12- mazvu: Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi. Reja: Buddaviylikning vujudga kelishi, ta'limoti. Xristianlikning vujudga kelishi
Xristianlikning vujudga kelishi, ta'limoti va oqimlari
Download 43.63 Kb.
|
12- Mavzu
Xristianlikning vujudga kelishi, ta'limoti va oqimlari. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din
o‘ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e'tiqod qiluvchilarning soni taxminan 2 mlrd. bo‘lib, bu son dunyo aholisining dеyarli uchdan biriga to‘g‘ri kеladi. Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amеrika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan. Xristianlik eramizning boshida Rim impеriyasining sharqiy qismida Falastin yеrlarida vujudga kеldi. Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos faoliyati bilan bog‘lab tushuntiriladi. Unga ko‘ra Iso Masih (Iisus Xristos) xristianlik ta'limotining asoschisi bo‘lib, u Rim impеriyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazarеt qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga kеldi. yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kеlishi bilan bog‘liq. Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kеchirar edilar. Bir tomondan Rim impеratori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar halqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan haloskorning kеlishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular halqni kutilayotgan haloskor kеlishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. Isoning tarixiyligi hususida diniy va diniy bo‘lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib, insoniyatning gunohlarini o‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta'kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi kеng ma'lumotlarni bеrsada, diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir dеguvchilar ham bor. Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma'nolarini bеradi. Grеkchada bu so‘z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» dеb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashhari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - «Nazarеt» bilan bog‘lab, nazroniya dеb ham atalgan. Kеyinchalik bu nom nasroniya, nasroniylik shaklini olgan. Iso Masih o‘z ta'limotini o‘zining 12 o‘quvisi Apostollar - havoriylarga o‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan kеyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga kеltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «yangi ahd» qismini tashkil etadi. Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta'siri bo‘lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va Isida, Eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to‘g‘risida hikoya qiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta'limotiga kiritilgan. Xristianlikdagi odam-xudo to‘g‘risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona imperiyaga birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to‘g‘risidagi ichki siyosati ham katta ta'sir ko‘rsatgan. Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining "qadimgi axdnoma" kitobiga kirgan barcha "muqaddas g‘oyalar", ya'ni Yerni Xudo yaratganligi, o‘simlik va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquki, oxirat rohatlari haqidagi g‘oyalar katta rol' o‘ynagan. 1947 yili O‘lik dengiz qirg‘og‘idagi qumron yaqinida qadimgi qo‘l yozmalar topilgan edi. Bular hukmron jamoaning diniy ta'limotlari - iudaizm va xristianlik o‘rtasidagi oraliq butunni tashkil kilganligani ko‘rsatmokda. Shunday qilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko‘pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag‘allarning talablarini, "xaloskorlik" g‘oyalarini o‘ziga singdirgan holda din sifatida vujudga kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi o‘zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo‘lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g‘oyaviy quroliga aylangan. O‘sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalqlar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xristianlikdagi diniy g‘oyalarni xisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e'lon qilgan. 325 yilda uning ko‘rsatmasi bilan Nikey soborida xristianlarning birinchi yig‘ini bo‘lib o‘tgan. Unda yepiskoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan holga keltirganlar. Shundan buyon, davrlar o‘tishi bilan xristianlik butun Yevropa, Shimoliy va Janubiy Аmerika, Аfrika, Аvstraliya qit'alariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari xududlariga ham qisman yetib kelgan jahon dinidir. Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o‘zgarmas karomatni, bilimni, benihoya qudratning egasi bo‘lgan yakka xudo haqidagi g‘oyani asoslaydi. U uch ko‘rinishdagi yakka xudoni o‘zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch xil ko‘rinishdagi xudo haqidagi ta'limotga binoan, xudoning ichki haeti sababi o‘zo‘zidan mavjud bo‘lgan uchlikdagi uch asos yoki "muqaddas uchlik" bo‘lgan - otaxudo, o‘g‘il-xudo va muqaddas ruhning o‘zaro munosabatidir. O‘g‘il Iso bayon qilingan tarjimai holiga ko‘ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (pravoslav yo‘nalishi ta'limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o‘g‘il-xudo ham xudodan tug‘ilgan). Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida, "Gunohni yuvish", ya'ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda kurbon qilishi" haqidagi ta'limot bilan mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh - ota xudo, bola xudo va muqaddas ruh - uch yuzli xudo to‘g‘risidagi ta'limoti, targ‘iboti, tashkilotchiligi, jannat va do‘zax, oxirat ya'ni dunyoning oxiri borligi, Isoning qayta tirilishi haqidagi va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi. Xristianlik davlat dini deb e'lon qilingandan so‘ng, 325-yilda imperator Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning birinchi jahon yig‘ilishi bo‘lgan. Yig‘ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqqan va xudoni uch shaxsning ota xudo, o‘g‘il xudo ruh xudo, birlikda ifodalaiishidir deb uqtirgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo‘lib o‘tgan ikkinchi jahon yig‘ilishida cho‘qinish va tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilingan. Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso o‘g‘il xudo hisoblangan. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko‘ra, Iso xudoligicha qolgan holda Mariya ismli qizdan tug‘ilgan. Butga parchalangan xudo Iso tortgan azoblari va o‘limi bilan o‘zini odamlarning gunoxlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu aqidaga ko‘ra, Iso odamzodga gunoxlardan xalos bo‘lish yo‘lini ko‘rsatib bergan. Isoning tirilishi aqidasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e'lon qilingan. U tirilgandan so‘ng osmonga - ota xudo huzuriga chiqqanligi, ya'ni osmonga chiqib tushishi (islomda me'roj) aqidasi bu dunyodagi xayot oxiratidagi mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi. Xristianlikda iymon kalimasi "yagona, muqaddas sobor va opostol cherkovi"ga ishonishni, cho‘qintirish zarurligini tan olnshni, qiyomatda o‘liklarniig tirilishiga, shundan so‘ng savob egalariga mangu rohat-farog‘at ko‘rish, gunohkorlarga doimiy azob-ukubat tortish davri kelishiga ishonishni buyuradi. Diniy g‘oyalar tarkib topishi bilan bir qatorda xristian ibodat marosimlari ham shakllanib borgan. Xristian marosimchiligining eng muhim elementlari sirli ibodat (tainstvolar) deb yuritiladi. Bular qatoriga cho‘qintirish (suvga sho‘ng‘itib olish), miropomazanie (cho‘qintirilgan kimsaga xushbo‘y katron-miropa surtilgach, "muqaddas ruh" ning huzur-halovati unga o‘tishi); yevxaristiya yoki prichishenie (non va vinoni Isoning tanasi va qoni deb tasavvur etgan holda iste'mol qilish), tavba qilish (dindorning ruhoniy vositasida xudodan kechirim so‘rashi va o‘z gunohlarini unga aytib berishi), nikoh, ruhoniylikka fotiha berish, soborlashtirish, ya'ni bemorni muqaddaslashtirilgan zaytun moyi - yelega bo‘yash kabilar kiradi. Xristianlikning bosh ibodati liturgiya (obednya, msssa) bo‘lib, u har xil afsungarliklar, muzika chalish, ashula aytish, "muqaddas" yozuvlarni o‘qish, qad bukib ta'zim bajo keltirish, sham va chiroqlarni yondirish, xushbo‘y narsalarni chekish bilan qo‘shib olib boriladigan diniy amallardan iborat. "Muqaddas uchlik" ning har biri, orqali Bibi Maryamni ulug‘lash "xudoga xush kelgan avliyolarga", xudo yarlaqaganlarga sig‘inish vujudga kelgan. Xristianlikda butga cho‘qinish ham muhim o‘rin egallaydi. Unda pasxa (Isoning tirilishi), tariqa (yoki pyatidesatnitsa), rojdestvo (Isoning tug‘ilishi) va boshqa bayramlarga katta o‘rinberilgan. Xristianlikning shakllanib turli mamlakatlarga yoyilishi, ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maьnaviy siljishlarga ham duch kela boshlagan. Boshqa jaxon dinlari kabi unda ham turli yo‘nalishlar, mazhablar, sektalarga bo‘linish jarayoni sodir bo‘lgan. Eng birinchi ajralish xristianlikda IV-V asrlarda ro‘y bergan, ya'ni Iso masihni talqin qilishda farklanadigan ikkita diniy-aqidaviy yo‘nalishlar - monofizitlar va nestorianlar yuzaga kelgan. Ko‘pchilik xristian ilohiyotchilari Iso masihni ham xudo, ham odam mohiyatiga ega deb bilsa, Konstantinopolь arximandrati Yevtaxiya ta'limotining tarafdorlari bo‘lgan monofizitlar u faqatgina xudo mohiyatining birligidan iborat deb hisoblaganlar. Kostantinopol patriarxi Nestor qarashlari tarafdori bo‘lgan nestorianlar esa u xudo insonlar hayoti kabi yashashi uchun vujudga kelgan odamdir, deb targ‘ib qildilar. Efes soborida (431 yil) iestorianchilikka bid'at deb karalib, uning tarafdorlarini ta'qib qilish boshlangan. Natijada ommaviy harakatlar boshlashlariga sabab bo‘lgan. Hozirgi kunda monofizitlikka Yaqin sharkdagi Yakobitchilar, Janubiy Hindiston va Efiopiya xristian aholisining 96 foizi amal qiladi. 471 yildan e'tiboran yuqorida qayd etilgan cherkovlar qadimgi Sharq cherkovlari deb atala boshlangam. Nestorianlar, eng avval, Ossuriylar orasida tarqalgai. Bularning diniy jamoalari xozirda ham Suriyada, Iroqda, Eronda va Hindistonda bor. 1054 yilga kelib xristianlikning pravoslav va katolik cherkoviga bo‘linishi rasman tan olingan. Bu bo‘linish Rim imperiyasining Sharqiy va g‘arbiy qismlari orasidagi feodal munosabatlarning tafovutlarini o‘zida aks ettirgan. Rim papasi bilan Konstatinopol patriarxi o‘rtasidagi barcha xristian cherkovlari ustidan yakka hokimlik o‘rnatish uchun shiddatli kurashlar bo‘lgan. Xristianlikning alohida va mustaqil g‘arbiy tarmog‘i Rim katolik cherkovi, ya'ni umumiy, jahon Rim cherkovi deb atala boshlagan. Dunyoviy hokimiyatga tobe bo‘lgan Sharqiy xristianlik grek-kefilik (grekcha - butun dunyo) yoki izchil, sobitqadam (ortodoksal) xristianlik deb atala boshlangan. Pravoslavie va katolitsizm yerlarida umumiylik ham, bir-biridan farklanadigan jihatlari ham bor. XVI asrdagi reformatsiya jarayonida feodalizm va kapitalizmga qarshi keng quloch yozgan harakatlar Yevropadagi burjua revolyutsiyalarining eig birinchi ifodalari edi. Katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi patijasida xristiailikda protestantlik harakatlari vujudga kelgan. Buning doirasida lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik va kalьninizm cherkovlari shakllangan. Har bir chsrkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi. Hozirgi zamon xristianligida turli yo‘nalish va oqimlar orasidagi kelishmovchiliklarning kamaytirilishi bugungi kun uchun xosdir. Bunga 1948 yilda tashkil topgan Jahon cherkovlari kengashining faoliyatlari va ekumenik xristianlar ko‘maklashmoqda. Download 43.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling