12- ma’ruza: yarimo‘tkazgichli diodlar (2-qism)
Download 1.05 Mb.
|
12 2-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YARIMO‘TKAZGICHLI DIOD TURLARI
- Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar
- STABILITRON Stabilitron
Elektronika va radiotexnika kafedrasi 12- ma’ruza: YARIMO‘TKAZGICHLI DIODLAR (2-qism) Ma’ruzachi: Aрзиев Д.А. Reja:
YARIMO‘TKAZGICHLI DIOD TURLARI Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o‘tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik hodisa-lardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o‘zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. STABILITRON Stabilitron deb sxemalarda kuchlanish qiymatini barqaror (stabil) saqlab turuvchi yarimoʼtkazgich asbobga aytiladi. Stabilitron sifatida VАXida tok qiymati keskin oʼzgarganda kuchlanish deyarli oʼzgarmaydigan soha mavjud boʼlgan elektron asboblardan foydalaniladi. Bunday soha kremniyli yarimoʼtkazgich diod elektr teshilish rejimida ishlaganda kuzatiladi. Shuning uchun yarimoʼtkazgich stabilitron sifatida kremniyli diodlardan foydalaniladi. STABILITRON Bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) stabilitronlarning sxemada shartli belgilanishi hamda VAXi (d). Kichik kuchlanishlarni barqarorlash uchun stabistor qo‘llaniladi va u ishlaganda to‘g‘ri yo‘nalishda siljitiladi. Bunda bitta stabilitronning barqarorlash kuchlanishi 0,7÷0,8 V ni tashkil etadi. Kremniyli oddiy diodlar to‘g‘ri siljitilganda ham shunday natijaga erishiladi. Bunday yarimo‘tkazgich diod stabistor deb ataladi Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling