12-amaliy: Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar
Qurilish maydonining zilzilaga mustahkamligi
Download 39.24 Kb.
|
8-9-Amaliy. zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zilzilabardosh zaminlar usullari.
Qurilish maydonining zilzilaga mustahkamligi.
Inshoot zaminning zilzilaga mustahkamligini aniqlashda, to‘lqinlar ta’siri natijasida hosil bo‘luvchi seysmik tebranishning yuqori qiymati (αmax) asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun seysmik tezlanishning yuqori qiymatini to‘g‘ri va aniq belgilash juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu maqsadda aholi yashaydigan yirik punktlarda, hamda katta ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat va gidrotexnika qurilish ob’ektlarida maxsus geologik va gidrogeologik qidiruv ishlari olib boriladi. Bu qidiruv ishlari natijasida kuzatilgan xudud uchun yirik masshtabli xarita tuzilib, unda turli gruntlar o‘ziga xos ballar bilan ifodalanadi. Seysmik xaritalar umumiy asosga tayanib tuziladi. Bunda yuqoridagilarni hisobga olib gruntlarning seysmik xususiyatlari asos qilib olinadi. «Seysmomikroxudud» xaritasi deb ataluvchi bunday xaritalardan maydonning zilzilaga nisbatan mustahkamligini va qurilish ishlari olib borish uchun qulay bo‘lgan maydon izlashdan foydalaniladi. Shu qatlamda uchraydigan gruntlarning zilzila balini aniqlashda S.V.Medvedev taklif etgan quyidagi ifodadan foydalaniladi: (6) bunda k-hisoblash ballining mezon gruntiga nisbatan ortiq yoki kamligi; Uk,Um-kuzatuv olib borilayotgan va mezon gruntlarda zilzila to‘lqinlarining tarqalish tezligi; ρk, ρm-kuzatuv olib borilayotgan va mezon gruntlar zarrachalarining zichligi. Zilzilabardosh zaminlar usullari. Keyingi vaqtda kuchli zilzilalar yuz beradigan joylarida ko‘plab turli inshootlar bunyod etilishi sababli ularning seysmik jihatdan mustahkamligini ta’minlash asosiy vazifadir. Har qanday zaminning zilzilaga mustahkamlik holatini aniqlashda gruntlarning fizik-mexanik va mustahkamlik ko‘rsatkichlaridan foydlanish maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi. Qurilish maydonining zilzilaga mustahkamligi “Zilzilabardosh zaminlar” usulidan topiladi [6]. Bu usulga asosan har qanday qurilish maydonining zilzilabardoshligi shu maydon tashkil topgan gruntlarning fizik-mexanik va mustahkamlik ko‘rsatkichlari va inshootda zaminga ta’sir etuvchi bosim qiymati hisobga olingan holda aniqlanadi. Bunda qurilish maydonining hisobiy zilzila balli shu maydon joylashgan qatlam uchun o‘rnatilgan balldan ortiq yoki kamligi seysmik mustahkamlik koeffitsenti orqali ifodalanadi: , (7) bunda αs - qurilish maydoni joylashgan qatlam uchun belgilangan eng kuchli zilzila tezlanishi; αm - muvozanat tezlanishi. Muvozanat tezlanishi deb shunday zilzila tebranishiga aytiladiki, uning ta’sirida tebranayotgan grunt o‘z mustahkamligini saqlaydi. Shuning uchun zaminga ta’sir etayotgan zilzila tezlanishi qiymati muvozanat tezlanishidan yuqori bo‘lsa, u holda grunt o‘z mustahkamligini yo‘qotib, zarrachalar o‘rtasida o‘zaro zichlashuv yuz beradi. Muvozanat tezlanishi quyidagicha aniqlanadi: (8) bunda: g-jismning erkin tushish tezlanishi; δ-grunt og‘irligidan va inshootdan kuzatuv olib borilayotgan sathga ta’sir etuvchi tik bosim qiymati; φw -gruntning ichki ishqalanish burchagi; sv -bog‘lanish kuchi; T-tebranish davri; Um-zilzila ko‘ndalang to‘lqinlarining tezligi. Zilzilaga chidamli maydon izlashda asosan qulay yoki noqulay grunt sharoitlariga ahamiyat beriladi. Odatda, zilzilaga chidamli bo‘lgan qulay gruntlarga, buzilmagan yaxlit tog‘ jinslari, zich joylashgan, kam namli yirik mayda zarrachali gruntlar kiradi. Shu bilan birga tik qiyaliklar, zax chuqurliklar va tekisliklar, shuningdek, to‘la namlangan mayda zarrachali qumlar, plastik holatdagi loylar, sog‘ tuproqli gruntlar zilzila jihatidan noqulay deb hisoblanadilar. Download 39.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling