II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1. Leksik, grammatik va intonatsion vositalarning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rnini tavsiflang.
2. Ma’nodoshlikning qanday turlarini bilasiz?
3. Nutqning boylik darajasini pasaytiruvchi jihatlami tushuntiring.
4. Qaysi nutqiy uslublarda atayin takrorlardan foydalaniladi?
III. Yangi mavzu bayoni
Topshiriq. Kaykovusning «Qobusnoma» asaridan olingan parchani o‘qing. Gapning o‘z joyini topib gapirishning foydasi haqida fikrlashing.
Tilingni yaxshi hunar bila o'rgatg'il va muloyim so'zdin boshqa narsani odat qilmag‘il. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida ishlatg‘il, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda so‘zlamag‘ilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‘z ziyon keltirur va har so‘zki undan hunar isi kelmasa, bunday so‘zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar: «So‘z bir nash’adur, undan xumor paydo bo‘lur».
Nutq tuzishdan oldin bu nutqning jo‘yasini - munosib o‘rninitasavvur qilish kerak. Har qanday nutq ifodalanmoqchi bo‘lgan axborotning mazmuni, tinglovchi yoki o‘quvchining yoshi, ijtimoiy maqomi, nutqning yozma yoki og‘zaki ekanligi, nutq vaziyatiga to‘la mos kelishi zarur, jo‘yalilik sifati shu asosda yuzaga keladi. Til vositalarini tanlashda shu jihatlar inobatga olinishi zarur.
71-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Qaysi o‘rinda nutqning jo‘yaliligibuzilganini aniqlang.
– Kechirasiz, o‘zingizni tanishtirmadingiz.
– Asli farg‘onalikman. Ismim Kamola. Hozirda oilam bilan Toshkentda yashayman.
– O`z tug‘ilgan joyingdan olisda yashashning ham azoblari bor...
– Albatta. O‘zga yurtda shoh bo'lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l deganlari haq ekan.
(“Xonadon” gazetasi)
72-mashq. Berilgan gaplarda ajratib ko'rsatilgan so‘zlar nutqning jo‘yalilik sifatini nima uchun buzayotganligi haqida fikrlaringizni bildiring.
2. Onamning jahllari battar qo‘zg‘ab, shang`illagancha quloq-chakkamga shapaloq tushirdilar. (S. Ravshanov)
(shang`illagancha so`zi onaga nisbatan qo`llanilmaydi. Salbiy bo`yoqqa ega.)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 73-, 74-mashqlar sharti asosida bajariladi.
Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” dan olingan iboralar izohi ustida ishlanadi:
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing.
Yuragini yormoq I Qattiq cho‘chitib qo‘rqitmoq. Ma’nodoshi:
Do'stlaringiz bilan baham: |