Fakel xo‘jaligi. GQIK va GKK fakel xo’jaligi ekspluatattsiya xavfsizligini ta’minlash uchun va yonuvchi gazlarni va bug’larni ushlab qayta ishlashga qaytarishga mo‘ljallangan.
Fakel xo‘jaligiga:
1. Texnologik maqsadda ishlatib bo‘lmaydigan kommunikatsiya va jihozlardan chiqqan chiqindilar
2. Muhofaza klapanlaridan chiqadigan avariya chiqindilari.
3. Texnologik jihozlarni ishga tushirish va avariyali vaziyatda tashlanadigan chiqindilar beriladi.
To‘xtatiladigan paytda tashlanadigan chiqindilar. Hozirgi zamon GQIK va GKK larining fakel xo‘jaligi umumiy yoki yuqori unumli qurilmalarni (YeP-300, AVT-6, LK-6TS) fakel sistemalaridan tashkil topgan bo’lib zaharli gazlarni yoqish uchun qo‘llaniladi.
Fakel sistemasini loyihalash. Fakel sistemasiga chiqindi gazlarni kollektorlari (quvurlari), drenaj sistemasi, gazni ochiq yoqish uchun fakel trubalari (svecha), o‘t yo‘lini to‘sadigan to‘siq, yordamchi trubalar kiradi.
2.9-rasm. Fakel sistemasini loyihasi maketi
Ishlab chiqarishni analitik nazorati. GQIK va GKK larini to‘g‘ri ekspluatattsiya qilish uchun ishlab chiqarishni analitik nazorat qilinadi. Analitik nazorat laboratoriya analizlari yo‘li bilan olib boriladi.
Korxonani bosh rejasi. Bosh rejasi-loyihani bir qismi bo‘lib GQIK va GKK territoriyasida kompleks joylashgan injenerlik va transport kommunikatsiyalarni, imorat va inshoatlarni joylashtirish masalasini kompleks hal qiladi.
Korxonani bosh rejasiga - loyihalash jarayonida korxonani qurish uchun ajratilgan maydonida ga tushirilgan hamma imoratlar, inshoatlar, avtomobil va trasport yo’llari, er osti va er usti quvurlari, elektr bilan ta’minlovchi ellektr kabellar, aloqa kabellar va h.k. kiradi.
Tayanch so‘z va iboralar
Xom-ashyo, Gaz, GazMahsulotlari,saqlash,Gazni saqlash, rezervuarlar, GQIK , GKK, kompaundlash, tayyor Mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |