Ilova xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarini jo'natilish vaqti va turli hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo — shikoyat ishlarida u yozma dalil sifatida qo‘lianishi mumkin. Ilova xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarini jo'natilish vaqti va turli hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo — shikoyat ishlarida u yozma dalil sifatida qo‘lianishi mumkin. Ilova xatlar boshqa hujjat materiallari bilan birga qo'shib jo‘natiladi, Ilova xatlarning matnida, odatda, xulosa qismi asosiy o‘rinni egallaydi. Unda ilova qilinayotgan hujjatlar va ulami jo‘natishdan ko‘zlangan maqsad ham ko‘rsatiladi. Hujjatlami jo'natishda har doim ham ilova xat tuzilishi shart emas. Birgina hujjatni (ma’lumotnoma, buyruqnoma va boshqalar) jo‘natishda ilova xatlar tuzilmaydi. Agar ilova qilingan hujjatlar qo'shimcha izohlar, ma’lumotlar, taklif va iltimoslar bilan bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha qismlardan tashkil topsagina, ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir. Boshqa barcha hollarda ilova xat ortiqcha hisoblanadi. Ilova xat davlat intizomiga rioya qilishni va jo‘natiladigan hujjatlarning yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi ishonchli vositadir. Agar ilova qilingan hujjatlar qo'shimcha izohlar, ma’lumotlar, taklif va iltimoslar bilan bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha qismlardan tashkil topsagina, ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir. Boshqa barcha hollarda ilova xat ortiqcha hisoblanadi. Ilova xat davlat intizomiga rioya qilishni va jo‘natiladigan hujjatlarning yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi ishonchli vositadir. Yo'llaymiz, ilova qilamiz, qayta yo'llaymiz, taqdim qilamiz kabi so‘z va birikmalar ilova xatlarning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. Kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. So‘rov xat Javob talab qilinadigan bunday yo'zishmalarda ma’lumotlar hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so'raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |