11-sinf o’quvchilari uchun tarbiya fanidan nazorat ishi 2-yarim yillik uchun


Download 23.87 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi23.87 Kb.
#1539957
Bog'liq
11-sinf Tarbiya 2-yarim yillik nazorat ishi


11-SINF O’QUVCHILARI UCHUN TARBIYA FANIDAN NAZORAT ISHI
2-YARIM YILLIK UCHUN



  1. “Nafosat” (go‘zallik turi) so’zining ma’nosi nima?

  1. Arabcha, ahamiyat, qimmatbaho narsa, boylik

  2. Arabchada, qiyofa, tasvir, tashqi, sirt

  3. O’zbekchada, go’zallik, chiroy, latofat, lutf

  4. Forschada, siymo, oraz, surat, ulug’vorlik

  1. Bu qanday bichimi kelishgan, yoqimli narsaki, ovozi ham yaxshi, diqqat bilan quloq solsang arziydi. Uchi ma’noli gaplarga naqsh-u nigor beradi… U nima?

  1. Kitob

  2. Sunray

  3. Surat

  4. Qalam

  1. Yaxshi notiqning ajralmas sifatlari – ……….

  1. O‘ziga ishonchi, o‘zini erkin tutishi va do‘stona ohangda so‘zlashi

  2. O’zini tahlil qilishi, o’z so’zida qat’iy turishi, jiddiylik

  3. O’zini sevishi, hamdardlik, mehribonlik va mustaqillik

  4. Hushyorlikni yo’qotish, o’zgalar fikriga qarshi chiqa olish, mag’rurlik

  1. Samarali muloqotning asosiy elementlarini aniqlang.

  1. Salomlashish, muloqot, savol berish, fikr bildirish, subordinatsiya

  2. Salomlashish, tanishuv, murojaat, subordinatsiya

C. Salomlashish, suhbatga kirishish, xulosa yasash
D. Salomlashish, kuzatish, o’rganish, murojaat va muloqot
5. Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak: diqqat, intizom va harakat. Ushbu fikr kimga tegishli?
A. Abdurahmon Jomiy
B. Alisher Navoiy
C. Jaloliddin Rumiy
D. Abu Rayhon Beruniy
6. Taomdan oldin qo‘lni yuvish baraka omili bo‘lib, u ……….. ketkazadi.
A. Faqirlikni
B. Qayg’uni
C. Nohushlikni
D. Charchoqni
7. . Uchinchi Renessansning poydevorini tashkil qiluvchi formulani aniqlang.
A. “Yangi O‘zbekiston = kuchli iqtisodiyot + kuchli ma’naviyat” formulasi
B. “Yangi O’zbekiston = kuchli siyosat + kuchli mafkura” formulasi
C. “Yangi O’zbekiston = kuchli fuqarolik jamiyati + kuchli ijtimoiy hayot” formulasi
D. “Yangi O’zbekiston = kuchli strategiya + kuchli natija” formulasi

8. Yurtimizda ilk Renessans davri qaysi davrlarga to’g’ri keladi?


A. IX–XII asr
B. X-XII asr
C. VIII-IX asr
D. IX – XI
9. Sharq Renessansining ikkinchi bosqichi – Temuriylar Renessansi davri qaysi asrlarga to’g’ri keladi?
A. XIV–XVII
B. XIV – XVIII
C. XIV – XVI
D. XIII – XVI
10. VIII asrga taaluqli “Qiblani aniqlash chizmasi”ni kim chizgan?
A. Ahmad al Farg’oniy
B. Muhammad ibn Muso Xorazmiy
C. Abu Rayhon Beruniy
D. Abu Nasr Forobiy
11. Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi - ………

  1. Halollik

  2. Bilimdonlik

  3. Mas’uliyatlilik

  4. Kamtarlik

12. O’tkir Hoshimov hasadgo’yni nimaga o’xshatgan?

  1. Manqurtga

  2. Quturgan itga

  3. Qora bulutga

  4. Tikonli gulga

13. Dunyoda hammadan hasadchining yuki og‘irdir, chunki u bechora butun dunyodagi shod va masrur odamlarning qayg‘ularini o‘z ustiga yuklab oladi.

  1. Arastu

  2. Pifagor

  3. Alisher Navoiy

  4. Konfutsiy

14. O‘zbekiston arxeologiyasining otasi kim?

  1. Abdulla Avloniy

  2. M. Masson

  3. Svetlana Lunina

  4. Yahyo G‘ulomov

15. ……….. odamning o‘z faoliyati va psixik jarayonlarini boshqarishda namoyon bo‘ladigan qobiliyati.

  1. Iroda

  2. Qunt

  3. Matonat

  4. Sabr-toqat

16. Ziyodulla Butaxonovga mos javoblarni aniqlang.
1. “Aviatsion va kosmik o‘quv-tadqiqot laboratoriyasi” mutaxassisi.
2. Yerni 42 kilometr balandlikdan suratga olishga erishgan.
3. Yosh olim harakatlari bilan yurtimiz tarixida ilk bor fazoga aerostat uchirildi.
A. 1,2,3
B. 1,2
C. 2,3
D. 1,3
17. U davlat ishlarini qilganda davlatning shamini yoqar, shaxsiy masalalarda esa o’z shamini yoqar edi. U kim? (“O’z shamimni yoqdim” hikoyasidan)

  1. Luqmoni Hakim

  2. Najmiddin Kubro

  3. Umar ibn Xattob

  4. Alisher Navoiy

18. “Siyosatnoma” asaridagi “Buzilgan ko‘prik uchun javob” hikoyasida qanday fazilatlar yoritilgan?

  1. Mas’uliyat, halollik va burch

  2. Halollik, yaxshilik, mehnatsevarlik

  3. Burch, mehribonlik, kamtarlik

  4. Halollik, hamdardlik, hamfikrlik

19. Transport vositalaridan oldin …… kishi tushishi, chiqayotganda esa, oldin …. kishi chiqishi kerak.
A. Erkak / ayol
B. Ayol / erkak
C. Baravar chiqishlari mumkin
D. To’g’ri javob yo’q
20. Shaxs fazilatlari, ichki “men”ining eng yaxshi qirralarini namoyon qiluvchi ijod shakli nima?
A. Muloqot
B. Munosabat
C. Hissiyot
D. Tinglash

21. Ko‘cha-ko‘yda ayol kishi erkak kishining ….. ………. yuradi.


22. Insonning aqli, tashqi ko‘rinishi, nutqi, umuman, ezgu fazilatlarining uyg‘unlashuviga nima deyiladi?
23. “Jannatga yo‘l” dostonini kim yozgan?
24. Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surgan alloma kim?
25. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi ITALIYAda nechanchi asrda nashr etilgan?

Javoblar:





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

D

A

B

C

A

A

A

C

B




11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

A

B

A

D

A

A

C

A

A

A

21. O’ng tomonida


22. Nafosat
23. Abdulla Oripov
24. Abu Rayhon Beruniy
25. XIV asrda


Bunyodbek Mirzajonov

Download 23.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling