12-amaliy mashg’ulot. Kasrlarning ifodalanishi


Sonli tenglik, tengsizlik va uni yechishga o'rgatish metodikasi


Download 134.28 Kb.
bet16/18
Sana22.04.2023
Hajmi134.28 Kb.
#1380451
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
12 amaliy mashg\'ulot

2.Sonli tenglik, tengsizlik va uni yechishga o'rgatish metodikasi.
1. Boshlang’ich sinf dasturida 7+x=10, x-3=10+5, x=(7-10)70, x:2=15 kabi 1-darajali bir noma'lumli tenglamalar qaraladi. Bu tenglamalarni yechish amalda qatnashayotgan harfning shunday qiymatini topish kerakki, uni tenglamaga qo’yganda rost tenglik hosil bo’lsin. Bunday tenglamani yechish amal komponenti bilan amal natijasi orasidagi bog’lanishni o’qitish metodikasidan foydalaniladi.
2. Tayyorlov bosqichida 10 ichida qo’shish va ayirishda noma'lum komponentni topishga doir.
Misol. 4+...=6, 5-...=2, …-3=7
3. Shunga doir sodda masalalar yechish
Misol. Noma'lum songa 3 ni qo’shib 8 hosil qilindi. Noma'lum qo’shiluvchini toping ...+3=8. shundan so’ng noma'lumni harf bilan belgilashni o’rgatadi. …+3=8
Boshlang’ich sinfdatenglamaningta'rifi, yechimi, yechish kabi ta'rif va tushunchalar berilmaydi, faqat tenglamani o’qish, yozish, noma'lum komponentlarni topish tushunchalari bilan tanishadilar.
4. 2-sinfda k’opaytirish va bo’lishga doir
x3=12, 5x=10, x:2=4, 6:x=3 ko’rinishdagi tenglamalarni yechish o’kitiladi.
5. Tenglamani o’qitishning 1-qadamidayoq noma'lumning o’rniga quyish bilan tenglikni tekshirishga o’rgatib boriladi.
6. 2-sinfda ulardan murakkabroq x+10=80-7, x+(45-17)=40 kabi tenglamalarni yechishga o’qitiladi.
7. 3-sinfdan boshlab 4 amalga doir misollar yechiladi.
8. 4-sinfda ko’p xonali sonlar bilan birgalikda 4 amalga doir tenglamalarni yechish qaraladi.
9. 2-sinfdan boshlab a+26<30, a+26=30, a+26>30 ifodalar quyidagi qanday qiymatda o’rinli, degan jadval bilan misol beriladi.

a

0

1

3




a+26

26










X+3<7, x+4<12, 72:x<36 kabi o’zgaruvchili tengsizliklar 2-sinfda o’qitiladi. Lekin 1-sinfdayoq bunga tayyorgarlik mashqlari o’tkaziladi. Misol: ...>0, 6+4>..., 7+...<10, 2-sinfdan boshlab esa o’zgaruvchi harf bilan belgilanadi. Misol: x+3<10 tengsizlikda x ning o’rniga sonlarni tanlab qo’yib tengsizlikning rost bo’lgan qiymatlari to’plamini topadilar.


"Tengsizlikni yeching", Tengsizlikni yechish" terminlari boshlang’ich sinfda kiritilmaydi. Faqat sonlarning o’rniga qo’yish bilan to’qri tenglik yoki noto’qri tenglik hosil bo’lishi tushuntiriladi.
Misol: 7x>70 tengsizlik x ning qaysi qiymatlarida o’rinli? Eng avvalo o’qituvchi x ning qaysi qiymatlarida tenglik hosil bo’lishini so’raydi. Bunda x=10 javob bo’ladi. Ko’paytma katta bo’lishi uchun x ni 10 dan katta qilib olish kerak degan mulohaza kelib chiqadi. O’quvchilar endi 11, ,12, 13, ... sonlarni qo’yib misolga to’qri javob qaytaradilar.
Tengsizliklar bilan bajarilgan ishlar amal komponentlarining o’zgarishi bilan amal natijalarining qanday o’zgarishiga olib kelishi bilan yakunlanadi.

Download 134.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling