12-amaliy: Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar


Zaminlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlar


Download 39.24 Kb.
bet4/4
Sana06.05.2023
Hajmi39.24 Kb.
#1434952
1   2   3   4
Bog'liq
8-9-Amaliy. zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

Zaminlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlar
Zaminlarni zilzila nisbatan mustahkamligini oshirishga qara-tilgan tadbirlar turlichadir. Ularning ba’zilari zamin gruntlarining zilzilaga qarshi mustahkamligini oshirishga yo‘nalgan bo‘lsa (gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari, ya’ni φ va s qiymatlarini sun’iy yo‘llar bilan ko‘paytirish orqali), boshqalari esa inshootning zilzilaga bardoshligini oshirishga (inshootdan uzatilayotgan tik yo‘nalgan kuchlanishlarni va poydevor chuqurligini oshirish yo‘li bilan) qaratilgan.
Gruntlarning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshirish tadbirlari.
Gruntning mustahkamlik ko‘rsatkichlari φ, sv ni oshirish bevosita muvozanat tezlanishi αm ning va zamin mustahkamlik koeffitsenti km ni oshiradi [6]:
,
bunda αs-qurilish maydoni joylashgan qatlamlar uchun belgilangan eng kuchli zilzila tezlanishi;
αm -muvozanat tezlanishi.
Bu maqsadda quyidagi tadbirlar olib boriladi:
-bo‘sh grunt qatlamini zichlash;
-grunt zarrachalari orasidagi bog‘lanish kuchi qiymatini kimyoviy yo‘llar bilan oshirish;
-grunt zarrachalari orasidagi bog‘lanish kuchini issiqlik ta’sirida oshirish;
-yer osti suvlarini zamin atrofidan chetlashtirish va boshqalar.
Inshoot loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar.
Zaminlarning zilzilabardoshligini inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash va bo‘sh g‘ovak gruntlar qatlamini qisqartirish yo‘li bilan ham oshirish mumkin. Inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash usuli zaminlarning yuk ta’siri ostidagi qismining atrof qismlariga nisbatan mustahkamlik xossasiga asoslangan. Ma’lumki poydevor uchun qazilgan chuqur ko‘pincha shu joydan olingan grunt bilan to‘ldiriladi.
Poydevor atrofiga to‘kilgan gruntlarning ustidan zilzilaga ko‘proq chidamli ashyolar bilan yuklash maqsadga muvofiq. Bunday tadbir to‘kilgan gruntlarning muvozanat tezlanishini oshirib, ularning zilzilaga mustahkamligini ham oshiradi.
Inshoot atrofini qo‘shimcha yuklash maqsadida, ko‘pincha shu inshootning atrofiga joylashtiriladigan ayrim binolar yoki bu maqsadda yirik toshlar va zichlashtirilgan gruntlar ham foyda berishi mumkin.
Bo‘sh va g‘ovak gruntlar qatlamini kamaytiruvchi tadbirlarga binokorlik tajribasida keng qo‘llaniladigan poydevor chuqurligini oshirish yoki qoziqli poydevor qo‘llash va hokazolar kiradi.
Chuqur joylashgan poydevorlar har qanday inshoot uchun, sanoat va jamoat, ko‘prik ustuni, suv inshootlari va boshqalar uchun ham juda qo‘l keladi. Bunda chuqur joylashgan poydevorlar yordamida qo‘shimcha yerto‘lalar hosil bo‘lib, ular keltiradigan foydani nazarda tutganda maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, chuqur poydevorlar qo‘llanilganda inshootdan tushayotgan bosim zaminning chuqur va pishiq, ko‘p yuk ko‘taruvchi qatlamlariga uzatilib, bu bilan inshootning umumiy mustahkamligi ta’minlanishi shubhasiz.
Shunday qilib, chuqur joylashgan poydevorlar va ustun qoziqlar ishlatishdan asosiy maqsad bo‘sh va g‘ovak gruntlar qatlamini qisqartirish yo‘li bilan zaminlarning zilzilabardoshligini oshirishdan iborat.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, zaminlarning zilzilabardoshligini oshirish yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlari binokorlik tajribasida foydalaniladigan tadbirlarning ayrimlari bo‘lib, ularning soni har bir alohida sharoitga mos ravishda oshib borishi mumkin.
Download 39.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling