12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Anti-globalizatsiya harakati


Download 360.84 Kb.
bet8/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1chi

Anti-globalizatsiya harakati

1995-yildan avval, rivojlangan mamlakatlar aholisi tomonidan xalqaro savdo ustidan yozilgan shikoyatnomalar xalqaro savdoning rivojlangan mamlakatlar aholisiga keltiradigan ta’sirini aks ettirgan edi. 1980-yillar davomida, ko’plab yevropaliklar globalizatsiyaning milliy an’analarga, siyosiy erkinlikka, mehnat va iqtisodiy tenglikka keltiradigan ta’siridan tashvishlanisha boshlashdi va bu xavotirning asosiy qismi bugungi kunda ham o’rinlidir. Yevropada 1980-yildagi Yevropalashtirish (Yevropa integratsiyasi) jarayoni 1990-yillardagi globalizatsiyaning kirish qismi(muqaddimasi) bo’ldi.

Anti-globalizatsiya harakatining rivojlanishi dastlab 1998-yilda Yevropada, asosan Fransiyada, Veytnam urushiga qarshi butunjahon qarshiligi sifatida boshlandi va keyinroq AQSh talabalari tomonidan bugungi kunda e’tirof etilayotgan anti-globatsiya harakatiga aylandi. Bu harakat xalqaro savdoning rivojlanayotgan mamlakatlar ishchilariga ish muhiti va maosh bo’yicha ishlab chiqarishdagi tengligi orqali hamda kambag’al mamlakatlarning G’arb bozorlariga taklif qilayotgan foydadan foydalanish orqali keltirayotgan zararini da’vo qilishadi. Anti-globalizatsiyaning faol va norozi vakillari ochiqchasiga ko’rinish berib, xalqaro bitimlar va ko’plab tashkilotlarni ko’zlagan holda ularning kelishuvlaridagi xalqaro faoliyatining rivojlanishiga barilla qarshi chiqib to’planishadi. Globalizatsiya tushunchasi rivojlandi. Masalan, Yevropa ittifoqi o’z a’zolariga globalizatsiya jarayonidan foyda olish imkonini beruvchi yagona yirik bozorni yaratdi. 1980-yillarda, Yevropa iqtisodiyotining katta qismi kapital va mehnatni jalb qilish jihatidan cheklangan edi va hukumat va turli savdo to’siqlari orqali kuchli tartibga solinar edi. Bugungi kunda ba’zi tanqidchilar Yevropa Ittifoqi dav’at qilayotgan xalqaro bog’liqlik, milliy madaniyatlar, immigratsiya va ba’zi kutilmagan tahdidlarning (terrorizm va inson huquqlari) o’sishi tufayli haliham globalizatsiyaga qarshi chiqmoqda. Anti-globalizatsiya guruhi Jahon Banki, Iqtisodiy Kooperatsiya va Rivojlanish Tashkiloti(OECD), Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Valyuta Fondi kabi tashkilot va guruhlarni va Xizmatlar Savdosidagi Umumiy Kelishuv, Shimoliy Amerika Erkin Savdo Kelishuvi(NAFTA) va shu kabi erkin savdo kelishuvlarini maqsad qilishgan.


Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling