12- mavzu: muloqot treningi режа: Мулоқот ҳақида тушунча


- Savolni avval butun auditoriyaga bering


Download 331.51 Kb.
bet7/7
Sana29.01.2023
Hajmi331.51 Kb.
#1138472
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5211131984000059877

- Savolni avval butun auditoriyaga bering.

- Kishilarga savolni o’ylab olish uchun fursat bering.

- Agar kimdir javob berish istagini bildirsa, uni rag’batlantiring, davom ettirish yoki qo’shimcha qilishni so’rang.

- Agar yetarlicha vaqt o’tsa-da, guruh jim o’tirsa, auditoriyaning sizga o’zatayotgan noverbal belgilari (nigoh yo’nalishi, tananing oldinga engashishi)ga e’tibor bering va biror kishiga shaxsan murojaat qiling.

- Agar hech qanday belgilar sezilmasa, savolni sharhlashingizga ehtiyoj bor-yo’qligini guruhdan so’rang.

Yaxshi savol berilgani uchun maqtashni oshirib boring

Savollarga javob berishning 8 ta qoidasi

1.Javob qisqa bo’lishi lozim.

2.Javoblarni oldindan tayyorlang (berilishi mumkin bo’lgan savollarni o’ylab qo’ying).

3.Savolga javob berayotganingizda aytmoqchi bo’lgan fikrlaringizni ta’kidlash imkoniyatidan foydalaning.

4.Jumlalarni qayta to’zishdan qo’rqmang.

5.Javobni bilmasangiz, bu haqida ayting.

6.Agar javob tayyorlashga vaqt kerak bo’lsa, savol beruvchidan savolni takrorlashni yoki o’z fikrini aytishni iltimos qiling.

7.Savol manzili (yo’nalishi)ni o’zgartirish imkoniyatidan foydalaning.

8.Ba’zan savollar olqish olish uchun beriladi – shunday qiling: «Bu juda zo’r savol!» deb maqtang.


TRENING DAVOMIDA QANDAY SAVOLLARDAN FOYDALANISHIMIZ MUMKIN?

Savol turlari:
 

Ochiq, yakunlanmagan savollar – «Ushbu mashq davomida o’zingizni qayday his qildingiz?», «Bu qaror sizga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin?», «Bu masala hal etilmasa, nima bo’ladi?»

CHuqur va batafsil javobni talab qiluvchi savollar

“tasvirlang”, “tushuntirib bering”, “so’zlab bering” kabi jumlalarni o’z ichiga oladi.

Manzili o’zgartirilgan savollar

“Guruh bu haqida nima deb o’ylaydi?”, “Ehtimol, oramizda shu sohaning yetuk mutaxassislari bordir, qani?”, “Siz qo’shimcha qilmoqchi bo’lganingiz, hozir Zulfiya aytgan fikrlarining o’zimi?”

Qayta bog’lanish va aniqlashtirish

«Fikringizni to’g’ri tushungan bo’lsam, siz ...ni nazarda tutyapsiz-a?», «SHunday qilib, biz qanday hulosaga keldiq, kimdir umumlashtirib bera oladimi?»

Yopiq, yakunlangan savollar

ularga faqat «ha» yoki «yo’q» deb javob berish mumkin: «Bu savolning javobi hammaga tushunarlimi?», «qaysi foiz qabul qilindi?», «qancha taqlif qabul qilindi?»

Download 331.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling