12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Globalizatsiya va past narxli mehnat


Download 360.84 Kb.
bet7/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1chi

Globalizatsiya va past narxli mehnat.

Shunisi aniqki, siz kiyayotgan kiyimlarning asosiy qismi AQShdan ko’ra anchayin kambag’al bo’lgan mamlakatdan keltirilganini o’qishingiz mumkin. So’ggi avlod davrida rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat mahsulotlari eksportining o’sishi jahon iqtisodiyotidagi asosiy o’zgarishlardan bo’ldi; hatto aholi boshiga to’g’ri keladigan YAIM miqdori AQSHdagi miqdorning 5 % dan ham kamroq bo’lgan Bangladesh kabi juda kambag’al xalq ham hozirda mahalliy qishloq xo’jaligi va mineral mahsulotlardan ko’ra ko’proq sanoat mahsulotlariga ko’proq suyanmoqda. (rivojlanayotgan mamlakatning bir rasmiy vakili yozuvchilardan biriga shunday izoh bildirgan: “biz banan respublikasi emasmiz, biz pijama respublikasimiz.”)

Hayron qolarli joyi yo’qki, rivojlanayotgan mamlakatlarda eksport uchun sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan ishchilarga rivojlangan mamlakatlar standartiga nisbatan juda kam haq to’lashadi: soatiga 1 $dan kam, ba’zan 0.50 $ dan kam. Natijada, bu kabi kambag’al iqtisodiyotda ishchilar uchun yaxshi tanlov juda kam bo’ladi. Hayron qolarli joyi yo’qki, ish holati ham juda yomon va ba’zan 340-betdagi case studyda tushuntirilganidek halok etadigan darajada.

Kam ish haqi va yomon ish sharoiti tashvishlanishga sabab bo’lishi kerakmi? Ko’plab odamlar shunday o’ylashadi. 1990-yillarda anti-globalizatsiya harakati rivojlangan mamlakatlardagi o’z tarafdorlarini asosan kollej hududlarida to’pladi. Boshqa aloqador sabablar bo’lsada(quyida keltirilgan), harakatga jalb qilgan asosiy sabab rivojlanayotgan mamlakatlardagi kam ish haqi va yomon ish holatiga bo’lgan g’azab edi.

Xolisona aytganda, ko’plab iqtisodchilar anti-globalizatsiya harakatini adashganliklarini ko’rishgan. Qiyosiy ustunlikning odatiy tahlili shuni ko’rsatadiki, savdo bilan band bo’lish davlatlar uchun ikki tomonlama foyda keltiradi, qo’shimcha ravishda ishchi kuchi ko’p bo’lgan mamlakatlar kiyim-kechak kabi mehnat talab qilinadigan mahsulotlarni eksport qilganida nafaqat milliy daromadi oshadi, balki bu daromad ulushi ham ishchilar foydasiga o’zgaradi. Ammo anti-glabalizatsiya harakati butunlay xató ishmi?


Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling