12-Amaliyot mashg‘uloti. Mavzu: Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish. Ishdan maqsad


Download 164.86 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi164.86 Kb.
#1015972
Bog'liq
12-amaliyot


12-Amaliyot mashg‘uloti.
Mavzu: Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: Optik signalni quvvat bo‘yicha cheklash vazifasini bajaruvchi optik passiv qurilma bo‘lgan optik attenyuatorlarning xarakteristikalarini o‘rganish.

  1. Nazariy qism

Ayrim hollarda, o‘zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quvvatini birmuncha susaytirish zarurati tug‘iladi. Chunonchi, katta sathli raqamli optik signal qabul qiluvchi optoelektron modulning asosiy elementi bo‘lgan fotoqabul-qilgichning to‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko‘rinishli optik signallarni uzatish chog‘ida quvvat sathining haddan tashqari ortib ketishi fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlariga va tasvirning yomonlashuviga sabab bo‘ladi .


Ana shunday hollarda optik nurlanish yoki optik signal quvvatini susaytiruvchi passiv elementlar - attenyuatorlardan foydalaniladi.
Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatgichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazer diodining chiqish quvvatini, undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari kabi qurilmalar talab etadigan sath bilan moslashtiradi.
Yorug‘lik intensivligi fotodiodning dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta bo‘lgan qisqa optik tolali seksiyalarda attenyuator o‘rnatish mumkin. Ular intensivlikni fotoqabulqilgichning dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi .
Ishlash prinsipiga ko‘ra attenyuatorlar co‘nish qiymati bo‘yicha o‘zgaruvchan va so‘nish qiymati qayd etilgan (o‘zgarmas bo‘lgan) turlarga bo‘linadi (12.1-rasm).
O‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0-20 dB oraliqgacha o‘zgartirish imkonini beradi.
O‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Bu qiymat 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB ni tashkil etishi mumkin.


a) sozlanuvchan, o‘zgaruvchan optik attenyuatorlar



b) Fiksatsiyalangan optik attenyuatori


12.1-rasm. Optik attenyuatorlarining turlari


Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish qiymati ±15 % dan, optik aks etish sathi esa, -40 dB dan ortmasligi kerak. Attenyuatorlarning ishchi to‘lqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani va eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi 1310-1580 nm oraliqda yotadi. Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak . Quyidagi 12.1-jadvalda attenyuatorlarning asosiy xa-rakterstikalari keltirilgan.


12.1-jadval



Xarakteristikaning nomlanishi

Son qiymatlari

So‘nish diapazoni

5.....20Db

Nominal so‘nish qiymatidan maksimal og‘ish

+1 dan +2 dB gacha

Ishchi chastota diapazoni

1270 dan 1600 nm gacha

Teskari sochilgan nurning yo‘qotilishi

20 dan 50 dB gacha

Spektral sezuvchanlik

Katta

Qutblanishga sezuvchanlik

Juda past yoki umuman yo‘q(<0,5 dB)

Takroriylik

+2dB



2. Amaliyot mashg‘uloti topshiriqlari

1. Optik attenyuatorlar, ularning vazifalari va ishlash prinsiplari.


2. Optik izolyatorlar, ularning vazifalari va ishlash prinsiplari.
3.Optik filtrlar, vazifasi va turlari.
4. Iptik izolyatorlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan modellari.
5. Optik attenyuatorlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan modellari.


3. Amaliyot mashg‘ulotini bajarish

Amaliyot ishi 2 - qismga ko‘ra xisobot ko‘rinishida tayyorlanadi va talaba tomonidan himoya qilinadi.




4. Nazorat savollari


1.Optik aloqa tarmoqlarida optik attenyuatorlar qanday maqsadda qo‘llaniladi.
2. Optik attenyuatorlarning turlari?
3. Optik attenyuatorlarning so‘ndirish qiymati sakrab sozlanuvchi turining o‘ziga xos xususiyatlari?
4. Optik attenyuatorlarning so‘ndirish qiymati qayd etilgan (ya’ni o‘zgarmas) turining o‘ziga xos xususiyatlari?
5. Optik attenyuatorlarning so‘ndirish qiymati oxista sozlanuvchi turining o‘ziga xos xususiyatlari?

Adabiyotlar: A1; A2; Q5; Q6;
Download 164.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling