qalb pokligi alohida tilga olinadi?
A) Sulaymon va Qarincha B) Dovud payg`a,bar hikoyati
C)Luqmon va uning xojasi D) Qissasi Yusuf 
20. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida tilga olingan buloq nomi nima?
A) Sherbuloq B) Ko`kbuloq C) Matansoy D) Toshloqsoy 
21 “Qissasi Rabg`uziy” asarida xalq og`zaki ijodining qaydi janridan adib unmli foydalangan?
A) maqol B) latifa C) marsiya D) ertak 
22. “Go`ro`g`lining tug`ilishi” dostonida “shirin so`zli, qizil yuzli, jodu ko`zli, saraton yulduzli, la`l mo`nchoqli, oyday suluv, oftobdan 
ortiq” deya ta`rif berilgan obraz kim?
A) Bibi Hilol B) Xoljuvon C) Ravshanbek D) Zaydinoy 
23. “Qutadg`u bilik” asarida Oyto`ldi davlatni qanday jismga o`xshatadi?
A) kursi B) to`p C) ilon D) yilqi 
24. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asarida qaysi tildagi so`zlarni qaysi tilde ma`nosini izhlab beradi?
A) Turkiy so`zlarni arab tilida izohlaydi
B) Arab so`zlarini turkey tilde izohlaydi
C) Fors so`zlarini turkiychada izohlaydi
D) Turkiy so`zlarni forschada izohlaydi 
25. Mahmud Qoshg`ariy “Devoni lug`ot-it turk” asari kimga bag`ishlangan?
A) Dod Sipohsolorbek B) Nosiriddin To`qbo`g`abek
C) Ulug` Tabg`ach Bug`roxonga D) Abulqosim Abdulloh ibn Muqtadoga

Download 33.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling