12- ma’ruza: yarimo‘tkazgichli diodlar (2-qism)


O‘TA YUQORI CHASTOTALARDA ISHLOVCHI DIODLAR


Download 1.05 Mb.
bet5/7
Sana25.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1065752
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12 2-ma\'ruza (1)

O‘TA YUQORI CHASTOTALARDA ISHLOVCHI DIODLAR
Kuchaytirish yoki generatsiyalash rejimiga mos shartlarni elektron asboblarning manfiy dinamik (differensial) qarshiligi (MDQ) bilan xarakterlash qabul qilingan. Elektron asbobda MDQ ning mavjudligi uni energiya yutuvchi sifatida emas, balki o‘zgaruvchan tok energiyasi manbai sifatida qarash kerakligini anglatadi.
KUD – yarimo‘tkazgich asbob bo‘lib, uning ishlash prinsipi O‘YUCH diapazonda zaryad tashuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payishi va ularning elektr maydon ta’sirida uchib o‘tishi natijasida MDQ hosil bo‘lishiga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda KUDlar millimetrli to‘lqin uzunligida eng katta quvvatli O‘YUCH tebranishlar hosil qiluvchi qattiq jismli manbalarning biridir. 10 GGs chastotada uzluksiz tebranishlarning maksimal quvvati, FIK 40 % bo‘lganda, 10 Vt larni tashkil etadi.
Ko‘chki toki shovqinlari yuqori bo‘lgani sababli, KUD asosidagi kuchaytirgichlar shovqin koeffitsiyenti 30–40 dB ni tashkil etadi va KUDlarning kuchaytirgich sifatida ishlatilishini cheklaydi. KUD asosidagi quvvat kuchaytirgichlar radioreleli va sun’iy yo‘ldoshli aloqa tuzilmalarida qo‘llaniladi.
O‘TA YUQORI CHASTOTALARDA ISHLOVCHI DIODLAR
KUD asosidagi generator elektr sxemasi. ДЛ132-80-15 VAX si
RLC mikroto‘lqinli rezonatorni tashkil etadi. KUDda xususiy avtotebranishlarni tashqi rezonans kontursiz ham uyg‘otish mumkin. KUD parametrlari va teskari kuchlanish U qiymati shunday tanla-nadiki, p+ - n o‘tishdagi elektr maydon kuchlanganligi EL ≈ 105 V/sm, i–sohada esa ETO‘Y ≈ 5-10 kV/sm bo‘lsin. Elektr maydon kuchlanganligi EL ga yetganda yarimo‘tkazgich kristall panjarasi atomlarining zarbdan ionlashuvi boshlanadi. Zarbdan ionlashuv natijasida zaryad tashuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payishi kuzatiladi. Elektr maydon kuchlanganligi i – sohada ETO‘Y dan katta bo‘lgani sababli zaryad tashuvchilar dreyf tezligi maydon kuchlan-ganligiga bog‘liq bo‘lmaydi va υTO‘Y ≈ 107 sm/s ni hosil qiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling