110 gurux talabasi Davlatova Shahlo 1 topshiriq Til va tafakkur


Download 22.57 Kb.
bet4/4
Sana19.12.2021
Hajmi22.57 Kb.
#181759
1   2   3   4
Bog'liq
Til va tafakkur

Soʻzning leksik maʼnosi - soʻzning material qismi — leksema bildiradigan maʼno: muayyan tovushlar majmuini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmunmundarija; lugʻaviy maʼno. Mas, "Bolalarni oʻynatdik" gapidagi birinchi soʻz hali yosh, voyaga yetmagan odamni, goʻdakni, ikkinchi soʻz esa harakatni (bola bilan bogʻlangan harakatni) biddiradi. Demak, "bola" va "oʻyna" soʻzlaridan ifodalanadigan mazkur konkret maʼnolar shu soʻzlarning leksik maʼnolaridir. Soʻzning leksik maʼnosi muayyan soʻzning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish) tashkil etadi. Soʻzning leksik maʼnosi oʻzaknegizning oʻzi bilan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham soʻzdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik maʼno suz yasalishi va leksikologiya bilan bogʻliqdir. Soʻzning leksik maʼnosi shu soʻzning oʻzigagina tegishli xususiy maʼno boʻlishi bilan bir qancha oʻxshash soʻzlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik harakteriga ega boʻlgan grammatik maʼno dan farq qiladi.

HUKM, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. Hukmlar obyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan Hukmlar noaniq Hukmlar deyiladi. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Hukmlar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy Hukm deb tarkibidan yana bir Hukmni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy Hukm tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi («…dir», «emas») predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy Hukmning formulasi; 8 — R (emas). Oddiy Hukmlar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy Hukm larga boʻlinadi. Oddiy qatʼiy Hukmlar sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi:

  1. umumiy tasdiq Hukm (A) «hamma 5—R dir»

  2. ; 2) umumiy inkor Hukm (Ye) «hech bir 8—R emas»;

3) juzʼiy tas-diq Hukm (I) «baʼzi 5—R dir»;

4) juzʼiy inkor Hukm (O) «baʼzi 3—R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga koʻra atributiv, mavjudlik va munosabat Hukm lari farqlanadi. Murakkab Hukm deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy Hukm boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab Hukmlar «va», «yoki», «agar… unda» kabi mantiqiy bogʻlovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qoʻllash orqali 2 va undan ortiq oddiy Hukm larning oʻzaro birikishidan hosil boʻladi. Mantiqiy bogʻlovchining mazmuniga koʻra murakkab Hukm larning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin:

1) birlashtiruvchi (konyunk-tiv) H. — a l v. Mas, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi;

2) aiiruvchi (dizyunktiv) H. — a V v. Mas, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi;

3) shartli (implikativ) H. — a —> v. Mas, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi;

4) ekvivalentlik H. i — a=v. Mas, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi.

Hukmlar modalligiga koʻra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifo-dalovchi turlarga boʻlinadi. Hukm tafak-kur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi.

Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. G. soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang , tugallanganlik, soʻzlar tartibi G.ning muhim xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — G.ning bosh vazifasi. G.lar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.

Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda G.lar 3 tur ga boʻlinadi: darak gap, soʻrok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari G.ni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat G.lar xosdir.

2 Topshiriq

1 Til birliklari

1 Maktabda bir qator yoshlarning faoliyati istedodli yoshlar faoliyati bilan uzviy bogliqdir

2 Ozbekiston mustaqillikka erishganidan song xaqqoniy tariximizni organish uchun keng imkoniyatlar paydo boldi

Berilgan ushbu gaplarda mano til birliklari orqali ifodalangan

Mantiqiy tushuncha

Vatan biz uchun sajdagoh kabi muqaddasdir

Beshikdan to qabgrgacha ilm izla!!!



Ushbu gaplarda mano mantiqiy tushuncha orqali ifodalangan.

2 Mantiqiy nushuncha
Download 22.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling