12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini shakllantirish Reja
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
harbiy texnika qurol
Tanklar
T-62. O‘rta tank — T-62 qudratli qurol-aslahaga, ishonchli zirhli himoyaga va yuqori manyovrchanlikka ega bo‘lgan jangovar zanjirli mashina. Tank 115 mm.li silliq devorli to‘p, u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti va 12,7 mm.li DSHK-M zenit pulemyoti bilan qurollangan. Tank ekipaji 4 kishidan iborat (komandir, mo‘ljalga oluvchi, o‘qlovchi va mexanik-haydovchi). Mexanik-haydovchi boshqaruv bo‘lmasida, ekipajning qolgan a’zolari esa, jangovar bo‘lma (bashnya)da joylashadi Taktik-texnik tavsifi. Tank og‘irligi — 37000 kg. Dvigatelning eng yuqori quvvati — 580 ot kuchi, tuproq yo‘lda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 22—27 km/s, shosseda 32—35 km/s, shossedagi eng yuqori tezligi — 50 km/s, shossedagi yurish zaxirasi — 450 km, tuproq yo‘lda — 320 km, o‘ta oladigan to‘siqlari: eng 5 yuqori ko‘tarilish burchagi — 32°, eng katta kren — 30°, chuqurlik kengligi — 2,85 m, devor balandligi — 0,8 m, o‘ta oladigan suv havzasi chuqurligi — 1,4 m. T-72. Quvvatli qurol-aslahaga, ishonchli zirhli himoyaga va yuqori manyovrchanlikka ega bo‘lgan jangovar zanjirli mashina. Tank ekipaji 3 kishidan iborat. Tank ikki tekislikda bir xil to‘g‘rilanuvchi 125 mm silliq devorli to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti va 12,7 mm kalibrli zenit pulemyoti bilan qurollangan. Taktik-texnik tavsifi. Tank og‘irligi — 44000 kg, dvigatelning yuqori quvvati — 840 ot kuchi, tuproq yo‘lda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 35—45 km/s, shosseda — 50 km/s, shossedagi eng yuqori tezligi — 60 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 700 km, tuproq yo‘lda 460—650 km, o‘ta oladigan to‘siqlari: eng yuqori ko‘tarilish burchagi — 30°, eng katta kren — 25°, chuqurlik kengligi 2,6—2,8 m, devor balandligi — 0,88 m, o‘ta oladigan suv havzasi chuqurligi 1,2— 1,8 m. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling