12- mazvu: Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi. Reja: Buddaviylikning vujudga kelishi, ta'limoti. Xristianlikning vujudga kelishi
Download 43.63 Kb.
|
12- Mavzu
Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri
o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyеning kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi. Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviening rivojlanishi jarayonida 15 ta mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Аleksandriya, Аntioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Аlbaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Аmerika cherkovlari shakllangan. O‘zining ahamiyatiga ko‘ra pravoslav dunyosida beshinchi bo‘lgan, lekin muxlislari soni jihatidan birinchi bo‘lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda vujudga kelgan. Uning paydo bo‘lishi endigina shakllanayotgan feodal munosabatlarni himoya qilish uchun, yangi g‘oyaga muhtoj bo‘lgan Kiev davlatining ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlarini qondirish uchun kerak edi. Rusning xristianlashuvi darrov amalga oshgan ijtimoiy jarayon bo‘lmay, bir necha asr davom etgan ziddiyatli tarixiy hodisa edi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Chеrkov ta'limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi. Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, o‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi. Badanga еlеyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi. Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o‘z gunohlarini din pеshvosi oldida tan oladi, din pеshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kеchiradi. Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun yеpiskopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tekkizishi (yoki qo‘yishi) orqali amalga oshiriladi. Badanni еlеy bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. Pravoslav chеrkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat bеradi. Post diniy marosimi odatda, katta chеrkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqеalariga tayyorgarlikdan iborat. Rus Pravoslaviyasining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavеl kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin. Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprеlidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U «Ottsovskiy dеn»dan avval o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pеysax bayrami bilan bog‘liq bo‘lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan. Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug‘ilishi, Srеtеniе, Isoni cho‘qintirish, Prеobrajеniе, quddusga kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troitsa Muqaddas butning osmonga ko‘tarilishi, Blagovеshaniе (Injilning nozil bo‘lishi), Rojdеstvo Bogoroditso‘ (Isoning xochga osilishi) va hakozo. Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi yеtti butxona Soborlarining qarorlari, Shuningdеk Afanasiy Alеksandriyskiy, Vasiliy Vеlikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik chеrkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta'limotining asosi dеb tan olingan. Pravoslaviyening Markaziy Osiyo aholisi orasiga kirib kelishi XVI-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. Аvval savdo-sotiq, keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga aylantirishdan iborat bo‘lgan harbiy harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili Pokrovsk monastiri koshida missionerlik jamiyati tashkil qilingan. Jamiyat a'zolari mahalliy millatlarga mansub aholi orasida, garchi jiddiy natijalarga ega bo‘lmagan bo‘lsa ham, xristianlik bilan bog‘liq katta targ‘ibot ishlarini olib borganlar. Shu maksadda 1844 yili "Karomat ko‘rsatuvchi Nikolayning hayot yo‘li" nomli risolani qirg‘iz tiliga tarjima qildilar va chop etdilar. 1872 yili Rus pravoslav cherkoviga karashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, O‘rta Osiyo) yeparxial boshqarmalari maxsus diniy maktablar ochildi. Pravoslav cherkovi hozirgi kunda jamiyatimizning yuksalishi bilan bog‘liq tadbirlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, ayniqsa dindorlarni axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi o‘zining rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunda inson shaxsining qadr-qimmatini ulug‘laydigan, oila asosini mustahkamlaydigan va mehnatga, butun jamiyatga nisbatan sofdil va vijdonlilik ruhida bo‘lgan munosabatlarni qaror toptirish nazarda tutilgan. Cherkovning ichki tartibini qayta qurishni amalga oshirishga, cherkov hayotini yangilashga, ruhoniylar orasida uchraydigan ba'zi bir musulmonlarni bartaraf etishga juda katta e'tibor berilmoqda. 1988 yilda bo‘lib o‘tgan rus pravoslav cherkovining ming yillik sanasini tantanavor, ulug‘vor nishonlanishi, rus pravoslav cherkovining xalqaro obro‘sini ko‘tarilib borishiga ta'sir etdi. Muhim sanani nishonlash bilan bog‘liq bo‘lgan tantanalar, bayramlar va boshqa turli-tuman tadbirlar ruhoniylar uchun o‘zlarining faqatgina ilohiyotchilik, cherkovning ichki hayoti va tartibi bilan bog‘lanib qolmadi; balki jahonda, xususan Osiyo mintaqalarida tinchlik uchun kurash, irqiy kamsitishlarga barham berish, tabiatni muhofaza kilish, sog‘liqni saqlash, demokratik jarayonlarni rivojlantirish, jamiyatda adolatli hayotni qaror toptirish bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarni muhokama qilmoqdalar. Ulug‘ bayram kunlari diniy e'tiqod va marosimchilik masalalarini hal qilishga ham harakat qilmoqdalar. Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa bo‘ysunadi) ham mustaqil jumxuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya kiladigan tadbirlar o‘tkazmokda, xalqlar o‘rtasida osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat kilmokda. Pravoslav cherkovi ko‘p millatli mintaqada millatlararo va har xil yo‘nalishdagi dinlar orasidagi munosabatlarga dindorlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma'naviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun ko‘maklashishlarga aloxida e'tibor bermoqda. Shuningdek u ilohiyotchilikka oid bo‘lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa, shuni islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan umumiy aloqalarni izlamoqdalar va fan namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o‘rtasidagi muloqotlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining tashabbuskori bo‘lmoqdalar. Bundan tashqari rus pravoslaviye cherkovi xayriya shaklidagi faoliyatlarga, chunonchi, halok bo‘lgan jangchilarga yodgorliklar o‘rnatish, urushda jabr ko‘rgan baynalminalchi jangchilar sog‘liklarini tiklash, tinchlik va bolalar uchun mo‘ljallangan jamg‘armalarii ko‘paytirish va shu kabilarga katta e'tibor bermoqdalar. Pravoslaviening ijtimoiy, siyosiy qarashlarini va dindorlarning diniy onglari bilan bog‘liq hamma o‘zgarishlar ularning dunyoqarash mavqelarini majburan o‘zgartirishlariga olib bormaydi. Zero, rusga xristianlik kirib kelishining ming yilligini tantanali tarzda bayram qilinishining o‘zi jamoatchilikning keng doiralari orasida muayyan taassurot qoldirdi. Download 43.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling