bo`lganligi tufayli, asosiy fondlar to`liq yoki qisman eskirishga ajratiladi. Birinchi holda eskirgan
asosiy fondlar tugatiladi
va yangisiga almashtiriladi, ikkinchi holda esa ta’mirlash yo`li bilan
tiklanadi.
Ma’naviy eskirish - mashina va asbob-uskunalar qiymatining
ularni ishlab chiqarishga
sarflanadigan ijtimoiy zaruriy harajatlarning kamayishi ta’sirida kamayib borishi (ma’naviy
eskirishning birinchi shakli) yoki ular qiymatining yangi, ilg`or va samarali mashina va asbob-
uskunalar yaratilishi natijasida kamayishidir (ma’naviy eskirishning ikkinchi shakli).
Asosiy fondlarning eskirishini tiklash korxona va tashkilotlarning maxsus mablag`lari
asosida -
amortizasiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Ularning summasi asosiy fondlarning
qiymatiga, ularning xizmat muddatiga, ta’mirlash va modernizasiyalash harajatlariga bog`liqdir.
Bu mablag`lar odatda korxonaning amortizasiya fondida to`planib
boradi va faqatgina asosiy
fondlarni tiklash va ta’mirlash maqsadlarida foydalaniladi.
Yillik amortizasiya summasining asosiy fondlar qiymatiga nisbati
foizlarda ifodalanganda
amortizasiya me’yori deb ataladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
F1 - asosiy fondlarning dastlabki qiymati;
Fl - asosiy fondlarning tugatish qiymati;
Ta - asosiy fondlarning amortizasiya muddati yoki xizmat muddati, yil.
Do'stlaringiz bilan baham: