12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Mehnat me’yorlari(standartlari) va savdo muzokaralari


Download 360.84 Kb.
bet10/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1chi

Mehnat me’yorlari(standartlari) va savdo muzokaralari

Erkin savdo tarafdorlari va anti-globalizatsiya faollari globalizatsiya ishchilar uchun yaxshimi yoki yo’q kabi muhim savollar ustida tortishishlari mumkin. Biroq kichik amaliy siyosat muammolari xavf ostida: kambag’al mamlakatdagi ish haqini va mehnat sharoitlarini yaxshilashni ta’minlashni qanday darajadagi xalqaro savdo kelishuvi o’z ichiga oladi.

Ish haqini va mehnat sharoitini tekshirib boradigan va iste’molchilarga tekshirishning yaroqli natijalarini taqdim etadigan tizimga aniq sabab ko’rsatadigan iqtisodchilardan eng kamtarona takliflar kelgan. Ularning sabablari 10-bobda keltirilgan bozordagi pasayishning tahlili ko’rinishida. Faraz qiling, rivojlangan mamlakatdagi iste’molchilarga yetarlicha haq oladigan ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishganida o’zlarini yaxshi his qilishishini taklif qilishadi. Shunda tizim ma’lumot yig’ishda ortiqcha harakat sarf qilmasdan iste’molchilarga ishchilarga ikki tomonlama foyda olish imkonini ta’minlash uchun haqiqatan ham yetarlicha haq to’lanayotganini bilishga ijozat beradi. (bob so’nggidagi Qo’shimcha O’qish uchun ro’yhatida misol qilib keltirilgan Kimberley Ann Elliot o’smirga shunday sitata keltiradi: “qara, menda hamisha do’konga borganimda ko’pchilik siyosiy faollar kabi bo’lish uchun vaqt yo’q. shunchaki menga qanday oyoq kiyim xarid qilish uchun yaxshi ekanligini ayt, xo’pmi?”) iste’molchilar faqatgina “tasdiqlangan(sertifikatlangan)” mahsulotlarni sotib ola olishgani uchun, o’z xaridlaridan mamnun bo’ladi va ular o’zlarini yaxshi his qilishadi. Bu paytda esa tasdiqlangan fabrikalardagi ishchilar boshqa vaziyatda ega bo’ladiganiga qaraganda yaxshiroq yashash stantardlariga ega bo’lishadi.

Bunday tizim tarafdorlari rivojlanayotgan mamlakatdagi yashash sharoitlariga katta ta’sir o’tkaza olmasliklarini tan olishadi. Chunki bu asosan faqatgina eksportga mo’ljallangan fabrikalardagi ishchilarga ta’sir etishi mumkin. Bu qatlam esa hatto eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotda ham kichik miqdordagi ishchi kuchini qamrab oladi. Ammo ular bu ishning zararidan foydasi ko’ligini aytishadi.

Rasmiy mehnat standartini kiritish bu boradagi katta qadam bo’ldi, ya’ni savdo shartnomasining qismi sifatida eksport tarmoqlari qilishi yetarli sharoit ta’minlashi kerak edi. Bundan standartlar rivojlangan mamlakatlarda ulkan siyosiy ko’makka ega bo’ldi. Haqiqatan, Prezident Bill Klinton dastlab tasvirlangan halokatli Seattle uchrashuvida bunday standartlarni yoqlab nutq so’zlaydi.

Savdo kelishuvidagi mehnat standartlarga ko’mak borasidagi iqtisodiy tortishuv mahalliy ishchilar uchun minimal ish haqiga ko’maklashishga o’xshashdir: ba’zi iqtisodiy nazariyalar minimal ish haqi kam malakali ishlarning sonini kamaytirishini ta’kidlasalar, ba’zi(hammasi emas) mulohazali iqtisodchilar bunday ta’sirlar kichik bo’shini va yollangan ishchilarning daromadi o’sishida minimal ish haqining ta’siri orqali oshib ketishini aytadilar.

Biroq savdo sohasidagi mehnat standartlari rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan salbiy kutib olindi, chunki ular bu standartlarga ochiqchasiga qo’llanilayotgan protektsionizm siyosati vositasi sifatida qarashdi: rivojlangan mamlakatlar siyosatchilari standartlarni rivojlanayotgan mamlakatlar amalga oshira olmaydigan darajada belgilashi, natijada ularning mahsulotlari narxi jahon bozori narxlaridan oshib ketishi mumkin edi. O’ziga xos munosabat shu ediki,bu xuddi xorijiy kompaniyalarni bezovta qilish uchun xususiy kompaniyalar qo’llaydigan antidumping qonunlarini ishlab chiqish kabi, mehnat standartlari ham chet el kompaniyalariga qarshi shaxsiy manfaatlarda qo’llanilishiga asos bo’lib qo’llanilishi mumkin edi. Bu esa Seattleda bo’lgan suhbatning mojaroga aylanishiga sabab bo’lgan o’ziga xos munosabat bo’ldi.


Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling