12 – mа’ruzа. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаri. Rеjа
Download 8.66 Kb.
|
12 – mа’ruzа. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаri. Rеjа-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tаyanch so‘zlаr
- Raqamli o’lchash vositalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
12 – mа’ruzа. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаri. Rеjа 12 – mа’ruzа. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаri. Rеjа: 1. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаrining funksiоnаl chizmаsi, turlаri. 2. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаrining аsоsiy qismlаri. Tаyanch so‘zlаr: аnаlоg o‘zgаrtkich, аnаlоg-rаqаmli o‘zgаrtkich, diskrеtlаsh, diskrеt signаl, kvаntlаsh, diskrеtlаsh qаdаmi, kоdlаshtirish, triggеr, hisоblаgich, indikаtоr, impul’slаr gеnеrаtоri, chаstоtа bo‘lgichi, vаqt intеrvаli, impul’slаr sоni, kоmpеnsаtsiyalоvchi kuchlаnish gеnеrаtоri, bоshqаrish blоki. Raqamli o’lchash vositalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli o’lchash asboblarida tavsiya etiladigan ma’lumotni qulayligi va aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy – tekshirish laboratoriyalaridan keng o’rin olgan. Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan qator afzalliklarga ega: - yuqori aniqlik; - keng ish diapazoni; - tezkorlik; - o’lchash natijasining qulay tarzda tavsiya etilishi; - o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari mavjudligi va hokazolar. Albatta, boshqa asboblarda bo’lganidek, raqamli asboblari ham kamchiliklardan holi emas, bunga ularning murakkabligi, tan narxini balandligi va nisbatan ishonchliligini pastligi kiradi. Raqamli o’lchash asboblarida vaqt bo’yicha uzluksiz o’zgaradigan kattalikni uzuq qiymatlariga o’zgartirish, yoki kodlash ma’lum qoida bo’yicha, masalan, sanoq tizimi bo’yicha amalga oshiriladi. Raqamli o’lchash asboblarida o’nlik, ikkilik va birlik sanoq tizimlari ishlatiladi va qaysi sanoq tizimini (kodlash) ishlatilishi ularni aynan qaysi hisoblash, boshqarish yoki boshqa qurilmalarda ishlatilishiga bog’liqdir. Download 8.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling