12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini shakllantirish Reja
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
harbiy texnika qurol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
12- mavzu: Zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan foydalanish malakasini shakllantirish Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qurol-aslaha va harbiy texnikalari haqida tushuncha. 2. Zirhli mashinalar va tanklarning taktik-texnik tavsifi. 3. Jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalarining jangovar xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: bronetransportyor, zirhli mashinalar, pulemyot, vertolyot, samolyot, ekipaj. Zirhli mashinalar. Bronetransportyorlar. BTR-70. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega. Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg. Eng yuqori tezligi 80— 90 km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yonilg‘i zaxirasi — 300 litr (benzin), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, BTR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji (desant) — 3 (8). BTR-80. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyotiga ega. Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg, shossedagi eng yuqori tezligi — 90 km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yoqilg‘i zaxirasi — 300 litr (dizel yoqilg‘isi), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekipaji 3 kishi, desant — 8 kishi. Piyodaning jangovar mashinalari. BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi— motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyat- ning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga, 3 yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti bilan qurollangan. Taktik-texnik tavfisi. Jangovar og‘irligi — 13200 kg, ekipaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 8 kishi, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 60 km/s, suvdagi tezligi — 7 km/s, shosseda yurish zaxirasi 550—600 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilish — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m. BMP-2. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishiga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun appara- turalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali 4 zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-2 30 mm.li avtomatik to‘p, 7,62 mm.li PKT pulemyoti, tankka qarshi boshqariluvchi raketa uchun uchirish qurilmasi bilan qurollangan. Jangovar jamlanma 30 mm.li to‘p uchun 500 ta o‘q-dori, 7,62 mm.li PKT pulemyoti uchun 2000 ta patron, 4 ta PTURdan iborat . Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 14000 kg, ekipaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 7 kishi, uzunligi — 6710 mm, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 65 km/s, suvdagi tezligi 6—7 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 550 km, bosib o‘tuvchi ko‘ta- rilishi — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling