12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv
JST va milliy mustaqillik
Download 360.84 Kb.
|
1chi
JST va milliy mustaqillik
Anti-globalizatsiyada harakatida tez-tez ko’tariladigan mavzulardan biri bu erkin savdo va kapitalning erkin harakatiga bo’lgan harakat milliy suverenititetni zaiflashtirishi haqidagi fikr hisoblanadi. Buning ashaddiy ko’rinishi hisoblangan Jahon Savdo Tashkiloti milliy hukumatlarni o’z istaklariga ko’ra siyosatni amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan xalqaro qudratga ega deb ta’riflanadi. Bu ayblov qanchalik o’rinli? Qisqa javob shuki, JST hech qanaqasiga jahon hukumati kabi ko’rinmaydi. Uning vakolati asosan mamlakatlardan o’zlarining xalqaro savdo kelishuvlarini bajarishlarini talab qilish bilan cheklanadi. Ammo JSTning xalqaro qudrati degan qarashda bir chimdim haqiqat bor. Bu uning savdo siyosatidagi tariflar, eksportga subsidiyalar va miqdoriy cheklovlar kabi an’anaviy vositalarni tekshirib borishdan tashqari yashirin savdo siyosatini olib borayotgan ichki siyosatlarni ham nazorat qilish huquqidir. Va qonunga asoslangan mahalliy siyosat va yashirin ptotektionizm orasini aniq farqlab bo’lmaganidan, ba’zi holatlarda JST mahalliy(ichki) siyosatga aralashayotgandek ko’rinadi. 331-sahifada, biz bu masaladagi mujmal(dudmal)lik ifodalangan taniqli holatni ta’riflab berganmiz. Ko’rib o’tganimizdek, AQSh Toza Havo Aktiga (Clear Air Act) tuzatish kiritib, import qilinayotgan yoqilg’i mahsulotlari mahalliy tozalash zavodlari tomonidan ta’minlanayotgan yoqilg’idan ko’proq ifloslantirmaydigan bo’lishi talab etildi. JST esa bu talabnomani mavjud savdo kelishuvlarining buzilishi deb hukm chiqardi. Bu hukm esa JST tanqidchilari uchun bu tashkilot demokratik yo’l bilan tayinlangan hukumatning atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan harakatini qanday qilib barbod qilganligiga misol bo’ldi. Biroq JST himoyachilari JST qarori AQShning importga va mahalliy ishlab chiqarishga turli xildagi standartlar joriy qilganligiga asoslanganligini bildirib o’tishadi. So’nggida ba’zi AQSh tozalash zavodlari o’rtachadan ko’ra ko’proq ifloslantiradigan yoqilg’i bilan ta’minlashdi, ammo ularga faoliyatni davom etishga ruxsat etildi. Va bu qaror Venesueladan keladigan ifloslantiruvchi yoqilg’ining AQSh bozoridagi savdosini himoya qildi, ammo mahalliy tozalash zavodlaridan keladigan bir xilda ifloslantiruvchi yoqilg’ilar savdosiga ham ruxsat berdi. Agar yangi qaror mahalliy va xorijiy yoqilg’idan bir xil standart talab qilganida, u JST uchun ma’qul bo’lgan bo’lar edi.
Download 360.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling