12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Texnologiya va tashqi ta’sirlar


Download 360.84 Kb.
bet4/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1chi

Texnologiya va tashqi ta’sirlar

11-bobdagi yangi tashkil etilgan sanoatlar muhokamasida kerakli bilimlardagi qiyinchiliklar tufayli bu sanoatda pasayish kuzatilishi ehtimolining o’sishi qayd etilgan. Agar firmalar sanoatda biror yangilik yaratishsa, boshqa firmalar undan hech qanday to’lovlarsiz foydalanishadi va o’sha sanoatda bu yangilikdan oz miqdordagi ijtimoiy foyda olinadigan qo’shimcha ishlab chiqarish kuzatiladi va bu firmalar uchun rag’batlantiruvchi omil bo’la olmaydi. Bu kabi tashqi ta’sirlar (Tovar ishlab chiqaruvchi firga qaraganda boshqalarning foydasi katta bo’lsa) kuzatilganda bu sanoatni subsidiyalash uchun yaxshi sabab bo’ladi.

Nazariy jihatdan, bu tortishuv rijovlangan mamlakatlarning sanoati kabi kam rivojlangan mamlakatlarning yangi sanoatlarda ham kuzatiladi. Biroq rivojlangan mamlakatlarda tashabbuskorlik ko’rinishlari aks etgan yuqori texnologiyalar sanoati tufayli, bu tortishuvning o’ziga xos ko’rinishi mavjud. Yuqori texnologiyalar sanoatida firmalar o’z texnologiyalarini oshirish maqsadida mablag’larining katta qismini tadqiqot va rivojlanishga yoki tajriba orttirish orttirish maqsadida yangi mahsulotlardagi yo’qotishlarga bag’ishlashadi. Deyarli barcha tarmoqlarda bu holat kuzatilgani uchun ham yuqori texnologiyalar tarmog’I bilan boshqa tarmoqlarda keskin farq sezilmaydi. Ammo mavqe jihatidan bir aniq farq borki, yuqori texnologiyalar tarmog’i bilim uchun investitsiya kiritiladigan tarmoqdir va biznesning asosiy qismi hisoblanadi.

Faol savdo siyosati shundan iboratki, odatda firmalar bilim uchun kiritgan investitsiyalarining foydasini ola boshlashganida(aks holda ular investitsiya kiritishmas edi) ular yetarlicha foyda olisholmaydi. Daromatlarning bir qimi bu firmalarning g’oyalarini va texnikalarini o’zlashtirib olgan boshqa firmalarga o’tib ketadi. Masalan elekronika sahosidagi firmalar uchun raqiblari mahsulatining ko’rinishining “teskarini ishlab chiqarish”, mahsulotning qanday ishlashi va qanday yasalhanini bilish uchun uni qismlarga bo’lib ko’rish g’alati holat emas. Patent tizimi innovatorlarni yetarlicha himoya qila olmagani tufayli, davlat aralashuvi bo’lmagan jamiyatda yuqori texnologiya firmalari qilishi lozim bo’lgan innovatsiya uchun kerakli rag’batlantirish ololmaydi.

Yuqori texnologiyalar sanoatida hukumat ko’magi. Texnologik innovatsiyalar orqali iqtisodiy o’sishni tezlashtirishga urinayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar kabi Iordaniya hukumati ham yuqori texnologiya sanoatini subsidiyalashi kerakmi? Subsidiyalash uchun ajoyib holat bo’lganda biz ehtiyotkorlikka amal qilishimiz kerak. Bu paytda asosan ikkita savol paydo bo’ladi:

1) Hukumat aniq soha va faoliyatni ko’zlay oladimi?

2) Miqdor jihatidan bu maqsaddan qanchalik yutuq oladi?

Yuqori texnologiya tarmoqlari ularda shakllangan bilimlar tufayli qo’shimcha ijtimoiy foyda yaratsa-da, bu tarmoqdagilarning ko’pchiligi hech qanday bilim yaratmaydi. Bu sohada kapital ximatlari va oddiy ishchilar uchun subsidiya kiritish uchun hech qanday asos yo’q. boshqa tarafdan qaraganda esa, innovatsiya va texnologik samara yuqori texnologiyaga mutlaqo aloqasi bo’lmagan tarmoqlarga ta’sir o’tkazadi. Asosiy prinsip shundan iboratki, savdo va sanoat siyosatida pasayish kuzatiladigan ma’lum faoliyatni maqsad qilib olishi kerak. Shu sababli, firmalarga to’g’ri kelmaydigan bilimlarni yaratishni subsidiyalashga intilishi kerak. Biroq, bilim yaratish sohasini aniqlab olish doim ham oson bo’lmaydi. Qisqacha aytganda, ma’lum faoliyatni o’z ichiga olgan “tadqiqot” muammoning juda tor qismini qamrab olishi mumkinligi haqida sanoat sohasidagi amaliyotchilar tez-tez bahslashib turishadi.

Yuqori texnologiya haqida xavotirlarning oshishi, tushishi va yana oshishi.

AQSh puxta o’ylangan, yuqori texnologiyalar sanoatiga yordam berish va ajoyib tarixga ega bo’lgan xorijiy raqiblari bilan raqobatlashish siyosatini amalga oshirishi kerakligi to’g’risida tortishuvlar mavjud. Bu kabi tortishuvlar 1980 va 1990 yillarning boshlarida keng omma diqqatini jalb etdi. Keyinchalik esa e’tibordan chetga chiqdi, yaqin yillarda esa yana mashhurlikni boshidan kechirdi.

AQSh ustunlik qilib kelgan muhim texnologik sektorlarda yapon firmalarining o’sishi natijasida yuqori texnologiyalarning 1980 va 1990 yil boshlaridagi muhokamasiga olib keldi. Eng sezilarli jihati, 1978-1986-yillarda AQShning elektron qurilmalarning asosiy tarkibi bo’lgan dinamik tezkor xotira chiplarini (RAM-random access memory) ishlab chiqarish hajmi dunyo bo’yicha 70%dan 20%ga tushib ketgan bo’lsa, Yaponiyaning ulushi 30%dan 75%gacha o’sdi. Shunda boshqa texnologiya mahsulotlarida ham shu holat kuzatiladi degan umumiy tashvish paydo bo’ldi. Ammo 333betda keltirilganidek, yaponlarning yarimo’tkazgichli xotiralar bozoridagi hukmronligiga bo’lgan qo’rquv kompyuter va unga bog’liq texnologiyalar sohasida keng ustunlikni ta’minlab berdi va fikrlarning asossiz ekanligini ko’rsatdi. Bundan tashqari, 1990-yillarda Yaponiyaning umumiy o’sishi pasaygan bo’lsa, AQSh internetni tatbiq etish va boshqa ilmiy sanoatlarni qo’lga olish orqali texnologik ustunligiga qayta ko’tarildi.

Biroq, yaqin yillarda AQSh ning texnologiyalar sanoatidagi holati to’g’risida yana tashvishlar paydo bo’ldi. Bu xavotirning asosiy sababi AQShning ATP takomillashgan texnologiyalaridagi ish o’rinlarining pasayib ketganligidir. 12-1 chizma ko’rsatganidek, AQSh ATP mahsulotlari savdosida katta kamomad sari qadam tashladi. 12-2 chizmada esa AQShning kompyuter va unga bog’liq texnologiyalarini ishlab chiqarishdagi ish o’rinlari umumiy ishlab chiqarishdagi ish o’rinlariga nisbatan juda tez pastlamoqda.







Bu qanchalik muhim? AQShning ko’plab yuqori texnologiyali mahsulotlari dengizorti fabrikalarida ishlab chiqarilayotgan bir paytda AQShning ilm-fan texnologiyasida so’nggi innovatsiyalarni yaratishni davom eta oladi. Biroq, 332 betda keltirilgani kabi ayrim nufuzli shaxslar ta’kidlaganidek, agar innovatorlar biznes va jismoniy jihatdan bu innovatsiyalarni moddiy tovarga aylantiruvchi odamlarga yaqin bo’lmasa, innovatsiyalar rivojlana olmaydi.

Bu bahsni hal qilish mushkul, chunki bu xavotirlarga qanday qilib aniq choralar ko’rish aniq emas. Biroq, “yuqori texnologiyalar sanoatiga mahsus e’tibor ko’rsatish kerakmi yo yo’qmi” savoli ustidagi bahs keying yillarda jadallik bilan o’sishi mumkindek tuyuladi.


Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling