12- mavzu. Yo`L QURILISH KORXONASINING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS SALOHIYATI HAMDA UNDAN OQILONA FOYDALANISH Yo`llari reja
Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy
Download 245.75 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi
- Noishlab chiqarish asosiy fondlarga quyidagilar kiradi
10.2. Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy
fondlarning qurilish tashkilotlari ishlab chiqarish quvvatiga bog`liqligi Asosiy fondlar - ham moddiy ishlab chiqarish sohasida (asosiy ishlab chiqarish fondlari), ham noishlab chiqarish sohasida (noishlab chiqarish asosiy fondlari) band bo`lgan material-moddiy qiymatlar majmuasidir. Qurilish xalq xo`jaligi tarmoqlari uchun turli korxonalar, bino va inshootlarni qurish davomida mamlakat uchun asosiy fondlarni bunyod etishda ishtirok etadi, biroq u o`z navbatida ulardan mehnat va ishlab chiqarish qurollari sifatida foydalanadi. SHuning uchun qurilish mahsuloti sifatida va zaruriy ishlab chiqarish qurollari sifatidagi asosiy fondlarni bir-biridan ajratish lozim. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish bino va inshootlari; ishchi mashina va asbob-uskunalari; mashina va asbob-uskunalar; transport vositalari; asbob-uskunalar va ishlab chiqarish jihozlari. Noishlab chiqarish asosiy fondlarga quyidagilar kiradi: uy-joylar; kommunal xo`jalik ob’ektlari; madaniy-maishiy ob’ektlar; sog`liqni saqlash va maorif ob’ektlari. Bu yerda gap butun xalq xo`jaligi balansida emas, balki qurilish balansida turgan noishlab chiqarish asosiy fondlari haqida bormoqda. Agar bunday tafovut bo`lmasa, qurilishnng noishlab chiqarish asosiy fondlari bilan jihozlanganligi sun’iy ravishda o`sib ketishi mumkin. Asosiy fondlar natura va pul shaklida (qiymat ifodasida) baholanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy fondlar odatda korxonalar, tashkilotlar va xo`jaliklarning asosiy fondlari sifatida ko`rsatiladi, vaholanki bu ularning elementlar bo`yicha, ya’ni bino va inshootlar, ishchi va quvvat mashinalarida, transport vositalarida va hokazolarda qancha mablag` borligi bo`yicha hisobga olinishiga to`sqinlik qilmaydi. Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga va mehnat predmetlariga ko`rsatadigan ta’siriga qarab ikki qismga bo`linadi: aktiv - ishchi va quvvat mashinalari, asbob- uskunalari, transport vositalari, asboblar va jihozlar; passiv - bino va inshootlar, ya’ni ishlab chiqarishga ta’sir ko`rsatuvchi yordamchi jarayonlar bilan band bo`lgan imoratlar va ob’ektlar (idoralar, omborxonalar, laboratoriyalar, boshqaruv apparati joylashgan binolar). Asosiy fondlarni ko`paytirishni tahlil qilish, baholash va strategiyasini belgilab olishda ularning tuzilmasi - asosiy fondlarning ayrim guruhlarining ularning jami qiymatidagi ulushi - katta ahamiyat kasb etadi. Mashina va asbob-uskunalarning, transport vositalarining jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi qanchalik katta bo`lsa, (qolgan shartlar teng bo`lganda) mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham, fond qaytimi ko`rsatkichi ham shu qadar yuqori bo`ladi. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasini yaxshilashga ishlab chiqarish va fond qaytimini oshirishning muhim sharti deb qaraladi. Download 245.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling