12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati
Download 0.52 Mb.
|
12-мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60-jadval. Ssuda foizining turkumlanishi
12- Мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati 9.1. Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi Ssuda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan o‘ziga xos to‘lovdir. Uning to‘lovchisi ham, ta’minot manbayi ham mijoz va uning foydasi hisoblanadi. Ssuda foizi turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularni bir qator belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin (60-jadval). 60-jadval. Ssuda foizining turkumlanishi
Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subyektning bittasi bank bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, kredit tashkiloti ssudani asosan o‘zining emas, balki jalb etilgan mablag‘lar hisobidan beradi. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati uchun bankning olgan daromadi kompensatsiya rolini bajaradi. Bank aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga olib keladi. Shunday qilib bank ssudalar bo‘yicha to‘lay olmaslik riskini o‘z zimmasiga oladi. Foiz siyosati nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, shuningdek, kredit munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy vosita vazifasini bajaradi.
foiz darajasini shakllantirish usullari; foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari; Markaziy bank tomonidan foiz me’yorlarini muvofiqlashtirish usullari; foizlar bo‘yicha o‘zaro to‘lovlar va undirishlar tartibi; foizni to‘lash manbalari; qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz o‘rtasidagi bog‘lanish; kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda foizning o‘rni. Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini olib borish maqsadiga bog‘liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda aksariyat hollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subyektiv ustuvorlik namoyon bo‘ladi. Bozor munosabatlarigacha, ya’ni xo‘jalik mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan davlatning xo‘jalik yuritish siyosatiga bo‘ysungan holda amalga oshgan. Bu siyosat o‘zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham o‘zgargan. Bugungi kunda bank foizining quyidagi mexanizmlaridan foydalanilmoqda:
foiz darajasi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda subyektlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida o‘rnatiladi; ssudalar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘rnatishi kredit kelishuvlari amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya’ni: – ssuda summasi va uni uzish muddati; – ssuda ta’minotining mavjudligi; – mablag‘larni jalb qilish sarflari; – kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari; – bankni rentabelli bo‘lishini ta’minlash zaruriyati; – mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi.
bankning passiv operatsiyalariga nisbatan foizning ahamiyati oshib borishi kuchayadi, bo‘sh pul mablag‘larini omonatga qo‘yish rag‘batlantirilib boriladi; foizlarni o‘rnatish va undirish o‘zaro kelishuv bitimi asosida amalga oshirilib, odatda har oy foiz o‘tkazib (to‘lab) turiladi; kredit jamg‘armalarining yo‘nalishiga qarab foizlarni to‘lash (o‘tkazish) turlicha bo‘lishi mumkin: – aylanma mablag‘lari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi; – asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag‘lari bo‘lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona foydasiga qo‘shiladi. Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to‘langan foiz xarajatlari MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o‘tgan kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi. Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling