11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.
- Yangi mavzu bayoni
- O‘rik Qantak o‘rik Mag‘izimga berkitgan Otim bor, Qandim bor, Xo‘p mazali Novvotim bor. Totim bor. (E.Vohidov) O‘rik
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
- Esi chiqib ketmoq
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash. 2. Qisqa nazorat (test sinovi). II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash 1. Nutqning boyligi deganda nimani tushunasiz? 2. Nutqning kambag‘alligi deganda-chi? 3. Nutq boyligini ta’minlashning asosi nima? 4. Nutqning boyligisa putur yetkazuvchi holatlarni aytib bering. 5.O‘rinsiz qaytariqlarning oldini olish uchun nutq tuzuvchi qanday malakaga ega bo‘lishi kerak? III. Yangi mavzu bayoni Topshiriq. Matnni o‘qing. Unda kapalak so‘zining 7 marta takrorlanishi natijasida nutqning leksik boyligi zarar ko‘rganligihaqida fikrlashing. Nutqning boyligini ta’minlashda bir qancha til vositalari ishtiroketadi. Ular orasida leksik, semantik, grammatik, intonatsion vositalaralohida o‘rin tutadi. Boy, shirali nutq tuza bilishi uchun so‘zlovchining, eng avvalo, so‘z zaxirasi boy bo‘lmog‘i kerak. Atoqli so‘z san’atkorlarida, masalan, ulug‘ Alisher Navoiyda 26 mingdan ortiq, rus shoiri A. S. Pushkinda 21 mingdan ortiq so‘z boyligi mavjudligini mutaxassislar ta’kidlaydilar. Albatta, bunday ulkan so‘z boyligiga ega bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi. Ammo o‘z nutqining boy va ta’sirchan bo‘lishini istaydigan har bir kishi o‘z lug‘at boyligini kengaytirib borishi haqida qayg'urishi lozim.Nutqning boyligini ta’minlashda, ayniqsa, ma’nodoshlik katta imkoniyatga ega. Ma’nodoshlik, ma’lumki, faqat so‘zlar doirasidagina emas, balki morfologik va sintaktik birliklar doirasida ham keng tarqalgan. Matnda so‘z, so‘z birikmasi va gap takroridan qochishning eng qulay yo'llaridan biri ayni shu ma’nodoshlik asosida bir xil birliklarni almashtirishdir. Nutqning boylik darajasini pasaytiruvchi leksik, semantik, morfologik, sintaktik va intonatsion takrorlarni badiiy nutqda alohida badiiy maqsad bilan atayin qo'llanadigan takrorlardan farqlash lozim. Ko`proq badiiy va publitsistik nutqda muayyan tushuncha yoki mazmunni alohida ta’kidlash, ohangdorlik kabi niyatlar bilan bog‘lovchi, so‘z, so‘z birikmasi, gaplar takrorlanadi. Masalan, quyidagi she’riy parchada buni ko'rish mumkin: Yurt bu kun karvonlar boshida nordir, Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor. Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir, Sir kabi seravjdir, Pomirday poydor. (A. Oripov) 65-mashq. Matnlarni o‘qing. Leksik, sintaktik va intonatsion takrorning matn mazmunini ta’kidlashdagi o‘rnini izohlang. Takrorning nutq boyligiga ta’sirini baholang. Bunday takror qaysi nutq uslubiga xos? 66-mashq. Matnni o'qing. Hozirgi zamon ma’nosining ifodalanishigadiqqat qiling. Grammatik ma’nodoshlikning boy nutq tuzishdagi ishtirokini izohlang. -moqda, -yapti, -yotir qo`shimchalari asosida hosil bo`lgan grammatik ma’nodoshlik hutq boyligiga qanday ta’sir etyapti. 67-mashq.Badiiy va ilmiy-ommabop matnda o‘rikka berilgan tavsiflarni qiyoslang. Nutqning boylik sifati qaysi uslubdaahamiyatliligini tushuntiring. O‘rik Qantak o‘rik Mag‘izimga berkitgan Otim bor, Qandim bor, Xo‘p mazali Novvotim bor. Totim bor. (E.Vohidov) O‘rik O‘rik — ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali o‘simlik. Vatani — O`rta Osiyo. O‘zbekistonda, asosan, oddiy o‘rik turi ekiladi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish; danagidan ajraladigan, ajralmaydigan xillari bor; shirin, shirinnordon.O‘rik — yaxshi asal beruvchidaraxt. (O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi) IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 68-, 69-mashqlar sharti asosida bajariladi. Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” dan olingan iboralar izohi ustida ishlanadi: Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing. Esi chiqib ketmoq Nihoyatda qattiq qo‘rqmoq. Varianti: esxonasichiqib ketmoq. M a’nodoshi: jon-poni chiqib ketmoq; joni xalqumiga ketinoq. O‘xshashi: kayfi uchmoq; yuragi chiqib ketmoq. Yuzidan o`ta olmaslik Biror ishni qilishda kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashmoq. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling